Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
toza va sof bo‘lsa, siz shu poklikni saqlash uchun unga yana qo‘shimcha quvvat jalb
qilib, sofligi ziyodaligiga erishish uchun harakat qilmog‘ingiz lozim. Agar
sof va komil
bo‘lmasa, u holda nafsingiz uchun o‘sha komillik va soflikni jalb etishga harakat
qilmog‘ingiz lozim.
Badanning mo‘‘tadilligini buzuvchi kasallik keltirib chiqaruvchi illatlar faqat uning ziddini
qilish bilangina davolanadi. Ya’ni, agar issiqlikdan (ya’ni, isitma) bo‘lsa, u sovuqlik bilan,
agar sovuqlikdan bo‘lsa, issiqlik bilan davolanadi. Shuningdek, qalb kasalligi hisoblangan
nuqson ham ziddi bilan davolanadi. Johillik kasalligi ta’lim olish bilan,
baxillik dardi
saxiylik bilan, kibr dardi kamtarlik bilan, ochko‘zlik dardi ishtaha qilinadigan narsalardan
majburan bo‘lsa ham, o‘zni tiyish orqali davolanadi. Kasal badanni davolash uchun
dorining achchiqligiga chidash va (badan uchun) shubhali narsalarda o‘zni qattiq tiyish
lozim. Xuddi shuningdek, qalb kasalligini davolash uchun (yaxshilikka) harakat qilish va
sabr achchiqligini ko‘tarish lozim. Balki (bunday sabr) eng to‘g‘risidir.
Chunki badanning
kasalligidan o‘lish bilan qutulinadi.
Ammo qalb kasalligi, bundan Alloh asrasin, shunday kasallikki, o‘lgandan keyin ham
abadul-abad davom etadi. Har bir sovuqlik issiq sababli paydo bo‘lgan kasallikni
davolayvermaydi. Balki faqat maxsus darajadagi sovuqlikkina davolashi mumkin. Chunki
bu kasallik qattiq va yengil bo‘lishi, davomli va davomli bo‘lmasligi hamda oz-ko‘pligi
bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun foydali miqdor bilinadigan bir (sovuqlikda)
me’yor kerak, chunki shu me’yorga e’tibor
qilinmasa, kasallik zarari kuchayadi.
Shuningdek, xulqlarni tuzatishga sabab bo‘ladigan kamchiliklar uchun ham bir me’yor
kerak. Dorining me’yori ham kasallik me’yoriga qarab olingan. Hatto tabib kasallik
issiqlik yoki sovuqlikdan ekanini bilmagunicha uni davolamaydi. Agar issiqlikdan bo‘lsa,
uning qay darajadaligi, ya’ni kuchli yoki zaifligini bilsa, keyin badanning ahvoliga,
kasalning hayot tarzi va kasbiga, uning yoshiga va boshqa holatlariga qarab davolaydi.
Shuningdek, muridlarning nafslariga tabiblik qiladigan, to‘g‘ri yo‘l istaganlarning
qalblarini davolaydigan shayx ham hali ularning xulqlarini
va kasalliklarini bilmasdan
turib, ularni riyozat qildirish, maxsus fandagi va maxsus yo‘ldagi majburiyatlar bilan
qiynab qo‘ymasligi lozim. Tabib agar kasallarning hammasini bir xil dori bilan davolasa,
ularning ko‘pini o‘ldirib qo‘yadi. Shuningdek, shayx ham agar muridlarga bir xil riyozatni
ko‘rsatsa, ularni halok qiladi va qalblarini o‘ldiradi. Aksincha,
shayx muridining kasaliga,
uning holiga, yoshiga, tabiatiga va niyati bilan ko‘tara oladigan riyozatga va shunga
ko‘ra riyozatini qo‘rishiga qarashi lozim.
Agar murid shariat hududlarini bilmaydigan yangi bo‘lsa, unga avval tahorat, namoz va
zohiriy ibodatlar o‘rgatiladi. Agar harom mol bilan mashg‘ul yoki bir ma’siyat bilan
shug‘ullanuvchi bo‘lsa, unga avval ana shularni tark qilishga buyruq beriladi. Agar murid
zohirini ibodatlar bilan ziynatlasa, zohiriy gunohlardan a’zolarini poklasa,
uning xulqlarini
va qalb kasalliklarini bilish uchun yuzaga kelgan vaziyat bilan botiniga qaraladi. Agar
unda hojatiga zarur miqdordan ortiqcha mol ko‘rilsa, undan olib yaxshiliklarga sarflab,
hatto unga iltifot ham qilmaydigan darajada qalbini undan bo‘shatib qo‘yiladi.
Agar shayx unga balandparvozlik, kibr va nafs azizligi kuchli bo‘lganini ko‘rsa, uning
bozorlarda gadoylik va tilanchilik uchun chiqishiga buyruq beradi. Chunki nafs azizligini
va kattalikni faqat xorlik sindiradi. Tilanchilik xorligidan ko‘ra katta xorlik yo‘q. Nafs