Nazorat savollari
1.2T30 teodolit ning tuzilishi.
2.Tekshirish mohiyati.
3.Gorizontal doira adilagini tekshirish va tuzatish.
4.Iplar to‘rini tekshirish va tuzatish.
5.Kollimatsion xatoni tekshirish va tuzatish.
LABORATORIYA ISHI № 5
Azimut burchakni o‘lchash. Gorizontal burchakni nollarni tutashtirish usuli bilan o‘lchash.
Ishdan maqsad: Azimut burchaklarni o‘lchashni va gorizontal burchakni nollarni tutashtirish usulida o‘lchashni o‘rganish.
I.Azimut burchaklarini o‘lchash
Berilgan chiziq yo‘nalishini Erning to‘rt tomoniga nisbatan qanday ketishini biror bosh yo‘nalishga nisbatan aniqlash chiziqni orientirlash deyiladi. Ma’lumki, Yer yuzasidagi har qanday nuqtadan yolg‘iz bir meridian o‘tadi va uning yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Shunga ko‘ra, nuqtadan o‘tagan chiziqning yo‘nalishi shu nuqta meridianining yo‘nalishiga nisbatan berilgan chiziq hosil qilgan burchak orqali aniqlanadi. Bu burchaklar azimut, rumb va direksion burchaklarga bo‘linadi.
Azimut burchaklarni o‘lchash uchun teodolitga bussol (14- a rasm) o‘rnatiladi va teodolit ish holatiga keltiriladi. Buning uchun: 1) o‘lchanayotgan nuqtadagi teodolit shovun yordamida markazlashtiriladi; 2) ko‘targich vintlar va silindrik adilak yordamida gorizontal holatga keltiriladi; 3) ko‘ruv trubasi okulyar tirsagi va fokuslovchi vint yordamida ko‘zga va narsaga to‘g‘rilanadi.
Teodolitni ixtiyoriy holatida (Dch yoki DO‘) gorizontal doira sanog‘ini 0º00' ga, ya’ni nolga keltirish kerak. Buning uchun limb doirasi mahkamlanib, alidada bo‘shatiladi, so‘ng limbning nolinchi gradusi alidadaning nolinchi minuti bilan yaqin kelgunga qadar teodolit o‘z o‘qi atrofida aylantiriladi. Alidada mahkamlagich vinti qotirilib, to‘g‘rilagich vinti yordamida 0º va 00' chiziqlari aniq birlashtiriladi. So‘ngra limbning mahkamlagich va bussolning magnit strelkasini mahkamlagich vintlari bo‘shatilib, magnit strelkasi yordamida ko‘ruv trubasini shimol yo‘nalishiga qaratamiz, limbning qaratgich vinti yordamida bussol strelkasini nol shtrixiga to‘g‘rilaymiz. (14- b rasm)
a b
14 – rasm. a) bussol umumiy ko‘rinishi. b) bussol ish xolatida.
Alidadaning mahkamlagich vinti bo‘shatilib teodolit truba soat mili yo‘nalishi bo‘yicha aylantiriladi va V nuqtaga to‘g‘rilanadi. Gorizontal doiradan olingan sanoq, o‘lchanayotgan yo‘nalishning magnitaviy azimutiga teng bo‘ladi, ya’ni Amagn.=124º36'.
Yo‘nalishning haqiqiy azimutini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalinadi: Ahaqiqiy = Amagn. + γ,
|
Bu erda γ – ikki meridian orasidaga buchak bo‘lib, meridianlarning yaqinlashish burchagi deyiladi. A nuqtaga nisbatan V nuqta o‘ngda (15-rasmdagi kabi) bo‘lsa, γ musbat, chapda (g‘arbda) bo‘lsa, γ manfiy bo‘ladi, shunga ko‘ra γ o‘z ishorasi bilan olinadi.
|
15 -rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |