Nurmuhammedov shahbozbek



Download 233,38 Kb.
bet39/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

MDHga a’zo davlatlar



Davlat nomi

Poytaxti

Maydoni (km.kv.)

Aholi soni

Tili

Pul birligi

1

Rossiya

Moskva

17.075.200

144.526.280

Rus tili

Rubl

2

Ozarboyjon

Boku

86.600

7.830.764

Ozarboyjon tili

Manat

3

Ukraina

Kiev

603.700

48.055.439

Ukrain va rus

Grvina

4

Moldova

Kishinyov

33.700

4.439.502

Maldovan va rumin

Ley

5

Belorusiya

Minsk

207.595

10.322.151

Belorus tili

Rubl

6

Armaniston

Yerevan

29.800

3.326.448

Arman tili

Drxan

7

O’zbekiston

Toshkent

447.400

25.981.647

O’zbek tili

So’m

8

Qirg’iziston

Бишкек

198.500

4.892.808

Qirg’iz tili

Som

9

Qozog’iston

Astana

2.717.300

16.763.795

Qozoq tili

Tenge

10

Tojikiston

Dushanbe

143.100

6.863.752

Tojik va dari tillari

Somon

11

Turkmaniston

Ashxobod

488.100

4.775.544

Turkman tili

Manat

12

Gruziya

Tbilisi

69.700

4.934.413

Gruzin tili

Lari




























 

MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, xo’jalik aloqalarini saqlash va kengaytirish, siyosiy ishlarga aralashmaslik, bir-biriga sunhiy tahsir qilmaslik tarafdori bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin oldi. MDH mamlakatlari bilan bo’lgan munosabatda O’zbekistonning o’rni quyidagilardan iborat edi:

- MDHning barcha ishtirokchi-davlatlari o’zaro manfaatlarini teng huquqli asosini ehtiborga olgan holda, iqtisodiy integratsiyaning ustuvor yo’nalishda bo’lish sharti;

- O’zbekiston Respublikasi o’zaro manfaatli hamkorlik qilishda ixtiyoriylik tamoyilini saqlash tarafdorligi va boshqalar;

- MDH doirasida hamkorlikning iqtisodiy tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, a’zo davlatlar bilan ikkiyoqlama va shuningdek har tomonlama olib borilayotgan iqtisodiy munosabatlarning barcha sohalarida teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan hakorlik qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud;

- MDH yordamida katta yo’qotishlarsiz yangi mustaqil davlatlarning o’zaro hamkorlik qilishlari uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar ham yaratib berilgan.

Jahon iqtisodiyotida MDH muhim tizim bo’lib,12 ahzo- davlat, umumiy, shuningdek milliy davlat manfaatlarini hisobga olgan holda o’zaro foydali hamkorlikni amalga oshiradi. Davlatlararo hamkorlikning o’zaro iqtisodiy munosabatlari MDH dirasidagi asosiy yo’nalishlardan biri hisoblanib, ular quyidagilardir:


  • MDH doirasida maqsadlar amalga oshgunga qadar integratsiyaga sakrab o’tmasdan, bosqichma – bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirib erkin savdo zonalarini tashkil qilish;

  • MDH doirasida savdo – iqtisodiy hamkorlikning salohiyatni ko’tarish;

  • MDH doirasida tovarlarning erkin harakatini tahminlash va boshqalar.

     Jahon iqtisodiyotida MDH koordinator va axborotchi rolini o’ynab, ahzo davlatlar uchun yuqori darajadagi ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy va madaniy xo’jalik sohalarida yuqori natijalarga erishish jarayonlarini tartibga soluvchi platformaga aylanishi maqsadga muvofiqdir. Ushbu jarayonlar MDH davlatlarining jahon xo’jalik tizimiga bosqichma – bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirib kirishiga imkon beradi. Bunda samarali faoliyat yuritayotgan erkin savdo zonasining yaratilishi to’laqonli bozor infratuzilmasi va xo’jalik hamkorligi yuqori bosqichlarga o’tishida obhektiv zarurat kasb etdi. MDHga ahzo davlatlar jahon xo’jalik aloqalari tizmida, shuningdek iqtisodiy hamnafaslik darajasiga bog’liq holda integratsiya jarayonlarining keyingi rivojlanish bosqichlarida va mintaqaviy birlashmalarida to’laqonli qatnashish to’g’risida mustaqil qarorlar qabul qilganlar. Qabul qilingan qarorlarning amaliy bajarilishi esa MDH doirasida samarali hamkorlikda namoyon bo’ladi.

-              90-yillarning boshiga qadar sotsialistik rejali tizimni boshidan kechirgan MDH mamlakatlari jahon xo’jaligiga dadil kirib borishining nazariy va amaliy tomonlarini yechish uchun quyidagi muammolarni hal etishga kirishgan edi:

-              «ochiq iqtisodiyot» tamoyillarining nazariy jihatlarini tahlil etib, amaliyotda keng qo’llash;

-              jahon iqtisodiyotida sotsialistik rejali tizimni boshidan kechirgan (XXR, Markaziy va SHarqiy Yevropa davlatlari) va hozirgi kunda bozor iqtisodiyotiga dadil kirib borayotgan mamlakatlarning iqtisodiy islohotlarini chuqur tahlil etish va amaliyotda qo’llash;

-              iqtisodiyotda eksport strategiyasi bilan sanoat siyosati o’rtasida ro’y berayotgan o’zaro aloqadorlikni chuqur tahlil etish;

-              jahon mamlakatlari o’rtasida integratsiya jarayonlari borishini tahlil etib, iqtisodiy faoliyatning jahon standartlariga mos mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish.

           Jahon iqtisodiyotida MDH mamlakatlari rivojlanishning o’ziga xos xususiyatiga ega bo’lib, tashqi savdo sohasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global masshtabda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. 90–yillarda MDH mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida barqarorlashuv jarayonlari ro’y berib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarining iqtisodiy tiklanganligi ko’zga tashlanadi.

           MDH mamlakatlari bilan yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalari borishida, sanoati rivojlangan mamlakatlar – AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Germaniya, Frantsiya, Turkiya alohida o’rinni egallab turibdi.

           MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida olib borilayotgan savdo – iqtisodiy munosabatlar ham samarali rivojlanib bormoqda. MDH mamlakatlarining respublikamiz bilan tovar aylanmasi rivojlanishi teng huquqli va o’zaro foydali tamoyillarga asoslangan. 2000 yilda Ukraina bilan O’zbekiston o’rtasida savdo aylanmasi 1999 yilga nisbatan 1,3 barobarga, RF bilan bo’ladigan savdo aylanmasi esa 16 % ga o’sgan edi. 

           MDH mamlakatlarini respublikamiz bilan bo’lgan tashqi savdo aylanmasining 30-35 %i Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari (Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston) orqali amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizning tashqi savdo aloqalarini 70-80 %i MDH mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1997 yilda 60-65 %, 2004 yilda esa 75 – 80 %ga to’g’ri kelgan edi.

           Rossiya Federatsiyasi bilan O’zbekiston o’rtasida savdo – iqtisodiy aloqalar yildan–yilga kengayib, rivojlanib bormoqda. 1997- yilda Rossiya bilan O’zbekiston o’rtasida eksport – import salg’do 65,3 mln. AQSH doll.ni tashkil etgan. O’zbekiston Rossiyaga asosan qishloq - xo’jalik mahsulotlarini chiqarib, sanoat tovarlarini sotib olmoqda. Agar 1992-yilda Rossiyaga sotilgan mahsulotlarning 58-59 %i paxta tolasiga, 7-8 %i mashina va asbob- uskunalarga, 1-2 %i esa xalq istehmoli tovarlariga to’g’ri kelgan bo’lsa, 1998-yilda paxta tolasining ulushi 21-22 %ga qisqarganligini, mashina va asbob – uskunalar 30-31 %ga, xalq iste’moli mahsulotlari savdosi uchun esa 14-15 %ga o’sganligini ko’rishimiz mumkin.

           Xullas, respublikamiz o’zining qisqa iqtisodiy rivojlanish yillarida Rossiyadan xalq istehmoli mahsulotlarini import qiladigan mamlakatdan, ularni eksport qiladigan mamlakatga aylanib borgan edi.

           Agar 1992 -yilda yoqilg’i mahsulotlari importi 61-62 %ni tashkil etgan bo’lsa, 1998 -yilga kelib RF dan yoqilg’i sotib olish deyarli to’xtadi. O’zbekiston RFdan mashina va asbob – uskunalarni, 16-18 %atrofida kimyo, 15-18 %atrofida qora metallurgiya sanoat mahsulotlarini sotib olmoqda. Rossiya esa o’z navbatida O’zbekistondan qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olmoqda. Jumladan, 1992 yilda O’zbekistondan sotib olingan paxta tolasi 58-59 %ni tashkil etgan bo’lsa, 1998- yilda 21-22 %ni tashkil etgan.

           MDH mamlakatlari bilan O’zbekiston o’rtasida bo’ladigan tashqi savdo aylanmasining 30-35 %i Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orqali amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, 1999- yildan boshlab mintaqa davlatlari o’rtasida tovar aylanmasi yildan – yilga o’sib, rivoj topmoqda. Agar 1999 -yilda mintaqa davlatlari bilan respublikamiz o’rtasida tovar aylanma 525 mln. AQSH doll.ni, 2002- yilda esa 568 mln. doll.ni tashkil etgan. 2002 -yilda Qozog’iston bilan O’zbekiston o’rtasida tovar aylanmasi 263,3 mln. doll.ni, Tojikiston bilan 116,9 mln. AQSH doll.ni, Qirg’iziston bilan 111,6 mln, Turkmaniston bilan esa 75,3 mln. AQSH doll.ni tashkil etgan.

           MDH davlatlari bilan O’zbekiston o’rtasida savdo – iqtisodiy munosabatlar sezilarli rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2003 -yilda O’zbekistonning Ukraina bilan bo’lgan savdo aylanmasi 1,5-2 barobarga, RF bilan 20-25 % ga, Markaziy Osiyo davlatlari bilan 1,5-2 barobarga o’sgan edi. MDH mamlakatlarining savdo – iqtisodiy aloqalari Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya kabi mustaqil davlatlar bilan ham yildan – yilga kengayib bormoqda. MDH mamlakatlarining savdo – iqtisodiy aloqalarining borishida, ayniqsa sanoati rivojlangan (AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya) va rivojlanayotgan (Hindiston, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni) davlatlari alohida o’rinni egallab turibdi.

           O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1998- yilning 15-16 sentabrida Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida bo’lib, MDHning navbatdagi Sammitida ishtirok etdi. Sammit qatnashchilari Rossiyada ro’y bergan terrorchilik harakatlarni keskin qoralashdi va mazkur illatga qarshi kurashda ushbu mamlakat bilan o’zlarining birdamligini bildirishdi. Davlat rahbarlari kengashning tor doiradagi uchrashuvida ham, kengaytirilgan tartibdagi muzokaralarda ham terrorizmga qarshi o’zaro hamkorlik masalalariga alohida ehtiborni qaratishdi.

MDH ning bir qator mamlakatlarida ro’y bergan voqealar terrorchilik harakatining kengayib borayotganidan darak bermoqda. Bunday sharoitda faqat jipslashib hamkorlik qilish bilan mazkur illatga qarshi turish mumkin. Biroq, MDH mamlakatlarining xavfsizlik yo’lida qilayotgan hamkorligi bugungi kun talabi darajasida emasligi ko’zga tashlanmoqda.

           O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tahkidlaganidek: vaziyat qanchalik murakkab bo’lmasin, terror muammosiga hamma davlatlar ham birday jiddiy e’tibor bermayapti, deb bo’lmaydi… Ular tayyorlanadigan lagerlarni bartaraf etish zarur. Eng muhimi, terrorchilarni tayyorlash, operatsiyalarni moliyalashtirish, kishilar ongini zaharlash bilan shug’ullanuvchi markazlarni yo’q qilish kerak. Ushbu Sammit – yig’ilishida Islom Karimov MDH mamlakatlarida ekstremistik tashkilotlarning ro’yxatini tuzib, ularning faoliyatini qonun yo’li bilan tahqiqlash taklifi bilan chiqib, terrorchilarning MDH mamlakatlaridan nainki makonini topish, bu hududga hatto qadam bosa olmasligi uchun barcha chora – tadbirlarni ko’rish kerak, - degan edi. Ayrim mamlakatlarning hukumat rahbarlari «tegmasak – bizga ham tegishmaydi», degan tamoyilga tayanishi o’ta xato, hatto xatarli qarash ekanligi bugungi hayot, vaziyat yaqqol ko’rsatib turibdi. Terror kutilmagan joylarga ham kirib bormoqda. Demak, terrordan holi mamlakat bor, deb bo’lmaydi. Shunday ekan, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish, buning uchun kuch va imkoniyatni safarbar etish kerak. Islom Karimov bu borada barcha davlatlarning rahbarlari mazkur illatga bir xil nazar bilan qarashi, muammoga bir xil baho berishi g’oyat muhimligini ushbu Sammit yig’ilishida tahkidlagan edi.

           Qozog’istonning poytaxti Ostona shahrida bo’lib o’tgan Oliy darajadagi uchrashuvda ko’rilgan asosiy masalalardan yana biri, MDHga ahzo mamlakatlar o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishdir. Hukumat rahbarlari MDH doirasida hamkorlikka to’siq bo’layotgan omillarni tahlil etdilar. Hukumatning tegishli tashkilotlariga ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishni topshirishga kelishib oldilar. Islom Karimov erkin savdo zonasini barpo etish masalasi hamon MDH davlatlari doirasida oqsayotganini tahkidladi. Holbuki, bu bilan ko’pgina muammolarga yechim topish mumkinligini qayd etgan edi.

           Mamlakatimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan Markaziy Osiyo va umumiy bozorni yaratish g’oyasi zamirida integratsiyaning ana shunday shakli o’z ifodasini topgan. Aslida, iqtisodiyotda umumiy bozor va erkin savdo zonasining mohiyati bitta. Islom Karimov uchrashuv qatnashchilarini bu yo’nalishda olib borayotgan sahy-harakatlarini faollashtirishga, tezroq amaliy ishga o’tishga chaqirdi. Sammit- yig’ilishida energetika, suv zaxiralari, transport va boshqa sohalarda MDH mamlakatlarining hamkorligini rivojlantirishga oid masalalar ham ko’rib chiqildi.

           Sammit-yig’ilishida noqonuniy muhojirlikka qarshi kurashdagi hamkorlik kontseptsiyasi, jinoyatchilikka qarshi kurashning 2005-2007 yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlarning davlatlararo dasturi, narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashda 2005-2007 yillarga mo’ljallangan hamkorlik dasturlari imzolandi. RF Prezidenti Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengashining raisi etib saylandi.

ETTB o’zining 2004- yil 9- noyabridagi hisobotida MDH mamlakatlarida iqtisodiy o’sish 7,4 %ga o’sganligi Berlin devorining qulashidan so’nggi 15- yil ichida Markaziy Yevropa va Markaziy Osiyoning sobiq kommunistik davlatlari bozor iqtisodiyotiga o’tishda ulkan muvaffaqqiyatga erishganligini qayd etgan edi (2003 yilda bu ko’rsatkich 5,6 %ni tashkil etgan).



Mustaqillik yillarida iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining 6 ta yig’ilishi bo’lib o’tdi. O’zbekistonda RFning kapitali ishtirokida 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning 42 tasi to’liq (100 %) RF investitsiyasi hisobiga qurilgan bo’lsa, 258 tasi qo’shma korxonadir. Hozirgi kunda 1998-2007 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturlari doirasi 20 dan ortiq hukumatlararo shartnoma, bitim va bayonnomalar imzolanib, 30 ga yaqin hukumatlararo, shartnomalar va mintaqalararo hujjatlar ustida qizg’in ish olib borilmoqda.


Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish