Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari



Download 315,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana12.08.2021
Hajmi315,16 Kb.
#146411
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fayzali Mustaqil ish Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot

Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari. 

«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib 

«qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. 

Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida 

kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi 

iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy 

ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda 

barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati 

ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi 

zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy 

samaraga erishishdir. 

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi: 

1.  Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida 

kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish; 

 

2.  Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati 



ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 

 

Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul 



qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda 

uchta turini ajratish mumkin: 

 

1.  Moliyaviy investitsiyalar; 



2.  Moddiy investitsiyalar; 


     3.  Aqliy (intellektual) investitsiyalar. 

 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. 



Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul 

birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, 

veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, 

inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 

fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 

Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy 

shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar 

va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat. 

Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning xillari bozor 

munosabatlarining nechog`lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o`ziga xos 

tomonlariga qarab har xil bo`ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi 

investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovar 

belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 

Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga 

qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida 

xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u 

yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob 

uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga 

ketgan harajatlardir. Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat 

ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho 

qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin. 

Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib 

olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan harajatlardir.Investitsiyaga 

ketgan harajatning miqdori ikki omilga bog`liq: birinchisi – sof foydaning 

kutilayotgan me`yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan harajatlaridan 

olishni mo`ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi yoki tadbirkor real kapitalni sotib 

olishga zarur bo`lgan pulga ega bo`lishi uchun to`lashi lozim bo`lgan baho. 

Agarda, kutilayotgan foyda me`yori foiz stavkasidan yuqori bo`lsa, investitsiyalash 

foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me`yoridan yuqori bo`lsa, 

investitsiyalash foydali bo`lmay qoladi. 

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday 

shakldagi mulkni to`la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo 

shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. 

Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy 



sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bo`la 

olmaydi. 

Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad 

olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, 

tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, 

intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli 

holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki 

investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi buladi. 

Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va 

kredit), xamda bevosita va portfel’ investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar 

nimaga yunaltirilganligi ular kaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi. 

Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy 

investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda 

katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib 

olishi, er va boshka tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bulishi, erkin 

iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari mumkin. 

Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi: 

1) iqtisodiy omillar: 

-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy usish sur`atlarining bir maromda 

ushlab turilishi; 

-jahon va aloxida mamlakatlar iqtisodiyotida chukur tarkibiy siljishlarning amalga 

oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuklari va jahon xizmatlar bozori 

tarakkiyoti ta`siri ostida olib borilishi); 

-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining 

chukurlashuvi; 

-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi (AKSH Transmilliy 

korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi 

AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortikdir); 

-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining 

chukurlashib borishi; 

-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshk. 

2) siyosiy omillar: 

-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), 

offshor hududlari va boshq.); 




-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish; 

-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy 

sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash); 

-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar. 

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning 


Download 315,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish