a) Oddiy martishka: 3 - 6kg. Dumi 55 - 100sm. Gavda uzunligi esa 40 - 65sm atrofida bo‘ladi. Yungi qalin, yumshoq va qisqa. Rangi yashil, sariq, qora bo‘ladi. Oldingi oyoqlari orqa oyoqlariga qaraganda qisqa, barmoqlari uzun, bashmoldoq yaxshi rivojlangan.
Martishkalar seryomg‘ir va tog‘li rayonlarda, dengiz sathidan 3000 m balandliklarda yashaydilar. Yerda tez harakatchan, chopadigan maymun. Daraxtda uxlaydi, barglar, novdalar va mevalar bilan oziqlanadi. Ekinzorlardan ham foydalanishadi. 40-50ta bo‘lib yashaydilar. Ovqatlanganda 10 - 15ta bo‘ladilar. Homiladorligi 180 -213 kun. Bolasini 6 oygacha emizadi. Sut bezlari bir - biriga yaqin, yetti kun ichida bolasi yura boshlaydi, 6 oyda mustaqil yashaydi.
Yashil martishka ko‘pchilikka tanish. Ular zooparklarda ko‘proq bo‘ladi. Tibbiyotda undan foydalaniladi.Yashil martishka Habashistonda dengiz sathidan 1000 - 2000m baland joylarda yashaydi. Ularning gavda hajmi itdek. Yungi sarg‘ish-yashil, gavdasi pastki tomondan oqish erkaklari hukmronlik qilmaydi. U ko‘proq qo‘riqchilik vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |