Logistikada modellashtirish
Zamonaviy iqtisodiy matematik uslublar va modellarni hamda hisoblash texnikasini keng qo‘llamay turib logistik tizimni ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin emas. Bunday tasdiq shunga asoslanadiki, logistik tizim tashkil bo‘lishi va faoliyat yuritishi axborot va moddiy oqimlarni boshqarishda talab qilinadigan g‘oyat katta miqdordagi hisob-kitob operatsiyalari hamda ko‘p variantli hisob-kitoblar bilan bog‘liq.
Logistik tizimning asosiy maqsadi tovar harakati bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish bo‘lganligi sababli logistik tizim elementlari, xususan ta’minotchilar, iste’molchilar va transport tashkilotlari o‘rtasidagi eng ma’qul xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish bo‘ladi.
Har qanday logistik tizimlarni boshqarishning samaradorligini miqdoriy baholash uchun tizimdagi jarayonlarning matematik modeli ishlab chiqish kerak.
Bugungi kunda logistik jarayonlarning (shu jumladan tashish jarayonlarining) matematik modellarini shartli ravishda ikki turga analitik va statistik modellarga ajratish mumkin.
Umuman modellashtirish deganda biron bir sistema yoki jarayonga o‘xshash ixcham narsani yaratish tushuniladi. Ishlab chiqilgan matematik model izlanayotgan voqelikni qanchalik to‘liq aks ettirsa, boshqarish uchun qabul qilinayotgan echimlar ham shunchalik samarali bo‘ladi. Bu erda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, voqeliklarning matematik modelini tuzish uchun alohida aniq tavsiyalar mavjud emas. Har bir holatda model tuzish uchun alohida yondoshuv kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqiladigan modellarga qo‘yilgan asosiy talablarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Model iloji boricha jarayonni to‘liq aks ettirishi kerak. SHu bilan birga, model iloji boricha sodda bo‘lib, unda asosiy bo‘lmagan unsurlar hisobga olinmasligi kerak. Sodda moddelar qabul qilinadigan echimlarni tushunishni osonlashtiradi. YAna bir eslatma- modellar iloji boricha analitik tarzda tuzilishi kerak. Analitik modellarda jarayonlarning birontasiga o‘zgartirish kiritilsa, nima sodir bo‘lishini aniq bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Analitik modellar har xil ko‘rinishdagi formulalar, algebraik tenglamalar va shunga o‘xshash ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Masalan, tezlik quyidagi formula orqali ifodalanadi:
V= S / t ,
bu erda, S- bosib o‘tilgan masofa,
t- harakatlanish vaqti.
Rasmda har qanday logistik murakkab tizim larni loyihalashtirish bosqichlari ko‘rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |