Ko‘chmas mulkka investitsiyalashni rejalashtirish. Ko‘chmas mulk
obyektiga investitsiyalash oldidan, moliyalash uchun hech bo‘lmasa
quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan, qisqa biznes-rejani tuzib chiqish
tavsiya etiladi:
• obyektning turli tashkil etuvchilarining kutilayotgan qiymati;
120
• mavjud moliyalashning tabiati va hajmi;
• daromad baholanishi;
• qancha xarajat qilinishi, daromad olish kutilmoqdami va qachon-
ligini ko‘rsatuvchi vaqtinchalik ketma-ketlik.
Birlamchi biznes-rejani yozib chiqish juda muhim, chunki u muayyan
ko‘chmas mulkka egalik qilishning yanada muhim elementlari to‘g‘risida
o‘ylashga majbur etadi. Undan tashqari, bu sizga ko‘chmas mulk va uni
sotish vaqtiga nisbatan kelajakdagi rejalar to‘g‘risida o‘ylashga yordam
beradi. Kiritilgan vositalarni xavfsiz yoki spekulyativ qaytarishni yoki
sotib olingan ko‘chmas mulk qandaydir holda qiymatni ko‘tarish bilan
o‘zgartirilib, keyingina sotilgan holatini ko‘rib chiqamiz. Biron muay-
yan mulkni sotib olish olmaslikni bilish uchun, «Ushbu investitsiya
qo‘yilgan yakuniy maqsadga erishishni imkonini beradimi?» degan
savolga javob topish lozim. «Men kapital daromadni olishni istayman-
mi? U qisqa muddatli kiritma bo‘ladimi yoki uzoq muddatlimi? Men bu
ko‘chmas mulkni sotib olib, o‘zimga mulk sifatida saqlab qolmoqchi-
manmi? Soliq qonunchiligi nuqtai nazaridan jozibador bo‘lmish ushbu
bitim menga kerakmi (pul daromadi hisobida bo‘lsa ham)?» degan
savollarning javobi xarid davridagi maqsadlaringizga bog‘liq. Turli
maqsadlarga intilgan holda, investor turli xildagi ko‘chmas mulklarni
sotib oladi, deb o‘ylash mantiqlidir.
Masalan, siz shahar tashqarisidagi yer uchastkasini sotib olishin-
giz, uni qurish yoki uch yildan so‘ng uni sotishni va o‘z kiritmalaringizni
ikki xissaga ko‘paytirishni rejalashtirishingiz mumkin. Shaharning boshqa
qismidan, ko‘chmas mulkni sotib olib, uni mijozga ijaraga berishingiz
va uning ortidan yiliga 8% barqaror daromad olishingiz mumkin. Yana
bir tumanda qandaydir bir binoni, uni keyinchalik sotish, ijaraga berish
yoki uzoq muddatli egalik qilish maqsadida noldan qurasiz.
O‘z investitsiyangiz xususiyatini avvaldan aniq bilish darkor.
Agar, masalan, siz barqaror tumanda turar-joy ko‘chmas mulkiga inves-
titsiyalasangiz, unda keyinchalik ijaraga berish uchun sotib olish varian-
tini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday investitsiya uzoq
muddatli bo‘ladi, chunki, ko‘chmas mulk qiymati va ijara to‘lovi
barqaror ravishda oshib boradi va doimiy daromad keltiradi. Agarda,
boshqa tomondan, siz tushunarsiz istiqbolli ko‘chmas mulkni sotib
olsangiz, masalan uzoq muddatli ijara shartnomalariga ega bo‘lmagan
yoki kichik do‘kon – «magnit» (savdo markazidagi xaridorlarning asosiy
qismini o‘ziga tortadigan, eng katta ijarachi)ga bo‘lingan savdo markazi,
121
bunday xaridni qisqa muddatli investitsiya deb ko‘rish mumkin, undan
ijaraga berish paytida muammo yuz berganda voz kechishga to‘g‘ri
kelardi. Agar siz chakana savdo do‘konlariga, savdo yoki sanoat ko‘ch-
mas mulklariga investitsiyalashga qaror qilsangiz va ularni ijarasi katta,
moliyaviy jihatdan barqaror mijoz tomonidan bitilgan bo‘lsa, u holda
bunday investitsiyani uzoq muddatli deb atash mumkin.
Quyida bir qator savollar keltirilgan bo‘lib, ular sizga ko‘chmas
mulk bilan ishlash uchun biznes-reja tuzishga yordam beradi.
• Qanday qilib o‘z xaridingiz qiymatini oshirmoqchisiz?
• Yangilash (rekonstruksiya)ning narxi qancha bo‘ladi?
• Siz daromad olish bilan birga, ko‘chmas mulkni qayta sotib
yubormoqchimisiz yoki unga egalik qilmoqchimisiz?
• Qanday qilib ko‘chmas mulkdan foydalanmoqchisiz?
• Qanday qilib ko‘chmas mulkni moliyalaysiz? Siz investorlarni
jalb etmoqchimisiz yoki bankka murojaat etmoqchimisiz?
• Agar sizga investorlar kerak bo‘lsa, ularni nima bilan jalb qil-
moqchisiz? Ular qancha foiz olishadi?
• Qachon ko‘chmas mulkni sotishni rejalashtiryapsiz?
Har qanday ko‘chmas mulk investori bilishi kerakki, ko‘chmas
mulk bozori boshi va oxirini aytib berish mushkul bo‘lgan paytlardan
o‘tadi. Agar ipoteka kreditidan foiz stavkasi o‘sib borsa, xonadon va
kvartiralar sotilish hajmi tushib boradi. Undan tashqari, ko‘chmas mulk
bozoriga ishsizlik va turli xildagi inqirozlar salbiy ta’sir etadi.
O‘z harakatlaringiz vaqtini chamalab, ushbu omillarni ko‘zda tuti-
shingiz kerak bo‘ladi:
• Siz ko‘chmas mulkka qisqa muddatli (besh yilgacha) egalik
qilmoqchimisiz yoki uzoq muddatlimi?
• Ko‘chmas mulkka egalik huquqini o‘z merosxo‘rlaringizga
berishni o‘ylayapsizmi?
• Siz o‘z mulkingizni sotib yubormasdan va ijaradan siz kutgandan
ko‘ra kamroq daromad olmasdan, ko‘chmas mulk bozorining qisqa
muddatli pasayishi paytiga sabr qila olasizmi?
To‘laqonli tuzilgan biznes-reja sizga nafaqat o‘z fikrlaringizni kre-
ditorlaringizga yaxshi tushuntirishga, balki kutiladigan kirim va chiqim-
larni yanada hayotiy tushinib olishga ko‘mak beradi.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |