Masalan: trener buyrug‘i bilan past startda yugurish;
♦ aylana bo‘ylab yurganda, trenerning kutilmagan tez qisqa xabaridan keyingi ( kaftiga urish, xushtak chalish) bajariladigan (yuqoriga sakrash, yonga sakrash, o‘tirish, harakat yo‘nalishini 1800 yoki 3600 ga o‘zgartirish) harakatlar;
♦ trenerning xabari bilan koptokni tashlash (ko‘krakdan yoki boshdan oshirib).
«Tezlikni sezish» mashqlari ancha yengil sharoitlarda, ya’ni musobaqaga vaqt juda oz qolganda bajariladi.
Masalan; harakatni sezish tezligini rivojlantirish uchun sprintli startda mashqlar boshlanishidagi turli holatlarni, ya’ni start berilishida, o‘tirganda, tizzalab o‘tirganda, orqa bilan yotganda qo‘llash mumkin. Bu mashqlarning bajarilishi tovushlarga bog‘liq bo‘lgan holatlardagina, ya’ni baland xabarlardan (otish, xushtak chalish) tortib to sekin xabarlargacha (barmoqlarni shiqqillatish) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |