O. F. Fayzullayev, O. O. Fayzullayev, L. U. Maxmudov



Download 2,17 Mb.
bet13/66
Sana01.02.2023
Hajmi2,17 Mb.
#906290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
2 5336991744296748851

1.114. Massasi 23,2 g bo‘lgan volfram (VI) oksidini qaytarishga yetarli bo‘lgan vodorodni olish uchun qancha miqdor rux kerak? (Javob: 0,3 mol).
1.115. 40 g massali ko’mirni yondirganda hosil bo‘lgan karbonat angidrid tarkibida 111 g kalsiy gidroksid bo‘lgan eritma orqali o‘tkazilganda dastlab hosil bo’lgan cho‘kma to‘liq erib ketgan. Ko‘mir namunasidagi uglerodning massa ulushini toping. (Javob: 0,9).
1.116. Massasi 98 g bo‘lgan ammoniy tuzini qizdirganda, 22,4 l (n.sh.) ammiak ajralgan bo‘lsa, qanday anionli ammoniy tuzi olingan? (Javob: ammoniy bromid).
1.117. 42,65 g massali ikki valentli metall oksidi vodorod oqimida qizdirildi. Qizdirish to‘xtatilgandan so’ng qaytarilgan metall va qaytarilmay qolgan metall oksidi aralashmasining massasi 26,65 g kelgan bo‘lsa, reaksiya natijasida qancha massa suv hosil bo‘lgan? (Javob: 18 g).
1.118. 5,4 g massali alyuminiy kukuni qanday massali kalsiy karbonat bilan qizdirilganda reaksiya mahsulotlari massalari yig‘indisi dastlabki aralashma massasiga teng bo‘ladi?
Yechish: Reaksiya tenglamalari:
4Al+3O22Al2O3 va CaCO3CaO+CO2 yoki
4Al+3O2+CaCO32Ca(AlO2)2+CO2.
Reaksiya uchun olingan aralashmaning massasi atmosfera kislorodining birikishi hisobiga tenglashganligi uchun reaksiyaga kirishgan kislorodning massasini topamiz: . 4,8 g. Qo‘shilishi kerak bo‘lgan CaCO3 massasini bilan belgilasak, hosil bo‘ladigan Al2O3 va massalari yig‘indisi:

Tenglamadagi massalarni m=vM bilan almashtirsak:

hosil bo‘ladi.
Yoki
,
bundan v=0,1 mol va m=0,1100=10 g CaCO3.
1.119. 7,4 g massali Ca(OH)2 eritmasi orqali karbonat angidrid o‘tkazilganda 9,6 g cho‘kma hosil bo‘lgan bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
Ca(OH)2+CO2CaCO3+H2O.
Tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak:
g.
Nazariya bo‘yicha 7,4 g Ca(OH)2 dan 10 g CaCO3 hosil bo‘lar ekan. Amalda 9,6 g cho‘kma tushgan bo‘lsa, reaksiyaning unumi:
yoki 96 %.
1.120. Reaksiya unumi 98 % bo‘lganda tarkibida 0,5 mol CaCl2 bo‘lgan eritmaga etarli miqdor Na2CO3 qo‘shganda qancha massa CaCO3 hosil bo‘ladi.
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
CaCl2+Na2CO3CaCO3+2NaCl.
Tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak:
g.
Nazariya bo‘yicha 0,5 mol CaCl2 dan 50 g CaCO3 hosil bo‘lar ekan. Amalda hosil bo‘ladigan cho‘kma massasi ma formula yordamida hisoblanadi: g.
1.121. Tarkibida bariy nitrat bo‘lgan eritmaga kaliy sulfat eritmasidan etarli miqdor ta’sir ettirilganda 2,33 g cho‘kma hosil bo‘lgan. Agar reaksiya unumi 98,5 % bo‘lsa, qancha massa bariy nitrat olish mumkin?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
Ba(NO3)2+Na2SO4BaSO4+2NaNO3.
Tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak:
g.
Amalda ta’sirlashgan Ba(NO3)2 massasi mn formula yordamida hisoblanadi:
g.
1.122. Tarkibida 93 % SiO2 bo‘lgan 4,5 kg qum yuqori haroratda natriy ishqori bilan ishlanganda 8,39 kg natriy silikat hosil bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 98,6 %).
1.123. Tarkibida 5,45 g kalsiy nitrat bo‘lgan eritmaga mo‘l miqdor natriy oksalat qoshganda 4,14 g kalsiy oksalat cho‘kkan bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 97,3 %).
1.124. Reaksiya unumi 87,5 % bo’lganda qo‘rg‘oshin sulfatning 31,3 g cho‘kmasi hosil bo‘lgan. Buning uchun qancha massa qo‘rg‘oshin nitrat olish kerak? (Javob: 37,83 g).
1.125. Zavodning sulfat kislota sexiga tarkibida 78 % FeS2 bo‘lgan boyitilgan 86,5 t pirit keltirildi. Piritdan SO2 olish jarayoni unumdorligi 95 %, SO3 olish unumdorligi 97 % va oxirgi bosqichda H2SO4 olish unumdorligi 98,5 % bo‘lsa, shuncha massa piritdan qancha sulfat kislota olinishi mumkin?
Yechish: Pirit tarkibidagi FeS2 ning massasi:
t.
Reaksiya tenglamalari:
4FeS2+11O28SO2+2Fe2O3,
2SO2+O22SO3,
SO3+H2OH2SO4.
Tenglamalar asosida yagona sxematik tenglama tuzsak:
FeS22SO22SO32H2SO4
hosil bo‘ladi. Sxematik tenglama bo‘yicha tuzilgan proporsiya:
t.
Reaksiyalar unumlari 100 % bo‘lganda 110,2 t H2SO4 hosil bo‘lardi. Berilgan bosqichlar unumi hisobga olinsa, bosqichlarning umumiy unumi:
Bundan: t H2SO4.
1.126. Fosfat kislota sexiga tarkibida 76,5 % Ca3(PO4)2 bo‘lgan 82,4 t boyitilgan fosforit rudasi keltirilgan bo‘lsa, unga sulfat kislota ta’siridagi reaksiya natijasida unumdorlik 96,78 % bo‘lganda, qancha massa ortofosfat kislota olish mumkin?
(Javob: 38,6 t).
1.127. Tarkibida 97,5 % NaCl bo‘lgan toshtuzning 15,78 t massasidan unga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib, unumdorlik 98,5 % bo‘lganda, qancha massa vodorod xlorid olish mumkin? (Javob: 9,46 t).
2. KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY QONUNI.
ATOM TUZILISHI. YADRO REAKSIYALARI
2.1. KIMYOVIY ELEMENTLAR DAVRIY
QONUNI VA SISTEMASI
Davriy jadvalda elementlarning xossalari, asosan, quyidagi tartibda o‘zgarib boradi:

Xossalar

Guruhlar bo‘yicha yuqoridan pastga tomon

Davrlar bo‘yicha chapdan o‘ngga tomon

Metallik

Kuchayadi

Susayadi

Metallmaslik

Susayadi

Kuchayadi

Qaytaruvchilik

Kuchayadi

Susayadi

Oksidlovchilik

Susayadi

Kuchayadi

Elektronga moyillik

Susayadi

Kuchayadi

Ionlanish energiyasi

Kamayadi

Ortadi

Nisbiy elektr manfiylik

Kamayadi

Ortadi

Atom radiusi

Ortadi

Kamayadi



2.1. 1869 yilda D.I.Mendeleev ta’riflagan davriy qonun «elementlarning xossalari ular atom "og‘irliklari" ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgaradi» degan xulosaga olib kelardi. Hozirgi vaqtda davriy qonun «elementlarning xossalari ular yadro zaryadlarining ortib borishi bilan davriy ravishda o‘zgarib boradi» degan xulosaga olib keladi. Bunday ta’riflar berilishining sababi nima?
2.2. Guruhlarda yuqoridan pastga tomon elementlarning a) metallik, b) metalmaslik, c) qaytaruvchilik va d) oksidlovchilik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a va c - ortadi; b va d - kamayadi).
2.3. Davrlarda chapdan o’ngga elementlarning a) metallik, b) metallmaslik, v) qaytaruvchilik va g) oksidlovchilik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a va v - kamayadi; b va g - ortadi).
2.4. Li, Na, K, Rb, Cs, Fr qatorida elementlarning a) elektr manfiyligi, b) ionlanish potensiali va c) atom radiusi qanday o‘zgaradi? (Javob: a, b - kamayadi; va c - ortadi).
2.5. Na, Mg, Al, Si, P, Br qatorida elementlarning a) atom radiuslari; b) elektr manfiyliklari; c) ionlanish potensiallari qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kamayadi; b va c - ortadi).
2.6. Be, B, C, N, O, F qatorida elementlar oddiy moddalarining a) metalligi; b) oksidlovchiligi; c) elektronga moyilligi qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kamayadi; b va c - kuchayadi).
2.7. B2O3, Al2O3, Ga2O3, In2O3 oksidlarning a) asoslik va b) kislotalik xossalari qanday o‘zgaradi? (Javob: a - kuchayadi; b - susayadi).

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish