Monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'G'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida



Download 182,5 Kb.
bet2/3
Sana28.06.2017
Hajmi182,5 Kb.
#18624
1   2   3

Bunda maxsus komissiya qarori asosida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko'rsatma beriladi.

34. Monopoliyaga qarshi organning qarori asosida berilgan ko'rsatma unda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.

Birlashmaning, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsning ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib keladigan monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz sodir etilgan harakatlar monopoliyaga qarshi organning da'vosiga ko'ra sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.

35. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar monopoliyaga qarshi organning qaroridan (ko'rsatmasidan) norozi bo'lgan taqdirda, qarorni butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish to'g'risida sudga yoxud qarorni (ko'rsatmani) bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risida ariza bilan O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasiga murojaat qilishga haqli.

36. Maxsus komissiyaning birlashmani tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish to'g'risidagi qarori, shuningdek oldindan rozilik olmasdan ko'rsatib o'tilgan harakatlarni sodir etganlik uchun qo'zg'atilgan ishni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qabul qilingan qarori monopoliyaga qarshi organ tomonidan saytda joylashtirilishi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinishi mumkin.

VIII. Yakunlovchi qoida

37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomga
1-ILOVA

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish

SXEMASI

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomga


2-ILOVA

20___ yil «___» __________

‎_____-son


‎‎O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan
‎chiqarish va raqobatni
‎ rivojlantirish davlat qo'mitasi ‎
‎(Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy bo'linmasi)

















‎‎Oldindan rozilik berish to'g'risida

ARIZA









‎‎____________________________________________________________da joylashgan

‎‎(joylashgan joyi (pochta manzili)



‎‎_______________________________________________________________

‎‎(xo'jalik yurituvchi sub'ektining to'liq nomi)









‎‎O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq ___________________________________________________________ uchun oldindan

‎‎(sodir etish nazarda tutilgan xatti-harakat nomi)











‎‎rozilik berishni so'raydi.













Ilovalar:‎







1. __________‎







2. __________‎







…‎















‎‎Vakolatli shaxsning lavozimi, F.I.O. va imzosi

‎M.O'.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomga
3-ILOVA

‎‎O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri

























‎‎O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLASNTIRISN, MONOPOLIYADAN CNIQARISN VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISN DAVLAT QO’MITASI

























‎‎_____________________________________________ ga

‎‎(mo'ljallanayotgan xatti-harakatning nomi)

‎‎oldindan rozilik berish to'g'risida
‎Q A R O R

= = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = = =

























__________________‎‎

№____________

_________________ sh.

‎‎(ko'rib chiqilgan sana)‎









‎‎(ko'rib chiqilgan joy)‎

























‎‎O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining Maxsus komissiyasi ________________________

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(komissiyaning nomi)

‎‎________________________________________________________________ tarkibda,

‎‎(lavozimlar ko'rsatilgan holda komissiya raisi va a'zolarining F.I.O.)

‎‎______________________________________________________________________ga

‎‎(xatti-harakatning nomi va ko'rsatib o'tilgan xatti-harakatni amalga oshiruvchi
‎ yuridik shaxslarning nomi)

‎‎monopoliyaga qarshi organning roziligini berish masalasi bo'yicha ___________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqib,

‎‎(ariza tushgan sana)













‎‎«Raqobat to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga va Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 dekabrdagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq

‎‎ANIQLADI

‎‎_______________________________________________________________

‎‎_______________________________________________________________

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(hujjatlarni ko'rib chiqishda aniqlangan ishning holati bayon qilinadi)

‎‎Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olib va Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomga amal qilib, Komissiya

‎‎QAROR QILDI:‎

‎‎__________________________________________________________________*__ga

‎‎(xatti-harakatning nomi)

























‎‎oldindan rozilik berilsin. ‎





































‎‎Maxsus komissiyaning raisi ‎

____________ ‎‎

_________________ ‎‎











(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

‎‎Komissiya a'zolari:



____________

_________________ ‎‎











(imzo) ‎‎

(imzoning yoyilmasi) ‎‎

* Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birlashmalarini tashkil etishga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni qo'shib yuborishga, qo'shib olishga oldindan rozilik berish tartibi to'g'risidagi nizomning 21-bandiga muvofiq ushbu qarorda nazarda tutilgan xatti-harakat qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amalga oshirilishi kerak. Xatti-harakatlar ko'rsatilgan muddatda sodir etilmagan taqdirda qaror o'z kuchini yo'qotadi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 dekabrdagi 344-son qaroriga


2-ILOVA

Tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibi to'g'risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunigamuvofiq tabiiy monopoliyalar sub'ektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitimlar sodir etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

2. O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o'rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan nazorat qilish bitimlarni sodir etishga rozilik berish yo'li bilan amalga oshiriladi, buning natijasida tabiiy monopoliya sub'ekti:

ularga nisbatan davlat tomonidan tartibga solish qo'llanilmaydigan tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun mo'ljallanmagan asosiy vositalarga mulk huquqiga yoki asosiy vositalardan foydalanish huquqiga ega bo'ladi, basharti bunday asosiy vositalarning balans qiymati oxirgi hisobot sanasida tabiiy monopoliya sub'ekti o'z kapitali qiymatining o'n foizidan ortiq bo'lsa;

ularga nisbatan «Tabiiy monopoliyalar to'g'risida»gi Qonunga muvofiq tartibga solish qo'llaniladigan tovarlarni ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) uchun mo'ljallangan asosiy vositalarga mulk yoxud ularning bir qismiga egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqini boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektga beradi, basharti bunday asosiy vositalarning balans qiymati oxirgi hisobot sanasida tabiiy monopoliya sub'ekti o'z kapitali qiymatining o'n foizidan ortiq bo'lsa.

Arizani ko'rib chiqish va yuqorida ko'rsatib o'tilgan bitimlarni sodir etishga rozilik berish 1-ilovaga muvofiq sxema bo'yicha amalga oshiriladi.

3. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar sohasidagi faoliyat ular uchun asosiy faoliyat hisoblanmaydigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga tatbiq etilmaydi.

4. Ushbu Nizomning 2-bandida ko'rsatilgan bitimlarni (keyingi o'rinlarda bitimlar deb ataladi) sodir etish uchun tabiiy monopoliya sub'ekti monopoliyaga qarshi organga bunday bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risidagi iltimosnoma (ariza) bilan murojaat qiladi.

5. Bitimlarni sodir etishga rozilik ular sodir etilgunga qadar olinishi kerak.

6. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining bitimlarni sodir etishni nazarda tutuvchi qarorlari faqat monopoliyaga qarshi organning roziligi mavjud bo'lgan taqdirda qabul qilinadi.

II. Ruxsat berish talablari va shartlari

7. Quyidagilar bitimlarni sodir etishda ruxsat berish talablari va shartlari hisoblanadi:

raqobat va tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;

xatti-harakatlarni monopoliyaga qarshi organning qarorida ko'rsatilgan doirada sodir etish;

quyidagilar:

tovarlarga narxlar (tariflar)ning asossiz ravishda oshirib yuborilishi, shu jumladan bir viloyat hududi doirasida narxlar (tariflar)ning keskin differentsiyasi yuzaga kelishi;

ajralmas bog'liq bo'lgan texnologik tizimning buzilishi;

tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) va xizmatlar ko'rsatishning to'xtatilishi va/yoki uzilishi;

tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) va ko'rsatiladigan xizmatlar hajmlarning pasayishi;

iste'molchilar ayrim guruhlarining narx bilan bog'liq holda kamsitilishi;

tegishli tovar bozorining tabiiy monopoliya holatidan raqobatli bozor holatiga iqtisodiy jihatdan asoslangan o'tishining to'xtatilishi kabi bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarning yo'qligi.

III. Bitimlarni sodir etishga rozilik olish uchun zarur hujjatlar

8. Bitimlarni sodir etishga rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga quyidagilar taqdim etiladi:

ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo'yicha tabiiy monopoliya sub'ektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek tabiiy monopoliya sub'ekti sodir etishni mo'ljallayotgan bitimning nomi ko'rsatilgan holdagi ariza;

faoliyatning asosiy turi to'g'risidagi ma'lumotlar;

bitimning (shartnomaning) dastlabki matni ilova qilingan holda sodir etiladigan bitim to'g'risidagi ma'lumotlar;

mahalliy davlat hokimiyati organining qarori loyihasi, bitim ushbu organning tashabbusi bilan sodir etilgan taqdirda;

bitimda qatnashuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning aktsiyadorlari, muassislari (qatnashchilari)ning ro'yxati, ularning ustav fondidagi kamida 5 foizni tashkil etadigan ulushlari ko'rsatilgan holda;

oldingi ikki kalendarь yil uchun natura va qiymat ifodasida bitimda qatnashuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (ko'rsatilgan xizmatlar) to'g'risidagi ma'lumotlar;

oldingi ikki kalendarь yil uchun bitim qatnashchilarining moliyaviy hisoboti (1 va 2-shakllar);

bitimni sodir etishga rozilik berish to'g'risida iltimosnoma (ariza) taqdim etilgan sanada bitimda qatnashuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning asosiy vositalari ro'yxati va qiymati;

bitim sodir etilishi paytida berilayotgan yoki sotib olinayotgan asosiy vositalar ro'yxati va qiymati;

berilayotgan yoki sotib olinayotgan asosiy vositalarning joylashtirilgan joyi to'g'risidagi ma'lumotlar;

tabiiy monopoliya sharoitlarida bitimda qatnashuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tovarlari (xizmatlari)ning asosiy iste'molchilari ro'yxati;

bitim sodir etilishini iqtisodiy asoslash (shu jumladan iste'molchilarga xizmat ko'rsatishda tarif siyosati, korxonaning moliya-xo'jalik faoliyati o'zgarishidan ko'rilgan ijobiy samara va shu kabilar).

Tabiiy monopoliya sub'ektlaridan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.

9. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar monopoliyaga qarshi organga bevosita, olinganligi to'g'risida bildirishnoma olingan holda pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tabiiy monopoliya sub'ekti rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Bitimlarni sodir etishga monopoliyaga qarshi organning roziligini olish uchun unga taqdim etilgan hujjatlar ro'yxat bo'yicha qabul qilinadi va ro'yxat hujjatlar qabul qilingan sana to'g'risida belgi qo'yilgan holda darhol tabiiy monopoliya sub'ektiga beriladi (yuboriladi).

10. Zaruriyat bo'lganda, monopoliyaga qarshi organ tabiiy monopoliya sharoitlarida tarmoqning o'ziga xosligini hisobga olgan holda, ushbu ma'lumotlarga egalik qiluvchi shaxslardan qo'shimcha ma'lumotlar va materiallarni so'rab olishga haqlidir.

11. Ma'lumotlar tarkibidagi tijorat siri ma'lumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo'lishi mumkin emas, bunda asosiy vositalarni sotib olish yoki berish bo'yicha bitim qatnashchilari ma'lumotlarni monopoliyaga qarshi organga taqdim etishda tijorat siri hisoblangan ma'lumotlarning batafsil ro'yxatini ko'rsatishlari kerak.

IV. Arizani ko'rib chiqish va bitimni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilish

12. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risidagi ariza:

birlashmalarning (yuqori turuvchi tashkilotlarning) tashabbusi bo'yicha tabiiy monopoliyalarning ikkitadan ortiq sub'ekti tomonidan bir vaqtda sodir etiladigan bitimlar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi (keyingi o'rinlarda Qo'mita deb ataladi) tomonidan;

tabiiy monopoliya sub'ektlari joylashgan joy bo'yicha boshqa ikki tomonlama bitimlar bo'yicha — Qo'mitaning hududiy organlari tomonidan ko'rib chiqiladi.

13. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan arizani ko'rib chiqish, bitimlarni sodir etishga rozilik berish yoki rozilik berishni rad etish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan boshlab o'ttiz ish kunidan ortiq bo'lmasligi kerak.

Ariza (iltimosnoma) ko'rib chiqilganligi va rozilik berilganligi uchun yig'im undirilmaydi.

14. Bitimlarni sodir etishga rozilik berish to'g'risidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug'i bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi.


Download 182,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish