Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Ko‘chmas mulkni moliyalashda risklar



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

4.8. Ko‘chmas mulkni moliyalashda risklar 
 
Risk rejalashtirilgan natijalardan hayotiy umumlashtiruvchi ma’lu-
motlarni uzoqlashishini anglatadi. Risklar investitsion loyihaning xusu-
siyati, daromadliligi, joriy bozorda barqarorligini bildiradi. 
Ko‘chmas mulkni moliyalash bilan bog‘liq asosiy risklarni ko‘rib 
chiqamiz: 
-  kredit riski – agar qarz oluvchi to‘lovni o‘tkazmasa – yo‘qotishlar; 
-  foiz stavkalari riski – foiz stavkalari o‘sish sharoitida kredit 
bo‘yicha stavkalarni jalb etilgan vositalar bo‘yicha stavkalarga qaragan-
da kamroq to‘g‘irlanishi; 
-  zudlik bilan qoplash riski – aniq foiz stavkasi bilan kreditni zud-
lik bilan qoplashdagi yo‘qotishlar; 
-  birlamchi majburiyatlar riski – muayyan foiz stavkasi moliya-
lashdan avval aniqlanadigan kreditlarni moliyalash riski; 
-  likvidlik riski – o‘z majburiyatlari bo‘yicha kreditorga mablag‘-
larni berilgan kredit bo‘yicha qarzlarni qoplashga yetmay qolish riski
-  fondlar mobilizasiyasi shartlaridagi o‘zgarishlar riski – muayyan 
qo‘shilmali (nisbiy bazaviy stavkaga)fondlar qiymati kamayish holatidagi 
yo‘qotishlar. 
Kredit riski, agar qarz oluvchi kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga 
oshirishga qodir bo‘lmasa yoki qarzga qo‘yilgan mulkning qiymati qarz 
oluvchining kreditor oldidagi majburiyatlarini qoplashga yetmaydigan 
holatlardagi yo‘qotishlar bilan bog‘liq. Qarz oluvchining to‘lovga 
qodirligi – qarz oluvchining daromadi va kredit bo‘yicha foiz stavkalari 
kattaligi munosabati bilan aniqlanadi. Kreditor uchun to‘lov sodir 
bo‘lmagandagi yo‘qotishlar turlicha bo‘ladi. Agar uning egaligiga o‘tka-
zilgan ko‘chmas mulkni sotishdan tushgan summa kreditni to‘langan 
qismidan kamroq bo‘lsa, kreditor yo‘qotishga uchraydi. Ekspluatasiya 
bo‘yicha xarajatlar bilan birga, mulkni ta’miri va sotilishida – to‘lanma-
gan kreditlar va musodara qilingan mulkni boshqarish bo‘yicha ma’mu-
riy xarajatlar ham yuzaga keladi. 
Kredit riskini boshqarish, garov obyektini, qarz oluvchining to‘lov-
ga qodirligini chuqur tahlil qilish va yetarli kredit kattaligi bo‘yicha 
tavsiyalar ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Kreditni qaytarish 
ehtimoli aniqlanishida, asosiy e’tibor qarz oluvchining daromad kattali-
gini o‘rnatilishi va garovga berilayotgan mulk qiymatini baholashga 
qaratiladi. Ko‘chmas mulk obyektlarini rivojlantirishni (qurilish, rekon-
struksiya, modernizasiya) kreditlashda, agar qarz oluvchi kredit talab 


 
123
etayotgan o‘xshash loyihalarni avvaldan amalga oshirib kelgan bo‘lsa, 
kredit riski sezilarli ravishda pasayadi.  
Foiz stavkalari riski foiz stavkalarining oldindan ko‘rinmagan, 
salbiy o‘zgarishlari oqibatida kredit muassasalarining daromadini tushib 
ketishidir. Bular potensial yo‘qotishlar bo‘lib, kredit va qarz vositalari 
bo‘yicha foiz stavkalarini muddatli qayta ko‘rib chiqishning barqaror 
emasligida moliyalash oqibatida kelib chiqadi. 
Bunday risklarni boshqarish yo‘llari: bir xil to‘lash muddatida 
qimmatli qog‘ozlar yordamida moliyalash.  
Zudlik bilan qoplash riski – reinvestitsiyalashdagi potensial yo‘qo-
tishlar bo‘lb, ipotekaviy kreditning o‘rnatilgan foiz stavkasini avvaldan 
to‘lash oqibatida vujudga kelgan bo‘ladi. Risklar boshqa holatlarda
kreditlarni moliyalashda, moliyalash boshlanishidan avval foiz stavkalari 
yo‘qotishlari munosabati bilan yuzaga keladi. Bunday risklar – birlam-
chi majburiyatlar risklari deb yuritiladi.  
Kreditlashda kreditor va qarz oluvchi uchun muqobil shartlar 
ko‘rib chiqiladi. Qarz oluvchi kreditni to‘lash huquqini kredit shartno-
masini tugashigacha oladi, kreditor esa, o‘z o‘rnida, vaqti-vaqti bilan 
o‘zgarayotgan foiz stavkali kredit bo‘yicha foiz stavkalarni o‘zgartirishi 
mumkin. Kreditorlar qarz oluvchilarga kredit bo‘yicha foiz stavkalarni 
aniqlash imkoniyatini, kreditni moliyalashtirish jarayoni boshlanmasidan 
berishadi. 
Likvidlilik riski kreditorni joriy majburiyatlarini bajarish uchun, 
qarz bo‘yicha to‘lovlar kelib tushmasligi bilan bog‘liq. U naqd pul vo-
sitalarini aktivlarni bozor narxlari yoki unga yaqin narxlarda sotishning 
qiyinligi tufayli paydo bo‘ladi. Likvidlik riskini boshqarish turli moliya-
viy operasiyalarni o‘tkazilishini talab etadi. Xususan, naqd pul oqimini 
bankni naqt pul vositalariga ehtiyojlarini aniqlash uchun hisobga olinadi 
va naqd pul vositalarini manba va xarajatlarni aniqlash bilan birga ularni 
mobilizasiya qilish strategiyalari ishlab chiqilmoqda. Likvidlik riskini 
pasayishi ipoteka kreditlarining ikkilamchi bozori rivojlanishi, ushbu 
sohaga uzoq muddatli manbalarni jalb etish uchun sharoitlarni yaratish, 
chiqarilgan ipotekaviy kreditlarni qayta moliyalashtirishni ta’minlash bi-
lan bevosita bog‘liq. 
Fondlar mobilizasiyasi shartlarini o‘zgarish riski o‘zgarishli foiz 
stavkalarida uzoq muddatli kreditlashda paydo bo‘ladi. Bu holatda kredit 
bo‘yicha foiz qo‘shilmasi o‘rnatilgan, qarz vositasi bo‘yicha foiz qo‘-
shilmasi – o‘zgaruvchan. 


 
124
Fondlar mobilizasiyasi shartlarini o‘zgarish riskini kreditlarni 
suzuvchi foiz stavkali uzoq muddatli qarz majburiyatlari vositasida 
boshqarish mumkin.  
Yuqorida keltirilganlar bilan birgalikda, turar-joy qurilishini 
kreditlashda yuzaga keladigan maxsus risklar ham mavjud. Masalan, 
tayyor kvartiralar rejalashtirilgandan ko‘ra sekinroq sotilish riski ham 
bor. Ushbu riskni pasaytirish usullari: muayyan birlik sonini birlamchi 
sotilishini va katta loyihalar bilan ishlashda bir necha mustaqil bosqich-
larga kreditlash jarayonini bo‘lib chiqishni talab etish. 
Undan tashqari yong‘in yoki o‘rnatilgan va saqlanadigan ashyolarni 
o‘g‘irlanishi yoki boshqa ashyoviy zararlar riski ham mavjud. Bu riskni 
pasaytirish sug‘urtalash, qo‘riqlash va boshqa xavfsizlikni ta’minlash-
ning qonunga zid bo‘lmagan usullari bilan amalga oshiriladi.  
Qarz oluvchi taqdim etgan hujjatlar qalbakilashtirilishi va kredit 
vositalarini o‘rnatilgan maqsadlar uchun ajratilishi natijasida kreditni 
taqdim etilishida ham risk mavjud. Uni pasaytirish mumkin, birinchidan, 
qarz oluvchi olingan vositalarni investitsiyalasa, ikkinchidan, qarz oluv-
chining qo‘shimcha qo‘yilmalari, taqdim etilgan kreditdan qolgan sum-
ma, qurilish uchun yetmay qolgan paytda amalga oshirilsa. 
Investitsiyalarni moliyalashda, katta hajmdagi kapital qo‘yilmani 
talab etadigan, ko‘chmas mulkka to‘g‘ri keluvchi investitsiyalar riskini 
inobatga olish zarur, shuning bilan birga ular uzoq muddatli bo‘ladi va 
iqtisodiyotning boshqa sohalariga investitsiyalar risk omillarining katta 
ta’siriga duchor bo‘ladi.  
Investitsion loyiha daromadliligi joriy risksiz stavkalar, umumiy 
bozor riski va investitsion aktiv sifatida o‘rnatilgan ko‘chmas mulk 
xususiyatlari riski asosida tahlil etilishi lozim. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish