PROGRAMMALARNI LOYIHALASHTIRISH VA ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI REJA: Masalaning qо‘yilishi.
Programmani loyihalashtirish.
Modelni tuzish.
Algoritmni ishlab chiqish.
Algoritmni amalga oshirish (kodlashtirish, komplekslash).
Algoritmni va uning murakkabligini taxlil qilish.
Programmani testlash.
Hujjatlashtirish.
MASALANINGQО‘YILISHI Programmalarni loyihalashtirish va ishlab chiqishning birinchi bosqichi masalaning qо‘yilishini ishlab chiqishdir. Yirik kompyuter programmalari uchun masalani qо‘yilishini ishlab chiqishda quyidagi ishlar bajarilishi lozim:
Muammoni yechish yoki maqsadga erishish uchun zarur bо‘lgan talablarni (xususiyatlar, sifat va imkoniyatlar) ishlab chiqish;
О‘z ichiga quyidagilarni oluvchi spetsifikatsiyalarni1 ishlab chiqish:
programmaning maqsadi;
sistema funksiyalarini tavsiflash;
kiritiladigan va chiqariladigan ma’lumotlarning spetsifikatsiyalari;
nazorat talablari (test holatlarini belgilash);
hujjatlar tipi va soni.
Bu jarayonda, sistema tayyor holda ega bо‘lishi lozim bо‘lgan xususiyatlar aniqlanadi, sistemaning funksiyalari va interfeysning xarakteristikalari tavsiflanadi. Masalani yechishni boshlashdan avval uni aniq ta’riflash lozim. Birinchi navbatda - bu boshlang‘ich va natijaviy ma’lumotlarni aniqlash hamda a)nima
berilgan; b)nimani aniqlash lozim, degan savollarga javob topishni anglatadi.
Masalani qо‘yilishini yanada mufassalroq kо‘rib chiqishda quyidagi savollarga javob berish lozim:
yechimni qanday aniqlash kerak;
qanday ma’lumotlar yetishmayapti va ularning hammasi lozimmi;
qanday yо‘l qо‘yishlarga ruxsat etilgan va h.k.
PROGRAMMANILOYIHALASHTIRISH Dastavval, programm sistemaning arxitekturasi loyihalashtiriladi. Bu loyihalashtirishning boshlang‘ich (umumiy) bosqichini kо‘zda tutadi va sistema strukturasiga qо‘yiladigan talablarni sinchiklab о‘rganish bilan tugallanadi. Odatda, modullar pog‘onasida har bir modulga talablar majmui ishlab chiqiladi:
nom/maqsad – modulga nom beriladi, hamda formal parametrli modullar funksiyalari haqida taklif kiritiladi;
noformal tavsif – modul bajaradigan ishlar obzori beriladi;
ishorat – qaysi modullar shu modulga murojaat qiladi va mazkur modul qaysi modullarga murojaat qiladi;
kirish chiqish – formal va haqiqiy parametrlar, global, lokal bir-biri bilan bog‘liq bо‘lgan (bir qancha modul uchun umumiy bо‘lgan) о‘zgaruvchilar;
izohlar – moduldagi kо‘rsatilishi foydali bо‘lgan kommentariylar.
Keyingi bajaradigan ishimiz – sinchiklab loyihalashtirishdir. Bu bosqichda programma protseduralar bо‘yicha tavsiflanadi, hamda har bir modulni amalga oshirish uchun algoritmni tanlash va baholash ishlari bajariladi. Loyihalashtirish uchun sistemaga bо‘lgan talablar asos qilib olinadi.
Programmalarni loyihalashtirishning turli metodlari mavjud. Zamonaviy
metodlar dekompozitsiyaga2 asoslangan. Dekompozitsiya esa о‘z navbatida abstraksiyalarga3 asoslanadi. Dekompozitsiyaning maqsadi – aniq, oddiy qoidalarga asoslanib о‘zaro munosabatda bо‘ladigan modullarni yaratishdan iboratdir. Dekompozitsiya, programmani, keyin birlashtirilishi mumkin bо‘lgan komponentlarga bо‘lish uchun ishlatiladi.
Arxitekturani loyihalash metodlari ikki guruhga bо‘linadi:
ishlov berishga mо‘ljallangan;
ma’lumotlarga mо‘ljallangan.
Ishlov berishga mо‘ljallangan metodlarо‘z ichiga quyidagilarni oladi:
modulli dasturlash;
funksional dekompozitsiya;
v) ma’lumotlar oqimidan foydalanib loyihalash.
g) loyihani strukturaviy tahlili texnologiyasi
a) Modulli dasturlash Asosiy konsepsiyalari:
har bir modul yagona mustaqil funksiyani amalga oshiradi;
yagona kirish/chiqish nuqtasiga ega;
modulning razmeri iloji boricha kichiklashtiriladi;
har bir modul boshqa modullardan mustaqil holda ishlab chiqiladi;
sistema faqat modullardan tashkil topadi.
Mazkur tamoyilga asoslansak, har bir modul alohida testlanadi, sо‘ngra kodlashtirilib va testlangandan sо‘ng ular birlashtiriladi va butun sistema testlanadi.