Magistrlar bilimini sinash uchun savollar
Antropologiya atamasining ma’nosini tushuntiring?
Antropologiya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
3. Antropologiyaning rivojlanish bosqichlari gapiring?
4. Antropologiya qaysi fanlar bilan uzviy aloqada?
O‘zbekistonning qaysi hududlaridan qadimgi odamlarning qazilma qoldiqlari topilgan?
18-mavzu:Chala maymunlar va maymunlar. Odamsimon maymunlar
Reja
1.Primatlar turkumining umumiy xarakteristikasi
2.Chala maymunlar va maymunlar
3. Odamsimon maymunlar.
Asosiy tushunchalar va bilimlar: primatlar, primatlarning kelib chiqishi, primatlarning o‘ziga xos tomonlari, primatlarning asosiy vakillari, chala maymunlar, yuksak maymunlar, primatlarning kenja turkumlari va oilalari.
K. Linney o‘zining tuzgan sistemasida odamni primatlar turkumiga kiritgan. Evolyutsion jarayonda primatlar turkumiga kiruvchi yarim maymun va maymunlarda bir qancha umumiy belgi hamda xossalar rivojlangan. Ularning bu xossalari - belgilari daraxtlarda yashash bilan aloqador. Ularda oyoq va qo‘llar 5 barmoqli bo‘lib, daraxtga chiqishga va ushlashga moslashgan. Ularning hammasi-da o‘mrov suyagi bo‘lib, bilak, tirsak suyaklari bir-biridan alohidalashgan. Bu esa, qo‘llarning har xil harakat qilishiga imkon beradi. Bosh barmoq yoki boshmaldoq harakatchan, u ko‘pchilik primatlarda boshqa barmoqlarga qarama – qarshi joylashgan. Ularning oyoq va qo‘llarida tirnoqlar bo‘lib, harakat qilganlarida primatlar tayoqqa tayanadilar. Daraxtda hayot kechirishi bilan hid bilish reduksiyaga uchrab, ko‘rish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Chala maymunlarning ko‘zi oldinga qaragan bo‘lib, yuz qismida – basharasida tuban primat (tupay, lemur, keng tovonli)larda 4-5 guruh, yuksak vakillarida 2-3 guruh sezuvchi yunglar bo‘ladi. Panjalaridagi teri chiziqlari, maymunlar va odamlarda panjaning barcha yuzasida, yarim maymunlarda esa faqat yostiqchalarning o‘zida bo‘ladi.
Primatlarning faol hayot kechirishi va qo‘llarining har xil vazifalarni bajarishi bosh miyaning kuchli taraqqiy etishiga va miya hajmining kattalashuviga, yuz qismining esa kichrayishiga sababchi bo‘lgan. Lekin miya yarim sharlarining kuchli taraqqiy etishi va undagi egatlar sonining ortishi faqat yuksak primatlarga xosdir. Primatlar ko‘proq o‘simliklar, ma’lum miqdorda hasharotlar bilan oziqlanadilar. Aralash oziqlangani uchun ularning me’dasi sodda tuzilgan. Tish sistemasi kurak, qoziq, oziq tishlari ko‘rinishida shakllangan. Dastlab ularda sut, keyin esa haqiqiy tishlar rivojlanadi.
Gavda hajmi primatlarda sichqonsimon lemurlardan tortib, 180 sm bahaybat gorillagacha bo‘ladi. Yung qavati yarim maymunlarda qalin, ko‘p maymunlarda esa, kuchsiz rivojlangan. Ko‘pchilik turlarda yung va teri qavati yorqin rangda, ko‘zlarining shoxsimon qavati qora yoki sariq rangdadir. Primatlar yil davomida urchiydilar. Ular, asosan, bittadan, ahyon - ahyonda 2-3ta bola tug‘adilar.
Ko‘pchiligi daraxtlarda yashaydilar. Lekin ham daraxt, ham yerda va faqat yerda yashaydigan xillari ham bor. Ular kunduzi faol bo‘ladilar, juft -juft, ahyon - ahyonda alohida - alohida bo‘lib yashaydilar. Ular Afrika, Osiyo va Amerikaning tropik, subtropik o‘rmonlarida va baland tog‘li o‘lkalarda hayot kechiradilar.
Hozirgi vaqtda primatlarning 200ta turi bo‘lib, 54 avlodga, 12 oilaga, 2ta kenja turkum, ya’ni yarim maymunlar va maymunlarga ajratiladi. Maymunlar yoki chala maymunlarga tupaylar, lemurlar va boshqa oilalar kiradi.
Ular odamning kelib chiqish tarixiga qanday aloqador ekanligini e’tiborga olib, ularni odamga o‘xshash maymunlar kenja turkumiga kiritilgan.
Pirimat - degan atama lotincha “primat” “birinchi” degan ma’noni ifodalaydi. U birinchi marotaba fanga Karl Linney tomonidan 1758-yili joriy etilgan. Pirimatlar turkumiga odam ham kiritilganligi sababli, uni Karl Linney birinchilardan, deb atagan. Evolutysiya maydoniga pirimatlarni dastlabki vakillari mezozoy va kaynozoy eralari oralig‘ida kelib chiqqan. Bo‘r davrining oxiriga kelib, shu paytgacha hukmron bo‘lgan gigant reptiliyalar, dinozavrlar, ixtiozavrlar, pelizozavrlar qirilib ketgan. Natijada, 10 million yillar mobaynida yashirinib yashagan sutemizuvchi hayvonlar yer yuzining turli joylarida tarqalgan. Adaptiv radiatsiya amalga oshgan. Oqibatda har xil sharoitda tarqalgan sutemizuvchilar anatomiyasi, fiziologiyasining xususiy belgi xossalari paydo bo‘lib, ular o‘zaro farqlana boshlaganlar va yangi avlodlar, oilalar, turkumlar paydo bo‘ladi. Bo‘r davrida bahaybat dinozavrlarning yoppasiga qirilishi kosmik fazoda ro‘y bergan halokatli hodisalar tufayli ro‘y bergan yoki yirik meteoritning yerga tushishi bilan aloqador. Agar bunday halokatlar vaqtida yuz bermaganda, ba’zi olimlar, masalan, Tatarinov fikricha, hozirgi paytda yer yuzida kaltakesaklar hukmronlik qilgan bo‘lardi.
Ko‘p paleontologlar maymunlar keng tovonlilar va lemurlarga o‘xshash yarim maymunlardan kelib chiqqan, degan fikirni quvvatlaganlar. Keyinchalik dastlabki maymunlar keng va tor burunli maymunlarga ajralgan. Yuqorida keng burunli maymunlar Janubiy Amerikada, tor burunli maymunlar esa eski dunyoda Afrika, Sharqiy va Janubiy Osiyoda tarqalganligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Keng burunli maymunlarning eng birinchi suyak qoldiqlari 25 million yilgi yotqiziqlaridan topilgan. Ular dastlab Boliviyada, so‘ng Shimoliy Afrikada bundan 31-35mln yilgi yotqiziqlariga tegishlidir. Keng burunli maymunlarning Afrikada tarqalganligi sollar orqali, tasodifan Janubiy Amerikaga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Tor burunli maymunlarning suyak qoldiqlari Misrdagi Nil daryosining g‘arbiy tomonida 31- 35 mln yilgi yotqiziqlaridan topilgan. Bu suyaklar propliopitek va egiptopitek maymunlariga tegishli bo‘lib, ko‘pchilik paleontologlarning fikricha, ular hozirgi tor burunli maymunlarning, shuningdek, odamsimon maymunlarning qadimgi ajdodlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |