3
KIRISH
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etishda,
uning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda
zamonaviy
bilim va malakaga ega bo‘lgan professional kadrlar muhim o‘rin
tutadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatida kadrlarni tanlash, ularni joy-
joyiga qo‘yish, turli sohalar uchun tayyorlanayotgan xodimlar-
ni o‘qitish masalasi bugungi davrimizning
dolzarb vazifalaridan
biridir.
Hayotimizdagi to‘xtovsiz texnik progress – mukammal
texnologiya va malakali kadrlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda.
Huquqiy davlatning asosiy maqsadlaridan biri turli kasb egalari-
ning huquqiy ongini yuksaltirishdir. Bu esa ushbu munosabat-
larning
ilmiy jihatdan tadqiq etish, bu sohada bilim oluvchi tala-
balarda amaliy-ilmiy ko‘nikmalarni shakllantirishni o‘zida ifoda
etadigan maxsus darslik va qo‘llanmalar yaratishni taqozo etadi.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish»
fanidan tayyorlan-
gan mazkur o‘quv qo‘llanma o‘quvchilarda xodimlarni joy-joyi-
ga qo‘yish, ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy
shakllari hamda
ilmiy-amaliy yechimlari, xodimlar masalasining mehnat qo-
nunchiligida tutgan o‘rni yuzasidan chuqur va keng bilimlar-
ni shakllantirishdan iborat. Ushbu qo‘llanma fan sohasi sifatida
«Ijtimoiy ta’minot huquqi», «Mehnat huquqi» fanlari bilan uzviy
bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda alohida o‘ziga
xos tomonlari bi-
lan ajralib turadi.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fani asosan korxona,
tashkilot, muassasaning bir bo‘linmasi sifatida tashkil etiladigan
xodimlar bo‘limining tuzilishi, asosiy vazifalari, kadrlar bo‘limi
xodimining huquq va majburiyatlari haqida tushuncha beradi.
Fanning asosiy maqsadi o‘quvchilarni kadrlar bo‘limining
ish mazmuni bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘lib,
uning predmetini tashkilot,
muassasa, korxonalar (ish beruvchi-
lar) bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil eta-
di. Bu fan orqali mehnatga oid huquqiy munosabatlarning asosiy
qoidalari xodimlarni ishga joylash, joy-joyiga qo‘yish
qoidalari,
xodim ishining asosiy vazifalari, xodimlarga qo‘yiladigan asosiy
4
talablar, kadrmlar bo‘limida yuritiladigan hujjatlar, xizmat huj-
jatlarini rasmiylashtirish shartlari o‘rgatiladi.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanini o‘rganish jarayo-
nida har bir o‘quvchi tegishli me’yoriy
hujjatlar bilan yaxshi tan-
ish bo‘lishi, ularni tushuna olishi, qonunchilikda yuz berayot-
gan barcha o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishi hamda, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining kadrlar siyosatiga oid qonunlari,
Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan qarorlar bilan
muntazam ravishda tanishib borishi lozim.
«Kadrlar bilan ishlashni tashkil qilish» fanidan tayyorlan-
gan o‘quv qo‘llanmasi yuridik va ijtimoiy sohaga ixtisoslashtiril-
gan respublikamizdagi barcha kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari,
xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida maxsus tadqiqot
ishi olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar va soha mutaxassislari
uchun mo‘ljallangan.