Моррининг сешанба дарслари



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/51
Sana24.03.2022
Hajmi1 Mb.
#508219
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari (lotin)

Bitiruv oqshomi
 
Morri shanba kuni tongda olamdan oʻtdi. 
Barcha yaqin qarindoshlari uning yonida edi. Rob Tokiodan uchib 
keldi 
– otasini soʻnggi manzilga kuzatish uchun, Jon va, albatta, 
Sharlotta ham Morri bilan birga edi. Sharlottaning jiyani 
– “norasmiy 
dafn marosimi”da oʻqib bergan sheʼrida Morrini navqiron 
sekvoyyaga mengzab, uni toʻqinlantirib yuborgan Marsha ham oʻsha 
yerda edi. Ular tunlari navbatma-
navbat Morrining yonida oʻtirib 
chiqardi. Soʻnggi uchrashuvimizdan ikki kun oʻtib, Morri komaga 
tushib qoldi; shifokor uning istalgan payt joni uzilishi mumkinligini 
aytdi. Biroq u hech ketol
madi, tuni bilan oʻlim bilan kurashib chiqdi. 
Va nihoyat, toʻrtinchi noyabr kuni – yaqinlari birinchi marta uni yolgʻiz 
qoldirib, bir finjon qahva uchun oshxonaga chiqishganida, u nafas 
olishdan toʻxtadi. 
Morri bu dunyoni tark etdi. 
Oʻylashimcha, Morri atay shu tarzda jon berdi. U boshqalarni 
qoʻrqitib yuborishni xohlamadi. Kimdir uning joni uzishiliga guvoh 
boʻlib, bir umr shu lahza taʼqibi ostida yashashini istamadi. Xuddi 
uning oʻzini onasining vafoti haqida telegramma yoki otasining 
jasadini shahar morg
ida koʻrganidagi dahshat bir umr taʼqib 
qilganidek. 
Menimcha, u oʻz yotogʻida yotganini, kitoblari, qaydlari va kichik 
hibiskus butasi uning yonginasida ekanini his qilib turgan. U bu 
dunyoni xotirjam tark etishni xohlagandi 
– xuddi shunday boʻldi. 
Dafn ma
rosimi tongida shamol esib turar, havo nam edi. Oʻt-oʻlanlar 
hoʻl, osmon qaymoqrang tusda edi. Biz tepalikdagi yangi qazilgan 
qabr yonida turardik, hovuz suvining qirgʻoqqa urilayotgani eshitilib 


Mich Elbom. Morrining seshanba darslari 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
140
turar, oʻrdaklar qanotlarini qoqib suzib yurardi. 
Yuzlab kis
hilar marosimda ishtirok etishni xohlagan boʻlsa-da, 
Sharlotta marosim ixcham oʻtishini xohladi: faqat bir necha yaqin 
doʻstlari va qarindoshlari keldi. Ravvin Akselrod bir nechta sheʼr 
oʻqidi. Bolaligida poliomiyelit bilan ogʻrigani tufayli hali ham 
oqsoq
lanib yuradigan Morrining ukasi Devid, anʼanaga koʻra, 
belkurakda qabrga tuproq tashladi. 
Morrining kuli qabrga joylashtirilgach, yon-
atrofni koʻzdan kechirdim. 
Morri haq edi 
– ajoyib joy. Daraxtlar, oʻt-oʻlanlar va qiya tepalik. 
“Sen gapirasan, men esa eshitaman”, – degandi u oʻshanda. 
Morri aytganidek, u bilan xayolan suhbatlashib koʻrdim. Bu xayoliy 
suhbat rostdan ham tabiiydek tuyuldi. Beixtiyor bilagimga qarab, qoʻl 
soatimga koʻzim tushdi va buning sababini angladim: kun seshanba 
edi. 
“Tark etar onda ham kuyladi otam
Xonish kurtaklarga hadya etdi jon. 
(Bilardik bahor ham aylashin xirom 
Otamning qoʻshigʻin eshitgan hamon)...” 
Dafn marosimida Morrining oʻgʻli Rob tomonidan oʻqilgan sheʼr, 
muallifi 
– E. E. Kammings. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish