Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash


O’zaro perpendikulyar tekisliklar



Download 12,28 Mb.
bet14/41
Sana01.07.2022
Hajmi12,28 Mb.
#726489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Maruzalar matnlari (to\'liq) 2021-22

O’zaro perpendikulyar tekisliklar
Agar ikki tekislik bir-biri bilan kesishganda ikki yoqli to’g’ri burchaklar hosil qilsa, bunday tekisliklar o’zaro perpendikulyar tekisliklar deyiladi.
Agar o’zaro perpendikulyar tekisliklar umumiy vaziyatdagi tekisliklar bo’lsa, epyurda ularni yasash ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki bunday tekisliklar epyurda muayyan emas, sho’ning uchun ularni bevosita (ichki) belgilari asosida, qo’shimcha yasashlar yo’li bilan bilishga yoki tasvirlashga to’g’ri keladi.
Stereometriyadan ma’lumki, ikkita P va Q tekislik fazoda o’zaro perpendikulyar bo’lsa, ular har biri ikkinchisiga perpendi­kulyar bo’lgan to’g’ri chiziqdan o’tadi (75-rasm).
Perpendikulyarlar orasidagi ABC to’g’ri burchakning qiymati P va Q tekisliklar orasidagi ikki yoqli to’g’ri burchakning qiymatiga teng.

75-rasm. 76-rasm.
Berilgan P tekislikga perpendikulyar bo’lgan AB to’g’ri chiziq orqali cheksiz ko’p Q, R, S tekisliklar o’tkazish mumkin, ularning hammasi P tekislikga perpendikulyar bo’ladi (76-rasm). Masala to’la, ya’ni javobi bitta bo’lishi uchun qo’shimcha shartlar kerak bo’ladi.
Berilgan P tekislikga perpendikulyar bo’lmagan AC to’g’ri chiziq orqali unga perpendikulyar qilib yolg’iz bitta Q tekislik o’tkazish mumkin; bu Q tekislik epyurda AC chiziq va AB perpendikulyar bilan tasvirlanadi.
Bir necha misol yechamiz.
1. A nuqta orqali P tekislikga perpendikulyar qilib o’tkazilgan tekislikning izlari yasalsin (77-rasm).
Yasash tartibi: izlangan tekislik QP bo’lgani uchun, A nuqtadan P tekislikga perpendikulyar tushiramiz: A″M″PV; A′M′PH perpendikulyarning izlarini (M′, M″ va N′, N″) topamiz; perpendikulyarning gori­zontal izi (M′) dan tekislik­ning gorizontal izi (QH) o’ti­shi, perpendikulyarning frontal izi (N″) dan tekislikning frontal izi (QV) o’tishi ke­rak. Qo’shimcha shartlar bo’lmagani uchun M′ orqali QH o’tkazamiz, N″ va QX orqali QV o’tkazamiz. Masalaning javobi nihoyatda ko’pdir.

77-rasm. 78-rasm.
2. Berilgan AB to’g’ri chi­ziq orqali epyurda DEF uch­burchak bilan tasvirlangan P tekislikga perpendikulyar qilib Q tekislik o’tkazilsin (78-rasm).
Yasash tartibi:
1) berilgan tekislikda go­rizontal (F′1′; F″1″) va frontal (D′2′; D″2″) o’tkazamiz;
2) berilgan to’g’ri chiziqning birorta, masalan, B nuqtasidan berilgan tekislikga perpendikulyar tushiramiz (B′C′F′1′; B″C″D″2″).
Izlangan Q tekislik ke­sishuvchi AB va BC chiziqlar bilan ifodalanadi, Q tekislik DEF tekislikga perpendikulyar bo’lgan AB chiziq orqali o’tgani uchun DEF tekislikga ham perpendi­kulyar bo’ladi.



Download 12,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish