Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”



Download 315,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana12.08.2021
Hajmi315,16 Kb.
#146411
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fayzali Mustaqil ish Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot

faoliyatini rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 

 

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 84-



modda; 2003 y., 6-7-son, 93-modda) 

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab 

chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun 

qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning respublikaning iqtisodiy salohiyatini 

mustahkamlashga hamda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishga qo‘shadigan 

hissasini oshirish maqsadida: 

1. Belgilansinki, eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot 

ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni 

va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirish O‘zbekiston 

Respublikasining tashqi iqtisodiy va investitsiya siyosatidagi muhim ustuvorlik 

hisoblanadi. 

2. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida xorijiy investorlarning mulkka va 

olingan daromadni olib ketishga bo‘lgan huquqi himoya qilinishini ta’minlovchi, 

ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlarning keng 

tizimi belgilanganligi ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin. 

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish 

va ularning faoliyat ko‘rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar 

chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar va 

hujjatlarni so‘rash taqiqlansin. 

Tegishli idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyatiga eng avvalo 

xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga va qo‘shma ishlab chiqarishlar soni 

ko‘payishiga ko‘maklashishlariga va rag‘batlantirishlariga qarab baho berilishi 

haqida ogohlantirib qo‘yilsin. 

3. «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, 

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda xorijiy 

investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni eksportga mo‘ljallangan va importning 

o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalariga 

mansub deb hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash 

uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar. 



4. Eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab 

chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 

iyundan boshlab quyidagi qo‘shimcha imtiyozlar joriy qilinsin: 

 

 



• 

ularga ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun soliq krediti olish huquqi 

berilsin, ya’ni byudjetga to‘lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo‘shilgan 

qiymat solig‘i va er solig‘i yuzasidan to‘lovlar ikki yilgacha muddatga 

kechiktirilsin; 

• 

ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSh dollarini 



tashkil etgan korxonalar mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin. 

 

 



 

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 16 iyuldagi PF-

3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis 

Axborotnomasi, 2003 y., 6-7-son, 93-modda) 

6. O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki 

qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 

manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar 

ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, 

respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 

tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va 

ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar 

vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta 

kompaniyasi ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor investitsiya takliflari ro‘yxatini chet el 

elchixonalari va vakolatxonalariga, manfaatdor xorijiy banklarga, firmalar va 

kompaniyalarga etkazsinlar. 

7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar 

vazirligi, «O‘zistiqbolstat» davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda Fan va 

texnika davlat qo‘mitasi Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birga xorijiy 

investitsiyalarni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini 1996 yil oxirigacha 

ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar, bunda quyidagilarni nazarda tutsinlar: 

 

 




• 

respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishi va 

borishi, iqtisodiyotga investitsiya qo‘yishning shartlari va ustuvor 

yo‘nalishlari, imtiyozlar va kafolatlarning, investorlar huquqlari va 

manfaatlarini himoya qilishning amaldagi tizimi bilan xorijiy investorlarning 

keng doirasini tanishtirish; 

• 

xorijiy investorlarni zarur qonunchilik va normativ hujjatlar, yo‘riqnoma va 



axborot-ma’lumot materiallari bilan ta’minlash; 

• 

axborot tarmog‘ini hamda ustuvor investitsiya takliflarini va 



mamlakatimizdagi va chet eldagi potensial sheriklar to‘g‘risida yagona 

ma’lumotlar bazasini yaratish. 

8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy milliy banki 

hisob-kitoblar tartibini soddalashtirish va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 

korxonalarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari tizimini takomillashtirish 

yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar. 

9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 

soddalashtirilgan viza rejimini, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 

takliflariga binoan va ish yuzasidan sherikchilik aloqalari o‘rnatish uchun keluvchi 

chet el fuqarolari va mutaxassislarining kelishlari va ketishlari, yashashlari hamda 

respublika hududi bo‘ylab yurishlari tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar 

va tasdiqlasinlar. 

10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq 

qo‘mitasi, Markaziy bank amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib 

chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflarni bir oy 

muddatda tayyorlasinlar. 

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 

 

I. KARIMOV 

 


Download 315,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish