So‘zning emotsionallik xizmati o‘quv va tarbiyaviy vazifalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Emotsional jihatdan rango-ranglik so‘zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o‘qituvchining o‘z faniga, o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini bildiradi, o‘quvchi qiziqishini oshiradi, o‘zining yutug‘iga ishontiradi qiyinchiliklarni yengish uchun ishonch tug‘diradi.
Umumiy pedagogika jarayonida so‘zdan doimo foydalaniladi. Jismoniy tarbiya jarayonida uni qo‘llash o‘ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Aytib berish (hikoya). O‘quvchi faoliyatini o‘yin tarzida tashkillash uchun ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan aytib berish qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |