Yuksak maymunlar turkumi. Mazkur kenja turkumga keng burunli (Amerikada yashaydi) va tor burunli (Afrika, Osiyoda yashaydi) maymunlar kiradi. Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari keng bo‘lib, ular o‘rtasida tog‘ayli devor bor. Burun kataklari tashqariga qaragan bo‘ladi. Afrika, Osiyo mamlakatlarida yashaydigan maymunlarning burun kataklari ensiz, tor bo‘lib, teshiklari pastga yo‘nalgan. Barcha maymunlarning barmoqlarida tirnoqlari bo‘ladi. Ko‘zlari boshining oldingi tomonida joylashganligi sababli narsalarni ikki ko‘zi orqali ko‘radi va narsalar hajmini ungacha bo‘lgan masofani hamda rangni boshqa hayvonlarga qaraganda yaxshi aniqlaydi.
Barcha maymunlarning barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘lib, ko‘z chuqurchasi peshona chuqurchasida ajralgan, ularning bilaklarining oralig‘i suyak devori bilan ajralgan. Maymunlarning yuzida hid bilish organi reduksiyaga uchragan. Maxsus ta’m bilish organlari ham ma’lum miqdorda reduksiyaga uchragan. Faqat uch juft ko‘z usti, yuqorigi va pastki jag‘ sezgi organlari saqlangan. Yuzdagi sezgi organlarining reduksiyasi bilan kaft va tovondagi sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Odamga o‘xshash yuksak maymunlar kenja turkumiga keng burunli maymunlar katta oilasi ham kiradi. Ularning dumi uzun bo‘lib, ba’zilarida changalsimon ushlaydigan bo‘ladi. Ular kunduzi faol bo‘ladilar va poda, to’da bo‘lib yashaydilar. Ular Markaziy va Janubiy Amerikada yil davomida urchiydilar.
Bu katta oila ikki oilaga: O‘ynoqi maymunlar va sebidi maymunlar oilalariga bo‘linadi.
1) O‘ynoqi maymunlar oilasi vakillari juda kichik gavdali. Ularning eng yirigi arslon o‘ynoqi maymuni bo‘lib, gavda hajmi 450 - 550 gr. Gavdasining uzunligi 22 - 37sm, dumi esa 30 - 36sm, karlik o‘ynoqi maymunning gavda uzunligi 22 - 37 sm bo‘ladi. O‘ynoqi maymunlar ba’zan olmaxonsimon maymunlar ham deb ataladi. Bu maymunlarning barmoqlari yon tomon bukilgan tirnoqlari o‘tkir. Bashmaldoq boshqa barmoqlarga qarama – qarshi emas. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlarga nisbatan uzun. Dumi uzun mayin yungli ushlovchi emas. Ko‘zlari katta, afti qisman yungsiz. Miya po‘stlog‘i tekis egatlarsiz. Yungi yumshoq kulrang, qizil, qo‘ng‘ir, oltin rangacha bo‘ladi, sut bezlari ikkita. O‘ynoqi maymunlardan oddiy o‘ynoqi maymunlarning 8ta turi bor. Ular Amazonka daryo-sini janubida, Braziliyaning seryomg‘ir ekvatorial o‘rmonlarida yashaydi. Doimo daraxtdan daraxtga o‘tib hayot kechiradi. Dumidan muvozanat organi sifatida foydalanadi. Ba’zan oyoqlariga osilgan holda yotadi. Kechasi daraxt kovaklarida uxlaydi, 3 – 8 ta, ba’zan ko‘proq bo‘lib oila bo‘lib yashashadi. O‘ynoqi maymunlar hasharotlar, mevalar bilan oziqlanadlar. O‘ynoqi maymun turlari o‘zaro tana, dum, quloq va yuzlarining rangi bilan farqlanadilar. Ko‘pchiligining quloqlarida uzun yunglar bo‘lib, ular oq, qora va sariq ranglidir.
Sebidi oilasiga kiruvchi maymunlarning gavda hajmi o‘rtacha va uzun oyoqlidir. Dumlari ham uzun ilashuvchi yoki ushlaydigan, tirnoqlari bor. Oyoqning bosh barmog‘i yaxshi rivojlangan, qo‘lining bosh barmoqlari esa kalta, ba’zilarida reduksiyaga uchragan. Sebidilar to‘rt oyoqlab yuradilar va oyoq, qo‘l panjalariga tayanadilar. Yungi qalin, rangi turlichadir. Bir juft sut bezlari bo‘lib, bittadan bolalaydi. Bu maymunlar Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydilar. Doimo daraxtda poda bo‘lib faol hayot kechiradilar.
Sebidi oilasi - tungi maymunlar, shayton maymunlar, revun maymunlar va o‘rgimchaksimon maymunlar kenja oilalariga bo‘linadilar.
Tungi maymunlar yoki durukul maymunlar tunda hayot kechiruvchi yagona maymun avlodi hisoblanadi va u bitta turdan iborat. Uch yo‘l yungli durukul maymuni Markaziy va Janubiy Amerikaning Parana va Paragvay daryolari tutashgan joylardagi o‘rmonlarda yashaydilar. Ular mushukka o‘xshash, gavda og‘irligi 800 - 1200 gr, dumi 22- 42 sm gavda uzunligi 24 - 47sm mayin yungli, glari jigarrang va kulrang, qorin tomonidagi yunglar esa oqishroq bo‘ladi. Yung rangi va qalinligi faslga qarab o‘zgaradi. Yuz qismida tuklar juda kam. Bosh qismiida 3ta qoramtir yo‘l bor. Bu yo‘llar ko‘zining yuqori qismida oq, yarim oysimon shaklda bo‘ladi. Ko‘zlari yirik yarqiroq jigarrang, ular shu’lasimon uzun sochlar bilan o‘ralgan. Burun kataklari orasidagi devori ensiz. Quloqlari kichik bo‘lib, yunglar orasiga yashiringan. Boshmaldog‘i yaxshi rivojlangan. Tirnoqlari qayrilgan yon tomonga bukilgan. Oyoqlari qo‘liga nisbatan uzun. Kechasi ular ovoz chiqarmasdan harakatlanadilar. Bu ularning ov qilishida ko‘mak beradi. Ular kichik qushlar, ko‘rshapalaklar va hasharotlarni ov qiladilar. O‘simliklarning mevalari va barglari bilan ham ovqatlanadilar. Ular deyarli suv ichmaydilar va shudring bilan qanoatlanadilar. Kunduzi daraxtlarning kovaklariga kirib uxlaydilar. Oila ota – ona bolalari bilan birga yashaydilar. Ota - oila boshlig‘idir. Ularning ovozlari qattiq, baland bu traxeyaning kengayishi va tomoqdagi havo xaltachalarining kengayganligi bilan aloqador. Tovushlari mushuk, it, yaguar tovushini eslatadi. Urg‘ochisi bitta tug‘adi, 10 kun davomida ona qorniga, so‘ngra yelkasiga yopishib yashaydi. Keyin uni otasi parvarishlaydi. Rivojlanayotgan bolasi unchalik o‘ynoqi bo‘lmaydi. Bu xususiyati bilan durukullar boshqa maymunlardan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |