Fargʼona davlat universiteti sirtqi boʼlimi “Аniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri”
Uraimov Sanjar Roʼzmatovichning soʼngi 5 yillik faoliyati
HISOBOTI
Oʼquv sohasi boʼyicha.
Men 2017-2021 yillar davomida oʼquv sohasida jismoniy madaniyat yoʼnalishi talabalariga jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan maʼruza, amaliy mashgʼulot va seminar mashgʼulotlarini olib bordim. Jismoniy madaniyat yoʼnalishi talabalariga malakaviy va pedagogik amaliyotlarga, bitiruv-malakaviy ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdaman. Mazkur fanlardan belgilangan shaklda va tartibda oʼquv-uslubiy majmualar yaratdim. Shuningdek, fanlar boʼyicha test topshiriqlari, savolnomalar, tarqatma materiallar tayyorladim. Talabalarning reyting ballarini Nizom talablari asosida amalga oshirdim. Hozirda Sirtqi boʼlim aniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqdaman.
Uslubiy soha boʼyicha.
Jismoniy madaniyat fakulьtetini bitiruvchi talabalarini ishga joylashtirish boʼyicha maʼsullik vazifasini bajarib, bitiruvchi talabalarni ishga joylashishi monitoringini bajarib kelmoqdaman. Kafedraning oʼzaro darslarida muntazam qatnashib, ustozlar bilan fikr almashmoqdaman. Shu bilan birga professor-oʼqituvchilar tomonidan yaratilgan oʼquv qoʼllanma, oʼquv-uslubiy koʼrsatmalarning tahlil etilishi, nashrga tavsiya qilishda qatnashdim. Professor-oʼqituvchilar tomonidan oʼquv-uslubiy majmualarning tayyorlanishi, yaratilishi, belgilangan tartibda boʼlishi yuzasidan muntazam qatnashib bordim hamda fakulьtetdagi mavjud fanlardan toʼliq majmualar yaratilishini taʼminlashda faol qatnashdim.
Ilmiy faoliyat boʼyicha.
Oʼtgan vaqt mobaynida xalqaro va respublika miqiyosidagi ilmiy konferentsiyalarda muntazam qatnashib keldim. Respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda ilmiy maqolalarim chop ettirdim. Ilmiy izlanishlarim “Harbiy-texnika litseyi oʼquvchilarining amaliy jismoniy tayyorgarligining pedagogik xususiyatlari” “mavzusidagi pedagogika fanlari boʼyicha falsafa doktori dissertatsiyani olib bordim va 2019 yil 30 noyabrь kuni muvaffaqiyatli himoya qildim. Dissertatsiya mavzusi boʼyicha jami 40 ilmiy-metodik ish, jumladan 30 ta ilmiy maqola, shundan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari natijalarini chop etishga tavsiya qilingan ilmiy nashrlarida 5 maqola (3 respublika va 2 xorijiy ilmiy jurnallarda) chop etilgan. Bundan tashqari 2020 yilda “Oʼzbekiston Respublikasi harbiy texnika litseylari oʼquvchilarining jismoniy tarbiyasini differentsiyalash” doktorlik (DSc) mavzuyim OАK byulletenida tasdiqlandi va hozirgi kunda doktorlik ishimni yakunlash arafasidaman.
Maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʼyicha.
Mazkur sohada muntazam ravishda universitetda oʼtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdaman. 5-yillik faoliyatim davrida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning maʼruzalari boʼyicha maxsus kurslarning tashkillanishida muntazam qatnashganman. Shuningdek, Jismoniy madaniyat fakulьteti 17.25 gurux talabalariga rahbarlik qildim. Universitet boʼyicha axborot va taʼlim tarbiya soatlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kafedra rejasiga muvofiq oʼtkazib, jadval asosida tashkillab kelmoqdaman.
Talabgor S.R.Uraimov
Do'stlaringiz bilan baham: |