Murakkab ta’sir quyidagilarga bo‘linadi:
♦ harakatlanayotgan ob’ektga ta’sir;
♦ tanlash ta’siri.
Ta’sirning bu turlari ko‘proq o‘yinlarda va yakka kurashlarda uchraydi. Tezlikni sezish harakat qilayotgan ob’ektga nisbatan 0,18-1,00s ni tashkil qiladi. Latent bosqichi bu ta’sirda oddiyga nisbatan ko‘proq, ya’ni 300 m/s ga yetishi mumkin.
Sezgining yashirin davri harakat qilayotgan jismga nisbatan to‘rt elementdan tuziladi:
1.Odam harakatlanayotgan jismni ko‘rishi kerak (to‘pni, o‘yinchini);
2. Harakat tezligi yo‘nalishini baholash kerak;
3. Harakat rejasini tanlash;
4. Amalga oshirish.
Vaqtning asosiy qismi (80%) ko‘z bilan kuzatishga ketadi, ya’ni katta tezlik bilan harakatlanayotgan jismni kuzatadi.
Ko‘rish qobiliyatini mashq qildirish, mashg‘ulotlarga alohida e’tibor berish, shuningdek, harakat qilayotgan ob’ektni mashqlarda ishlatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |