Logistik tizimlarni loyihalashtirish bosqichlari
Rasmdan ko‘rinib turganidek, logistik tizimni loyihalash unga qo‘yilgan talablarni aniqlashdan boshlanadi. Tizimga qo‘yilgan talablar va u bajarishi kerak bo‘lgan vazifalar aniqlangandan so‘ng loyiha ishtirokchilari aniqlanadi va loyihaning dastlabki varianti ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha har tomonlama tahlil qilinadi va baholanadi. SHundan so‘ng loyiha beradigan natija unga qo‘yilgan talablar bilan solishtiriladi. Agar ishlab chiqilgan loyiha unga qo‘yilgan talablarga javob bermasa, sabablari aniqlanadi va loyihani yanada takomillashtirishga o‘tiladi. Loyihani baholash unga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bera olgunicha davom ettiriladi va oxirida eng optimal loyiha tanlab olinadi.
Logistik tizimning formal tuzilmasi ishlab chiqilga- nidan keyin uning modelini yaratishga o‘tish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |