www.ziyouz.com
kutubxonasi
100
yurmaysan, yo oxiratning talabida ibodatgo‘ylar bilan harakat qilmaysan, go‘yo seni
jannat bilan do‘zaxning o‘rtasida ushlanib qolgan holingda ko‘ryapman, ey nafsim,
uyalmaysanmi?!» Hasan Basriy aytadilar: «Qattiq yuganlashga hurkovuch otdan ko‘ra
ham nafs muhtojroqdir».
Yahyo ibn Maoz ar-Roziy aytadilar: «Nafsingga riyozat qilichlari bilan jihod qilgin.
Riyozat esa to‘rt xil bo‘ladi: ovqatlanish juda oz miqdorda bo‘lmog‘i, uyquning ham juda
yengil bo‘lmog‘i, so‘zlashishning hojatdan ziyoda bo‘lmasligi, xalqning hammasidan
aziyatni ko‘tarish. Taomni ozaytirishdan shahvatlarning o‘lishi hosil bo‘ladi. Uyquning
ozligidan sof irodalar paydo bo‘ladi. So‘zning ozligidan ofatlardan salomatlik hosil bo‘ladi.
Aziyatlarni ko‘tarishdan maqsadlarga yetiladi. Bandaga jafo ko‘rgan vaqtda halimlik
qilishdan va aziyatga sabr etishdan ko‘ra qattiqroq narsa yo‘q. Agar nafsda shahvat va
gunohlarga xohish harakatlanib, shu sababli ko‘p gapirish ilinji qo‘zg‘olib qolsa, taomni
ozaytirish qilichlarini tajahhudga turish va uyquni kamaytirish qinidan sug‘urasan hamda
e’tiborsizlik va kamgaplik qo‘llari bilan uni urasan. Shunda zulm va o‘ch olishdan to‘xtab,
boshqalarning orasida ham uning kulfatidan tinch bo‘lasan. Nafsingni shahvat
zulmatidan poklab, halok qiluvchi ofatlaridan qutulasan. Shu paytda pokiza va ruhiy
yengil bo‘lib, yaxshiliklar maydonida javlon urib yurasan. Maydonda qochib yurgan ot
kabi toat yo‘llarida sayr qilasan. Yana o‘zini pokiza tutib bo‘stonda yurgan podshoga
o‘xshab sayr qilasan». Yana aytdilar: «Insonning dushmani ham uchtadir: uning
dunyosi, shaytoni va nafsi. Dunyodan unda zohidlik qilish bilan saqlan. Shaytondan unga
xilof qilish bilan saqlan. Nafsdan shahvatlarni tark qilish bilan saqlan».
Ba’zi hukamolar aytadilar: «Qaysi bir insonga nafsi ega bo‘lib olsa, nafsining xohishlarini
yaxshi ko‘rishda asirga va havosining zindonida mahbusga aylanadi hamda mag‘lub
holda uning tizgini nafsining qo‘lida bo‘ladi, uni xohlagan tomonga tortadi. Uning qalbini
foydali narsalardan to‘xtatib qo‘yadi».
Ja’far ibn Hamid aytadilar: «Ulamolar va hukamolar (oxirat) ne’mati faqat (dunyo)
ne’matini tark qilish bilangina topilishiga ittifoq qilishgan». Abu Yahyo al-Varroq
aytadilar: «Kim a’zolarini shahvatlar bilan rozi qilsa, qalbiga nadomat daraxtini ekibdi».
Vuhayb ibn Vird aytadilar: «(Ovqatlanishda) nonga yana boshqa narsani ziyoda qilish
(ya’ni, qo‘shib yeyish) shahvatdandir». Yana aytadilar: «Kim dunyo shahvatlarini yaxshi
ko‘rsa, u xorlikka tayyorlanaversin».
Rivoyat qilinishicha, Yusuf alayhissalom yer xazinalariga ega bo‘lganlaridan keyin
Azizning xotini (ya’ni, Zulayho) a’yonlari bilan birga keladigan kunlari u kishini tepalikda
kutib o‘tirdi. U kishi mamlakatning buyuklaridan o‘n ikki ming kishi ichida otga minib
kelardilar. Ayol Yusuf alayhissalomga qarab: «Podshohlarni osiyliklari tufayli qul qilib
qo‘ygan va qullarni O’ziga itoat qilganlari uchun podshoh qilib qo‘ygan Zotni
poklayman», dedi. Albatta hirs va shahvat podshohlarni qulga aylantiradi. Bu esa
buzg‘unchilarning jazosidir. Sabr va taqvo qullarni podshohga aylantiradi. Yusuf
alayhissalom gaplarini Alloh taolo xabar beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |