Nizomiy nomidagi


-Mavzu: Antropologiya fanining maqsadi, vazifalari, antropogenez, etnogenez



Download 439,42 Kb.
bet84/152
Sana06.01.2022
Hajmi439,42 Kb.
#321248
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152
Bog'liq
Ортиқова Л ORGANIK OLAM RIVOJLANISHI MAJMUA-2020

17-Mavzu: Antropologiya fanining maqsadi, vazifalari, antropogenez, etnogenez

Reja

1.Antropologiya haqida umumiy tushuncha

2. Antropologiya fanining rivojlanish tarixi
Tayanch tushunchalar va bilimlar: Antropologiyaning maqsad va vazifalari, antropologiyaning rivojlanish tarixi, qazilma holdagi organizmlar, odam paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar. Antropologiyaning shoxobchalari. arxeologiya, etnogenez, primatologiya

Antropologiya yunon tilidan olingan bolib antropoe – odam, logos – fan ya‘ni odam to‘g‘risidagi fan degan ma’noni anglatadi. Mazkur atama tabiat-shunoslik faniga eramizdan oldin yashagan yunon olimi Aristotel tomonidan kiritilgan. Olim antropologiya atamasi ostida faqat odamning ruxiy faoliyatini tushungan xolos. Odamning jismoniy tuzilishi bilan aloqador ravishda antropologiya atamasini 1501-yilda tabiatshunos olim Magnus Xundt o‘zining “Odam tanasining qismlari, tuzilishi, tabiati xossalari” deb nomlangan asarida ishlatgan. 1594-yilda Kasmannin “Antropologik psixologiya yoki jon haqida” asarini nashr ettirdi. So‘ng mazkur asarning “Odamning tana tuzilishi metodik tasvirda” deb nomlangan ikkinchi qismi chop etildi. Shunday qilib, G‘arbiy Yevropada antropologiya atamasi ostida bir tomondan odam tanasining tuzilishi, ikkinchi tomondan odam joni tushunilgan.

Nemis faylasuflaridan E.Kalet antropologiya atamasi bilan odam psixo-logiyasini sharhlagan.

XIX asrdan to hozirga qadar Angliya, Amerika, Fransiyada antropologiya iborasi ostida, birinchidan, odamning tana tuzilishi, ikkinchidan, xalqlar mada-niyati, turmush tarzi tushuniladi.

Hozirgi davr tabiatshunosligida antropologiya, etnografiya, arxeologiya atamalari yonma - yon ishlatiladi.

Antropologiya atamasi miloddan avvalgi asrda paydo bo’lishiga qaramay, bu atama ostida fan faqt 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllangan. Lekin xanuzgacha uning fanlar sistemasidagi o’rni noaniq bo’lib kelmoqda. Bir gurux olimlar xususan rossiyaliklar antropolpgiyani biologik fanlar sistemasiga kiritadilar. Boshqa gurux olimlar esa uni gumanitar yoki ijtimoiy fan deb hisoblaydilar.

Odamning kelib chiqishi, turli tumanligi haqidagi bilimlar antik dunyodan boshlangan bo’lsada, XIX asrning ikkinchi yaqrmida bu sohada juda ko’p ma’lumotlar to’plandi. Chunonchi odamning qadimgi maymunlarning ikki oyoqlab yurishi natijasida odam paydo bo’lganligi to’g’risida J.B.Lamark Ch. Darvin qarashlari, Yava orolida odam bilan maymun belgilarining o’zida mujassam qilgan pitekantrop – maymun odam skeleti Ye. Dyubua tomonidan topilishi va shunga o’xshash dalillar odam haqida aloxida fan – antropologiyani shakllanishi uchun asos bo’ldi.

Antropologiya tabiatshunoslikning aloxida tarmog’i bo’lib, qadimgi va xozirgi odamlarning kelib chiqishi, irqlarning paydo bo’lishini tadqiq qiladi.

Antropologiyaning tadqiqot ob’ekti odam bo’lsada, u entomologiya hasharotlarni, ornitologiya qushlarni o’rgangandek yo’l tutmaydi. Antropologiyani asosiy vazifasi qanday qilib qadimgi maymunlar asta – sekinlik bilan odamga aylanganligini, boshqacha aytganda biologik qonuniyatlarni ijtimoiy qonunlarga aylanganligini tadqiq qilishdan iborat. Biologik fanlar tizimida antropologiya aloxida o’ringa ega. Chunki antropologiya faqat biologik fanlar bilan bir qatorda tarixiy ijtimoiy fanlar bilan ham uzviy aloqador.

Antropologiya uch bo’limdan iborat



  1. Morfologiya

  2. Antropogenez

  3. Etnogenez ya’ni irqshunoslik.

Morfologiya

  • har bir odam tana tuzilishini o’ziga xosligi

  • uning embrional postembrional rivojlanish bosqichlarini

  • jinsiy dimorfizm xodisasini

  • turli muxit va mehnatning ta’sirida odam tanasida ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganadi

Arxeologiya- odamlar turmush tarzi, madaniyati bilan bog‘liq qadimiy yodgorliklar to‘g‘risidagi fandir.

Etnografiya- turli millatga mansub xalqlar tarixi, madaniyati, turmush tarzi haqidagi fandir.

Antropologiya uch bo‘limdan: antropogenez, morfologiya va etnik antropologiya yoki irqshunoslikdan tarkib topgan.

Odamning tabiatdagi o’rni, uning kelib chiqishi bilan bog’liq tushunchalar juda qadim zamonlardan boshlab to’plana borgan.

Yovvoyi yarim yovvoyi odamlar o’zlarini ayrim sut emizuvchi hayvonlar ayiq, bo’ri va boshqalarning avlodi deb tushunganlar. Odamning paydo bo’lishi haqida to’xtab Yunoniston filosofi Anaksimandr (610-546 eramizgacha) odam hayvonlarning bir necha bor o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo bo‘lishini hayvonlarga bog‘laydilar. Eramizdan oldingi davrlarda tabiatshunos olimlar odam tana tuzilishi yuksak hayvonlarga o’xshashligini qayd etish bilan birga ular orasidagi tafovutga ham to’xtalgan. Chunonchi Anaksagar (500-425 eramizgacha), Sokrat (469-399 yil eramizgacha) odam qo’llari bilan hayvonlardan farq qiladi degan fikrni ilgari surganlar. Antik dunyoning yirik olimi Aristotel Anaksogar va Sokratga e’tiroz bildirib odam faqat qo’li borligi uchun hayvonlardan yuqorida turmaydi, balki aql-idroki bilan ulardan keskin farqlanadi degan.

Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) antro-pologiya sohasidagi xizmati beqiyos. “Narsalar tabiati” deb nomlangan asarida u organik olam shu qatori odamning tabiiy ravishda paydo bo‘lishini bayon etadi. Yovvoyi qabilalardan boshlab to xozirgi davrgacha odam madaniyatini qanday paydo bo’lganligini tavsiflab bergan.

Odamning paydo bo’lishi to’g’risidagi fikr ajdodlarimizni qadimgi davrlardan boshlab qiziqtirib kelgan va bu to’g’risida turlicha muloxazalar o’rtaga tashlangan. Chunonchi qadimgi Misrda Xnum degan xudo odamni kulol charxida loydan yasagan degan fikr keng tarqalgan. Eramizdan oldingi VII - III asrlarda Sharqiy O‘rta Yer dengizi atrofida ibtidoiy jamoa parchalanib, quldorlik jamoasi paydo bo‘ladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji odamlar orasidagi yangicha munosabatlarning vujudga kelishiga hamda odamlar ongining o‘sishiga olib keladi. Olam, undagi qonuniyatlar haqidagi fan – falsafa paydo bo‘ladi. Faylasuflardan Anaksimandr (610-546 eramizgacha) tabiatning boshlanishi haqida to‘xtalib, odam hayvonlarning bir necha bor o‘zgarishi natijasida paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suradi. Demokrit (470-380) va Empedokl (490-430)lar ham odamning paydo bo‘lishini hayvonlarga bog‘laydilar. Odam haqidagi bilimlar faylasuflar bilan birgalikda tabiatshunoslarning kuzatishlari tufayli ham paydo bo‘ladi. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni kuzatish natijasida odamning tabiatdagi o‘rni belgilandi.

Hayvonlar irsiyatini hamda odamlardagi kasalliklarni o‘rganish ayrim organlarning funksiya ta’sirida o‘zgarishi haqidagi bilimlarning to‘planishiga olib keldi.

Shuni aytish joizki, anatomik bilimlar yunon olimlarining qarashlaridan ancha oldin paydo bo‘lgan. Qadimgi Misrda o‘lgan odamlarning tanasi chirib qolmasligi uchun mumiyolash ma’lum ma’noda odam tana tuzilishini bilishni taqazo etardi. Odam skeletini chizishni ham anatomiya bilan bog‘liq holda hal qilish kerak edi.

Eramizdan 500yil avval Kratonskiy hayvonlar tanasini yorib bir necha kashfiyotlar qildi. Gippokrat (460-356) odam organizmiga iqlimnng ta’sirini o‘rgandi. U odam tanasidagi qon, safro shilimshiqqa qarab temperamentni aniqlash haqidagi ta’limotni yaratdi. Odamda qonning ko‘p bo‘lishi sangivinik, sariq safroning ko‘p bo‘lishi xolerik, qora safroning ko‘p bo‘lishi melanxolik, shilimshiqning ko‘p bo‘lishi esa flegmatiklarga xos ekanligini ta’kidladi.

Geradot (454-406) Don, Volga daryosi bo‘ylab sayohat qilib, turli qabila va irqlarning tashqi qiyofasini tasvirlab berdi.

Odamni o‘rganish Aristotel falsafasida (354-322) o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. U o‘zining “Hayvonlar tarixi”, “Hayvonlarning tana qismi”, “Hayvonlarning kelib chiqishi” kabi asarlarida odamning organik olamdagi o‘rni haqida mulohaza yuritadi. U odam aqlli mavjudot bo‘lishida faqat qo‘li emas, balki ko‘p turli sabablar ham ta’sir etganligini aytib o‘tadi. Tabiat odamga san’at asarlarini yaratish qurollarini in’om etgan.

Qadimgi Rim olimlari orasida Lukretsiy Karning (95-51 eramizgacha) antropologiya sohasidagi xizmati beqiyos. U organik olam, odamning tabiiy ravishda paydo bo‘lishini “Narsalar tabiati” deb nomlangan asarida bayon etadi. Yevropada xristian dinining paydo bo‘lishi bilan tabiiy bilimlar uzoq vaqt inqirozga uchradi.

O‘rta asrlarda bu vaqtda Abu Ali ibn Sino, Beruniylar odam tanasining tuzilishini o‘rganish bo‘yicha bir qancha kashfiyotlar qildilar. Ibn Sinoning 5 jildlik “Tib qonunlari”asari shular jumlasidandir. Asarining birinchi jildida odam tanasining tuzilishi va funksiyalari, qaddi qomati haqida so‘z yuritiladi.

Uyg‘onish davrining buyuk rassomi Leonardo da Vinchi odamning tana tuzilishini, suyaklar va muskullar rasmini chizib, odam va maymun qo‘llarini taqqoslagan. Odam tana tuzilishini o‘rganishda Andrey Vezaliy (1514-1504)ning xizmatlari nihoyatda katta. U odam tanasini yorib, organlar tuzilishini o‘rgangan.

Odamning paydo bo’lish muammosini hal etishda evolyutsion ta’limotning asoschisi Ch.Darvinning 1859 yil nashr qilingan “Turlarning kelib chiqishi” asari muxim o’rin tutadi. Qayd etilgan asarda olim organik olamning harakatlantiruvchi omillari bo’lmish, irsiy o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish g’oyasi yaqin o’rtada odamga ham tatbiq etilishini bayon etgan. Bu bilan cheklanib qolmay, 1871 yili maxsus “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish” asarini nashr ettirgan. Darvin ushbu asarida Yer yuzida odamning paydo bo’lishi tasodifiy xodisa bo’lmay balki hayvonot dunyosining million yillar davom etgan tarixiy taraqqiyoti natijasi ekanligini asoslab bergan. U odamlarni hayvonlarga o’xshashligini solishtirma anatomiya, morfologiya, embriologiya, paleontologiya, biogeografiya dalillariga tayangan xolda isbotlab berishga harakat qilgan. Darvin dastlabki odamlar kaynazoy erasining uchlamchi davrida yashab so’ng qirilib ketgan maymunlardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin degan.

Darvin yashagan davrda odam hayvonlardan xususan maymunlardan kelib chiqqanligini isbotlovchi paleontologik dalillar nixoyatda kam edi. XIX asrning oxirlari va XX asrga kelib tik yuruvchi maymunlar maymun bilan odam o’rtasidagi oraliq formalar yoki arxantroplar, paleontroplar, neontroplarning suyak qoldiqlari ko’plab topildi. Bu esa bir tomondan odamning kelib chiqishi tarixini aniqlashtirishda, ikkinchi tomondan antropologiyani fan sifatida shakllanishida nixoyatda muxim ahamiyat kasb etdi.

1859- yili Parijda Antropologik ilmiy jamiyat tuzildi va Antropologik muzey tashkil etildi. Antropologik jamiyat 1963-yili Londonda, 1964-yili esa Moskvada, shuningdek, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.

Xususan XX asrning 20 yillarida O’rta Osiyo Davlat Universitetini biologiya fakultetida antropologiya kafedrasi va muzeyi tashkil etiladi. Kafedra mudiri prof. L.V. Oshanin va uning shogirdi V.Ya. Zizenkova talabalarga antropologiya bo’yicha ma’ruza o’qish, laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bilan birgalikda O’rta Osiyo xalqlaring irqiy tafovutlarini tatqiq qila boshlaydilar. Keyinchalik bu soha dotsent Q. Najimov va boshqalar tomonidan davom ettirildi.

Arxeologlar va antropologlar olib borgan tadqiqotlar natijasida 1935 yil Surxondaryo viloyatining Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan neandertal bolaning, 1950 yillarda Farg’ona vodiysi xududida Chashma, So’x, Selengur, Toshsan manzilgoxlarida 1.5 yariim million yillar oldin yashagan eng qadimgi odamlarni (Nomo erektus - tik yuruvchi) odamining suyak qoldiqlari 2003 yili Toshkentdan 100km uzoqdagi Obi Raxmat g’oridan 50ming yil muqaddam yashagan odamning suyak qoldiqlari topildi. Xozirgi vaqtda ham Respublika Fanlar akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti O’rta Osiyo Davlat Universitetining arxeologiya kafedrasi ilmiy xodimlari tomonidan O’zbekistonning turli xududlarida arxeologik, antropologik tadqiqotlar olib borilmoqda.

Boshqa mamlakatlar qatori respublikamizda ham odamning qadimgi vakillarini o‘rganish bo‘yicha paleoantropologiya, qadimiy ashyoviy yodgorliklar bilan arxeologiya fani shug‘ullanmoqda. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasi odamning shakllanish markazlaridan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi.


Download 439,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish