Nizomiy nomidagi



Download 439,42 Kb.
bet97/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

Martishkasimonlar oilasiga kiradigan martishkalar kichik oilasi yettita avloddan iborat.

1) Makaklar avlodi tanasi 3,5 - 18kg. Urg‘ochilari biroz kichik, oldingi va orqa oyoqlari teng. Barmoqlari ushlovchi, katta barmoq boshqa barmoqlarga qarama-qarshi bo‘ladi. Barmoqlar orasida oz miqdorda parda bo‘ladi yunglari qalin, yung rangi har xil turlarda bir - biridan farq qiladi. Tumshug‘i oldinga chiqqan, yuzi yungsiz. Burun tepasi va qosh suyagi barcha erkaklarida yaxshi namoyon bo‘ladi. Quloqlari ham yungsiz. Qalqon bezi ostida bir juft tomoq xaltasi bor, u rezanator rolini bajaradi. Dumining uzunligi har xil turlarida turlicha. Makaklar Afrikaning Shimoliy va Osiyoning Pokistondan Yaponiya, Taylandgacha, Tibetdan Seylongacha bo‘lgan hududlarida yashaydilar. Milan arxipelagidan Filippingacha bo‘lgan joylarda ham uchraydi. Ular yashaydigan tropik o‘rmonlarda ham Xitoy yaqinidan Hindiston, Seylon quruq butalar, hatto, kaktusli joylarda ham bor. Qisman yerda yashovchi hayvonlardir. Ular yirtqichlardan saqlanish uchun daraxtlarda, qoyalarda uxlaydilar. Ular mevalar, ildizlar, yosh barglar, hasharotlar va ularning qurtlari, mollyuskalar, qisqichbaqalar bilan oziqlanadilar. Ekinzor-lardagi shakarqamishlar va makkajo‘xorilar bilan ham oziqlanadilar.

Makaklarning xatti-harakatlari, xulq - atvorlari tabiiy sharoitda va laboratoriya sharoitlarida yaxshi o‘rganilgan. Ular guruh - guruh bo‘lib, yashaydilar. Guruhda bitta erkagi va bir nechta urg‘ochisi, har xil yoshdagi bolalari birga yashaydilar. Ular 30 xildan ortiq tovush chiqaradilar. Har bir tovush ma‘lum bir ma‘noni bildiradi. Aftini o‘zgartirishni, qoshini qimirlatib, labini chappillatishni biladilar. Makaklar orasida johil maymunlar - megatlarda dum bo‘lmaydi.

Makaklar orasida rezus makak donor hisoblanadi. U tibbiyot maqsadlari uchun har yili Hindiston va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarga eksport qilinadi. Uning tanasi xira yashil - sariq yung bilan qoplangan, oyoqlari teng. Yuzi, qulog‘i, panjasi och jigarrang. Anchagina yirik va xavfli guruh bo‘lib yashaydi. Guruhda 20 tadan ortiq individ bo‘ladi. Rezus makak Himolayda Nepaldan to Shimoliy Birmaga qadar bo‘lgan joyda yashaydi. Rezuslar suvda yaxshi suzadi, sho‘ng‘iydi. Hindlar ularni muqaddas hayvon hisoblab, ovqatining bir qismini ularga qoldiradilar.

2) Pavianlar avlodiga mansub maymunlar 25kg va undan ortiq vaznli bo‘ladi. Urg‘ochilari erkaklariga qaraganda ikki marta yengil bo‘ladi. Ularning tumshug‘i uzun bo‘lgani sababli itboshli maymunlar deb ataladi. Qoziq tishlari yaxshi rivojlangan. Qosh yoylari katta. Burun teshigi ochiq tumshuq uchida joylashgan. Pavianlarning besh turi bor. Bular: gamodrin, anubis, babuin, Gvineya paviani, ayna pavian.

3) Mandril avlodiga mansub maymunlar tashqi tuzilishi va ba’zi bir belgilari bilan pavianlarga o‘xshaydilar. Lekin ko‘p belgilari chunonchi, barmoqlari va tovonlarining uzunligi bilan ulardan farq qiladilar. Dumining uzunligi mandrillarda 12sm. Mandrillar sutemizuvchi hayvonlar orasida yorqin rangli hayvon hisoblanadi. Ularning burunlari qizil, yuzlari yo‘l – yo‘l, boshlaridagi mo‘ylov yunglari o‘rtasi to‘q. Qorin va bo‘yindagi yunglari kumushsimon. Qo‘li, oyog‘i, orqa tomonlari ko‘k - qoramtir rangdadir. Gavdasi yirik, ko‘zlari chuqurlikda joylashadi, jigarrang, quloqlari go‘sht rangida. Duminig atrofi yalang‘och, qizg‘ish binafsharang. Urg‘ochisi erkaklariga nisbatan 2-3marta kichik hajmli. Unchalik chiroyli emas. Mandrillar G‘arbiy Afrikaning Ispan Gvineyasigacha bo‘lgan hududda tarqalgan. Tog‘ qoyalari yonlarida yomg‘irli joylarda yashaydi, ko‘proq yerda yashaydi, lekin daraxtlarda ovqatlanadi va uxlaydi. Ular o‘simlik, hayvonlar bilan oziqlanadi. Homiladorligi 245 kungacha davom etadi.

4) Martishkalar avlodida turlar, ayniqsa, ko‘p. Martishkalar 23 ta tur, 71 kenja turdan iborat. Ular 3ta kenja avlodga bo‘linadilar.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish