b) Inson barkamolligining bosqichlari
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, so‘fiylik turli qarashlar,
g‘oyaviy oqimlar, axloqiy qoidalarning yig‘indisi bo‘lishi bilan
birga o‘ziga bir nechta tariqatlami3, suluklarni4 birlashtiradi. XII—
XIII asrlarga kelib, so‘fiylik qobig‘ida tayfuriya, junaydiya, ku-
braviya, kassoriya, malomatiya, mavlaviya, sayyoriya, nuriya,
qodiriya, sahliya, suhravardiya, ne’matullohiya, bektoshiya,
yassaviya, naqshbandiya kabi tariqatlaming vujudga kelganligi
fikrimizning isbotidir. Tariqatlarda so'fiylikning amaliy yo‘l-
yo‘riqlari, qonun-qoidalari mujassamlashgan bo‘lsa, suluklarda
so‘fiylarga xos hayot kechirish normalari o‘z ifodasini topgan.
1 Muhyiddin Arabiy. Fusus ul-hikam. («Hikmatlar javohiroti»). Bayrut, 1980,
Do'stlaringiz bilan baham: |