Antropologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Biz odamning organik olamda tutgan o’rnini belgilash uchun uning gavda tuzilishini boshqa jonzotlar bilan taqqoslab o’rganishimiz kerak. Agar biz odam gavdasining tashqi, ichki tuzilishini organik olamning boshqa vakillari bilan qiyoslasak u ko’proq sut emizuvchi hayvonlarga ayniqsa maymunlarga o’xshashligini shoxidi bo’lamiz. Binobarin antropologiya, maymunlar to’g’risidagi fan primatologiya aloqa o’rnatganda uning kelib chiqishi masalasi bir muncha oydinlashadi. Odamning shaxsiy, ayniqsa embrion taraqqiyoti taxlil qilinsa u faqat maymunlar emas, umurtqali hayvonlarning boshqa sinf vakillari, baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, sut emizuvchilarga o’xshashligini ko’ramiz. Embriologik dalillar antropologiyaning umurtqali hayvonlar zoologiyasi bilan bog’liqligini ko’rsatadi.
Antropologiya evolyutsion ta’limot bilan bog’langanda odam qanday qilib tarixiy jarayonda paydo bo’lganligini, ana shu jarayonni xarakatlantiruvchi omillarini bilib olamiz.
Antropolgiya sitologiya, bioximiya, genetika bilan aloqasi esa odamning organik olamni yana boshqa vakillariga yaqinligidan dalolat beradi.
Odamning organik olamda tutgan o’rni bilan siz keyinchalik atroflama tanishasiz.
Antropologiya maxsus biologik fan bo‘lib, tabiiy fanlar bilan ijtimoiy fanlar o‘rtasidagi oraliq o‘rinda turadi. Antropologiya fanining predmeti, mutaxassislarning fikricha, odam evolyutsiyasi - irqshunoslikdir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, antropologiya biologiya va tibbiyot fanlaridan farq qiladi. Shu bilan birga, antropologiya anatomiya, fiziologiya, evolyutsion ta’limot, paleontologiya, genetika, molekulyar biologiya va boshqa biologik fanlar hamda ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Anatomiya odam tana tuzilishini, fiziologiya esa o‘ziga xos vazifalarini o‘rganib, odamning fiziologik va anatomik xususiyatlarini yoritadi. Evolyutsion ta’lmot va organik olamning rivojlanishi yer yuzida tiriklikning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, shuningdek, odamning kelib chiqishi uchun zamin bo‘lgan omillarni o‘rganadi. Paleontologiya fani qadimgi era va davrlarda yashab, qirilib ketgan organizmlarning qazilma holdagi topilmalarini o‘rganib, hozirgi vaqtda mavjud organizmlar bilan qon-qarindoshlik belgilarini ochib beradi. Shuningdek, odamning qazilma holdagi qoldiqlarini o‘rganib, odamning kelib chiqishini ilmiy asoslashga imkon beradi. Genetika va molekulyar biologiya fanlari odam ajdodlari irsiyati va o‘zgaruvchanligi, nuklein kislotalarining tuzilishi va o‘zgarib borish darajalarini o‘rganib, odam kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirib boradi. Biologik fanlar bilan birga odam haqidagi ijtimoiy - tarixiy fanlar arxeologiya va etnografiya bilan chambarchas bog‘liq. Bu ikki fan yutuqlari dunyo aholisining etnogezini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Arxeologiya odam tarixini turli ashyolar yordamida, jumladan, paleolit, neolit, mezolit davrlardagi tosh qurollar, suyak, yog‘och qurollar kabilar bilan o‘rganadi. Etnografiyaning rivojlanish tarixi turlicha bosqichda bo‘lgan hozirgi zamon xalqlarining tarixini, madaniyatini, tarqalish yo‘llarini tahlil qilib beradi. Antropologiya ko‘p qirralari bo‘yicha biologik fan hisoblanadi. Yevropa va amerika fanida antropologiya termini asosida odamga taaluqli bo‘lgan barcha fanlar tizimi tushuniladi. Shuningdek, bizning tushunchamizga ko‘ra, “tabiiy antropologiya” hisoblanadi. Antropologiyaning asosiy bo‘limlari antropogenez, etnik antropologiya (irqshunoslik) va odam morfologiyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |