7) Oddiy burundor maymunlar avlodi: Kalimantan orolida yashaydi. Vazni 12-24kg atrofida bo‘ladi. Urg‘ochilari erkaklaridan 2 marta kichik. Gavda uzunligi 55 - 72sm, dumi 66 - 75sm. Erkaklarining burni katta bo‘lib, og‘iz tepasida osilib turadi. Urg‘ochilarining burni kichik, go‘yo kesilgandek. Boshidagi yunglari uzun qizg‘ish rangda, yelkasida, gavda orqasida, yuqori qismida, gavdaning boshqa qismlarida kulrang. Boshidagi shapkasi to‘q qizil va sochlari orqaga qayrilgan, lunjlari, afti pushti – qo‘ng‘ir. Bolalaridagi havorang kafti va tovoni uzun bo‘ladi.
Bashmoldoq boshqa barmoqlariga qarama - qarshi. Burundor maymunlar daraxtlarda yashaydilar. Suvda yaxshi suzadilar, 20 tadan bo‘lib yashaydilar. Homila-dorlik davri 166 kun. Yangi tug‘ilgan maymun 450 gr atrofida bo‘ladi.
Bundan taxminan 23mln yil ilgari ham oligosen va miotsen kichik epoxalari oralig‘ida tor burunli maymunlar ikki tarmoqqa: itsimon maymunlar va odamsimon maymunlarga ajralgan. Tor burunli maymunlarning ikki tarmoqqa ajralishiga asosiy sabab, ularning biri, ya’ni itsimon maymunlar barglar bilan gominoidlar esa mevalar bilan oziqlanishga moslashganliklaridir. Bu esa, ularning jag‘ tishlari tuzilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Itsimon maymunlar jag‘ suyaklari ustida 4 ta do‘ng chiziqlar, odamsimon maymunlarning jag‘ suyaklari ustida 5 ta do‘ng chiziqlar rivojlangan.
Itsimon maymunlar, tuban tor burunlilar gominoidlar yuksak maymunlar sanaladi. Gominoidlar faqat jag‘ tishlari tuzilishi bilan emas, balki dumining yo‘qligi bilan ham va yelka suyaklari o‘ziga xos tuzilishi, qo‘llarini erkin harakat qilishi bilan ham tuban tuzilgan maymunlardan farqlanganlar. Yelka va qo‘l suyaklar tuzilishining o‘ziga xosligiga daraxt shoxlariga yengil vertikal holatda gavdani ushlashga imkon bergan. Tuban tor burunli maymunlar daraxt shoxlarida to‘rt oyoqlab yurganlar. Hozirgi paytda Afrika va Yevropada miotsen qatlamlaridan gominidlarga oid 3 avlod suyak qoldiqlari topilgan. XX asrning 60 - yillarida qazilma holdagi tor burunli maymunlar orasida qon-qarindoshlik belgilarini aniqlashda, paleontalogik topilmalar bilan birgalikda oqsil va nuklein kislotalarni taqqoslash bilan olingan axbarotlarga ham e’tibor qaratilgan. Primatlar turkumi vakillari paleontologik va biomolekulyar tahlil, umuman olganda, o‘xshash natijalar berishi aniqlandi. DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligi gominoidlar va itsimon maymunlarda taqqoslab, olimlar bu ikki tarmoq bundan 22 - 28mln yil oldin bir - biridan ajralib ketgan degan xulosaga kelishgan.
Yaqin vaqtlarga qadar gominoidlar katta oilasi 3 ta oilacha: gilobidlar (gibbonlar), pongidlar (orangutan, gorilla, avlodlari shu oilachaga kiradi) va nihoyat gominoidlar oilachasi (unga odamlar avlodi kiradi) bo‘linar edi.
Mazkur klassifikatsiya tashqi belgilari, xususan, qo‘l, oyoq suyaklarining mutanosibligi qoziq va jag‘ tishlarining tuzilishiga asoslangan edi.
Sistematikada biomolekulyar metodlardan foydalanish tufayli yuqorida qayd etilgan klassifikatsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi lozimligini ko‘rsatadi.
Aniqlanishicha, orangutan Afrikadagi odamsimon maymunlar gorilla va shimpanzelardan ancha farq qilishi o‘rganildi va u alohida oilaga kirishi lozimligini ko‘rsatdi. Shuningdek, odam bilan shimpanze orasida genetik masofa shimpanze bilan gorilla orasidagi masofaga nisbatan anchagina yaqin ekanligini ko‘rsatadi.
Gominoidlar shubhasiz, bundan 10 mln yil oldin Afrikada paydo bo‘lgan.
Miotsen kichik epoxasida Afrikada birinchi gominoidlar driopiteklar, mikropi-teklar, afropiteklar, turkanopiteklar yashagan, lekin ularning filoginetik ahamiyati aniq emas. Ularni qaysi biridan bevosita hozirgi gorillalar va shimpanzelarning kelib chiqqanligi noma’lum. Afrikaning erta miotsen kichik epoxalarida yashagan gominoidlar 3kg dan to 100kg gacha bo‘lgan va ularning ozuqasi, asosan, mevalar va barglardan iborat bo‘lgan. Ularning hammasi daraxtlarda yashaganlar, yerda esa to‘rt oyoqlab yurganlar.
Faqat miotsen oxirida Yevropada yashagan oreopitek (8-9 million yil ilgari yashagan) yerga ikki oyoqlab yurishni afzal ko‘rgan. Miotsen kichik epoxasining o‘rtasida Afrika bilan Yevro Osiyo orasida bundan 16 - 17 mln yil ilgari yo‘l paydo bo‘lgan va natijada gominoidlarning yashash joyi nisbatan kengaygan. Ular Yevropa va Osiyoning janubiy o‘lkalariga ham tarqalgan. Bu maymunlar Yevropadagi eng qadimgi 13 - 15 mln yil oldin yashagan pliopitek, driopitek, keyingi uralopiteklar Osiyoda 12 mln yil ilgari yashaganlar. Osiyoda ular mustah-kam o‘rnashib hozirga qadar yashab kelmoqdalar. Yevropa sharoiti ular uchun noqulay bo‘lgani uchun 7 mln yil muqaddam qirilib ketganlar. Afrikada 15 - 5mln yillar davomida gominoidlarning turlari kamaygan bo‘lishga qaramay, ular bu yerda keyingi evolutsiyalarini davom ettirganlar.
Bo‘r davrida iqlim nisbatan issiq bo‘lsada, kaynazoy erasining boshlarida havo soviy boshlaydi va shimoliy muz okeanining muzlari janub tomon siljiy boshlagan. Ayniqsa, bundan 10-20-25mln yil avval muzlar miotsen va pliosen davrlarida ko‘p bo‘lgan. Lekin sovuq havo issiq havo bilan almashinib turganligi sababli muzliklar ba’zan orqaga muz okeaniga, ba’zan janub tomon harakatlangan. Iqlimning o‘zgarishi tabiiy ravishda o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, gominoidlar evolutsiyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Sovuq va issiq havo oqimi tufayli Afrikaning miotsen va pliosenda, ya’ni 23 - 17 mln yil ilgari ko‘p joylarda tropik o‘rmonlar bilan qoplangan va ular oldin chakalakzorlar hosil qilgan, keyinchalik savannalarga aylangan. Iqlimning tobora quruq bo‘lishi bundan 6 milion yil muqaddam miotsen oxirlaridan boshlanib, 2 - 2,5 milion yilgacha, ya’ni pliosten oxirigacha davom etgan.
Homo avlodiga faqat bugina emas, balki sharqiy Afrikada miotsenning ikkinchi yarmidan boshlanib, to pliosen epoxalarigacha davom etgan tektonik jara-yonlar ham ta’sir etgan (ya’ni tog‘ hosil bo‘lish jarayoni) baland tog‘ cho‘qqilarining hosil bo‘lishi g‘arbiy tomondan keladigan nam shamollar uchun to‘siq bo‘lishi va sharqiy Afrikada yanada qurg‘oqchilik bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Natijada, mahalliy gominoidlar markaziy rayonlarga nam va daraxtzor joylardan ajralib qolishiga hamda daraxtlari kam bo‘lgan joylarda yashashga moslashib, so‘ngra savannalarda yashashga majbur bo‘lganlar. Miotsen epoxasining oxiriga kelib gominoidlardan gominidlar oilasining dastlabki vakillari evolutsion jarayonda ajralib chiqadi va u boshqa 20 dan ortiq turlardan iborat bo‘lib, nihoyat homo sapiensning evolutsion jarayonining paydo bo‘lishiga olib keladi. Ular orasida Homo habilis, homo erectus, homo sapiens neandertallar bor bo‘lgan.
1994 - yilga qadar antropologlar o‘rtasida gominidlar atamasining ostida odamsimon maymunlar va odamlar tushinilar edi. Keyingi paytda gominidlar filogineziga biomolekulyar metodlarining qo‘llanilishi bilan gominidlar oilasi Afrikadagi odamsimon maymunlar va kichik oila sifatida orangutanlarni , hatto, gibbonlarni ham kiritildi. Shuning natijasida, odamlar avlodiga kiruvchilarning nisbati toraygan edi. Ba’zan odamlar avlodi Homo ,hatto, kichik avlod Homo-homo deb yuritila boshlangan. Lekin ko‘pchilik antropologlar gominidlar atamasini ilgarigidek odamlar tarmog‘iga qo‘llash zarur deb hisoblaganlar. Keyingi paleontologik qazilmalarning ko‘rsatishicha, odamlar bilan odamsimon (Afrika odamsimon) maymunlar orasidagi ajralish bundan taxminan 8 - 4,5 milion yillar davomida ro‘y bergan. AQSHning Kaliforniya universitetida faoliyat ko‘rsatgan A. Uilson va V. Seyrishem odam, shimpanze, gorilla umumiy bitta tarmoqdan 6 -4 mln yil ilgari ikkiga ajralgan deb ko‘rsatadilar.
Hozirgi maymunlarning ochiq yerda yashaydigan (pavianlar) turlari ikki oyoqlab yuradilar. Ikki oyoqlab yurishga o‘tish qo‘lni qurol yasash uchun, imkonini bergan degan fikr ham bor. Bu Ch. Darvin asarlarida bayon etilgan edi. Lekin hozirgi to‘plangan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, dastlabki tosh qurollar ikki oyoqlab yurishga o‘tmasdan, 3 - 4 million yil keyin yasalgan, lekin dastlabki tosh qurollar tik turib emas, o‘tirgan holda yasalgan. Ikki oyoqlab yurishga o‘tishning yana bir ijobiy tomoni yirtqichlarni qo‘rqitish, xavf-xatar to‘g‘risida signal berish, bolalarni oziqlantirish bilan ham bog‘liqdir, lekin bular ham bir marotaba bajariladigan operatsiyalar bo‘lib, unga ortiqcha baho berish shart emas. Shimpanze tikanli shoxlar yordamida leopard, qoplonni quvishga yoki og‘ir toshlarni yong‘oq chaqish uchun bir joydan ikkinchi joyga tashigan.
Ikki oyoqlab yurish energiyani tejashga qaratilgan moslanishdir, degan taxmin diqqatga sazovordir.
Termoregulyatsiya gipotezasi tarafdorlari quyosh nurlarining tanaga tushishi to‘rt oyoqli individlarda ko‘proq bo‘lib, issiq stress holatni yuzaga keltiradi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra ikki oyoqlab yurishga o‘tgan gomminidlar savannalarda emas, balki o‘tib bo‘lmas changalzorlarda yashaganlar.
Akvatik farazga ko‘ra ikki oyoqlab yurishga o‘tish suv yoki botqoqlik suvlarda yashash uchun moslashishdan iborat. Ikki oyoqlab yurish emaklab yurishga qaraganda gominidlar uchun foydali bo‘lgan.
Antropologlar orasida dastlabki gominidlar ikki oyoqlab yurishga o‘tish masalasi nihoyatda qiyin muammo sanaladi. XX asrning 60 - yillarida Amerika antropologi N.Eypir o‘sha paytda fanga ma’lum bo‘lgan malumotlarni tahlil qilib, gominidlarning ikki oyoqlab yurishi hozirgi odamlarning ikki oyoqlab yurishiga qaraganda fiziologik va energetik jihatdan samarasiz bo‘lgan, chunki ular mayda qadam bo‘lgan va sakrab yurganda tizzalari egilgan holda bo‘lgan. Astrolopiteklarning tos va keyingi oyoqlari tuzilishi uzoq masofaga yurishga layoqatli bo‘lmagan, deydi. Bunday fikr keyinchalik boshqa olimlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi.
Keyingi o‘n yillar davomida topilgan suyak qoldiqlari ko‘rsatishicha, yuqoridagilardan tashqari ularning skelet tuzilishida daraxtlarda yashashga moslashishga oid belgilar, xususan, qo‘l, oyoq barmoqlari nisbatan bukilgan bo‘lishi, qo‘llari suyaklarida, ayniqsa, yelka tomonning harakatchanligi bu faktlar avstrolopiteklar va ularning ajdodlarining ma’lum vaqtda daraxtda yashaganlik-laridan darak beradi. Ular yerda faqat ovqatlanishdan tashqari yirtqichlardan himoyalangan va kechasi dam olganlar, hozirgi paytda ham gorillalarning erkaklari baland bo‘yli gavdaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning o‘rtachalari va bolalari daraxtda uxlaydilar.
Dastlabki gominidlarning gavdasi gorillalarning gavdasidan ancha kichik bo‘lgan. Antropologik kuzatish natijasiga ko‘ra, shimpanzelarning 39% i qoplonlar hujumidan nobud bo‘ladilar. Avstralopiteklar ham qoplonlardan halok bo‘lgan.
Modomiki yerda yurish dastlabki gomminidlar uchun noqulay bo‘lsa, u holda nima uchun ular yerga tushishga majbur bo‘lganlar. Har holda oldingi qo‘llarsiz yerda yashash, dastlabki gomminidlar gavda tuzilishining anatomiyasi majbur etgan bo‘lsa kerak.
Yerda ikki oyoqlab yurish, dastlabki daraxtda yashagan gominidlarda paydo bo‘lgan. Bu fikrni birinchi marotaba XX asrning boshida Angliya olimi Kuzs aytgan. Keyinchalik bu fikrni boshqa olimlar miotsen, pliosen epohalarida yashagan gominoidlar va gominidlarning topilgan suyak qoldiqlariga asoslanib quvvatlashgan. Boshqa antropologik dalillarning bunga o‘xshash manbalari odamsimon maymunlarning daraxtda gavdasini vertikal holatda tutib, daraxtdan daraxtga sakrashi sabab ekanligini tasdiqlaydi. Hozirgi paytda gibbonlarning daraxtlardagi harakatida asosiy yuk oyoqlariga tushadi. Bunday harakat ixtisos-lashishi tufayli yerda tik yuruvchi gominidlarda amalga oshgan bo‘lishi kerak. Vertikal holatda yurish yerga tushgan gominidlarning kuchli tomoni emas, balki bo‘sh tomoni bo‘lgan.
Avstralopitek anamensis va afar avstralopiteklarda faqat vertikal holatda emas, balki hozirgi shimpanze gorillalarning qisman oldingi qo‘llarga tayanib yurganligi sababli barmoqlari qayrilgan holda bo‘lgan. Bu holat ikki oyoqlab yurishga o‘tishni boshqacha tushuntirishga to‘g‘ri keladi. Lekin keyingi avstralopiteklarda (masalan A. Afrikanus) barmoqlar bukilganlari uchramaydi. Bu holda dastlabki avstralopiteklar barmoqlarining egilganligini funksiya bajarmay-digan organ deb hisoblashgan va u daraxtlarda yashaydiganlardan o‘tgan bo‘lsa kerak, deb aytish mumkin.
Dastlabki gominidlar ikki oyoqlab yursalar ham, qadimgi dinozavrlar, tuya- qushlarga o’xshab ular ovqat topish, dushmanlardan himoyalanish, nasl qoldirishda to‘rt oyoqlab yuruvchi maymunlardan deyarli farq qilmagan.
Ulardagi tafovut bundan chamasi 2.5 - 4.7 mln yil oldin paydo bo‘lgan.
Gominidlarning keyingi rivojlanishi ularning ichidan intilekti yuqori bo‘lgan individlarning saralanishi tabiiy tanlanish orqali ro‘y bergan. Ular hayotida tajribali individlar, ovqat topishni yaxshi bilganlari saqlanib qolgan. Bundan 3 - 2.5 mln yil muqaddam yoppasiga yer yuzida qurg‘oqchilik ro‘y bergan, oqibatda tropik o‘rmonlar kamayib, savannalar ochiq yerlar ko‘paygan. Bu o‘zgarish yangi sharoitda yashashga moslashgan organizmlarni keltirib chiqaradi va sutemi-zuvchilardan juft tuyoqlilar, kemiruvchilar orasida ko‘p yangi turlarining kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Bu hodisa gominidlar orasida ham kuzatilgan. Bu davrda afar avstralopiteklari o‘lib, uning o‘rniga yangi bahaybat avstralopiteklar, Afrika avstralopitek, garhi avstralopitek, Habashiston avstralopiteklari paydo bo‘lgan.
Qurg‘oqchilikni davom etishi natijasida gominidlar o‘lim yoqasida turadi. Ertangi gominidlarni ikki oyoqlab yurishga moslashganligi himoya va hujum qilish organlarining unchalik rivojlanmaganligi oqibatida ko‘p avstralopiteklar yoshlik paytidayoq o‘lib ketadi. 2.6 - 2.5 mln yil muqaddam gominidlar tosh qurollar yasay boshlagan.
Iqlimning o‘zgarishi, tektonik jarayonlar gominidlar miyasining rivojlanishiga bir tomonlama, biologik yo‘llar bilan muhitga moslashish ikkinchi tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Ular aqliy qobiliyatini ishlatishga majbur bo‘ldilar.
Ertangi gominidlar. Kaynazoy erasining paleogen epoxasining o‘rtalaridan boshlab havo soviy boshlaydi va quruq bo‘ladi. Miotsen epoxalaridan muzlik davri boshlanadi, lekin muzlik davri uzluksiz bo‘lmaydi. U issiq iqlim bilan almashinib turadi. Muzlik davrida suv muzga aylanish tufayli havo quruq, muz eriganda esa havo nam bo‘ladi, iqlimning shunday o‘zgarishi o‘simlik va hayvonot dunyosiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bunday iqlim odamning qadimgi vakillari uchun juda noqulay bo‘lgan. Sovuq va issiq iqlimning gallanishi mobaynida miotsen va pliotsenda 23 - 1.7 mln yil muqaddam Afrikada tropik o‘rmonlar va keyinchalik gominoidlar sekinlik bilan qisqaradi. O‘tib bo‘lmas changalzorlar, o‘rmonlar qisqarib, ochiq savannalar yoki aralash o‘rmonlarga aylanadi. Tropik o‘rmon maydonlarining kamayishi va ozuqa zahiralari ozayishi tufayli maymunlar o‘rtasida yashash uchun raqobat kuchayadi. Daraxtlarda yashaydigan mayda harakatchan maxsus formalar gominoidlarni siqib chiqara boshlagan, oqibatda miotsenda maymunlarning tur soni kamayadi, aksincha, itboshli maymunlar turi, soni ortadi.
Bunday sharoitda odamsimon maymunlar yangi ekologik muhitni, boshqa maymunlar bilan bo‘ladigan raqobat uchun noqulay maydonni topishga intiladi. Bunday ekologik muhit savannalarni changalzor o‘rmonlar bilan tutashgan joylari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |