Sen qo’ng’iroq qilmaysan
Men ham
Sen yozmaysan menda ham subut
Senga sog’inch qiladi alam
Men sabrla saqlayman sukut
Sen kibrli men o’ta mag’rur
Sen osmonsan men undan baland
Sen kibrga men gururga qul faqat
Mehr qahat muhabbat qahat
Unutdim deysanu ammo parishon
Garq bo’lib ketasan hayolimga goh
Unutdim deymanu tunlari hamon
Hayoling bag’ridan topaman panoh
Istab kelolmaysan ming bitta sabab
Men boraman desam yo’lim unmaydi
Ayt ne uchun bir umr xudodan tilab
Nega bu ishqdan hech kechib bo’lmaydi
Seni ko’ribdilar sochlaringda oq
Faqat men haqimda sorar emishsan
Keyin lablaringda tarqalib titroq
Jimgina ovozsiz yig’lar emishsan
Menchi? Men o’zimni koyib charchadim
Taslim bo’lganligim ehhe qachonlar
Kamondek egilib bo’lsa ham qaddim
Gurur gerdayishin qo’ymas oqpadar
Umrimiz otmoqda o’tib bo’ldiyam
Necha kun yashashga qolar haqqimiz
Balki haq dunyoni tanib olish chun
Birrovga sevishib oldik ikkimiz
Qaniydi
Yelkanga yuragim suyab yig’lasam
Ko’zyoshim yelkanga yoqsa qaniydi
So’ng achchiq azoblar sabrim yiqsa ham
Ko’zlaringa to’yib boqsam qaniydi
Yuragim chirsillab yonmoqda qara
Sen desam ko’ksimga tushadi olov
Bag’rimda iztirob qalbimda yara
Sengacha bormoqqa dunyo bo’lar xor
Konglimday yaqinsan
Ko’nglimdan olis
Ko’nglimdan yaqinroq kelsang qaniydi
Dilimga umiddan keltirib voiz
So’ngra jonni tandan olsang mayliydi
Kun bo’yi yi’gladim, kunda yig’ladim
Yig’latdilar meni seni sevmaslar
Yurakka sig’madim o’zga sig’madim
Ruhim sindirmoqqa urindi qasdlar
Qara, yashayapman sen uchun yana
Bugun meni hamma hislar taniydi
Mengacha yaqinroq kelmasang meni
O’zingga yaqinroq olsang qaniydi
Титроғинга қӯшилса оҳим,
Осмонда ой бӯлса гувоҳим,
Авф этса Ҳақ ширин гуноҳим,
Қучоғимга сингиб кетсайдинг.
Дудоғинга боссам юзимни,
Қулоғинга айтсам сӯзимни,
Бағишласам сенга ӯзимни,
Юрагимга сингиб кетсайдинг.
Эркаласам сочингни тинмай,
Ишқ гулоби бӯлса ширин май,
Ӯт нигоҳинг қадаб, индамай,
Ҳаёлимга сингиб кетсайдинг.
Ҳаяжондан юрагинг нотинч,
Қаро тун ҳам, табиат ҳам тинч...
Ошиқ дилга висолдан илинж,
Оғушимга сингиб кетсайдинг.
Тутоқасан, бармоқларинг мушт,
Пирпирайди киприкларинг қуш,
Титрайди лаб, ӯт бағримга туш,
Паноҳимга сингиб кетсайдинг.
Ҳаётинга сингиб кетсайдим,
Висолинга шу дам етсайдим.
Оқ танингни гулларга ӯраб,
Бӯсалардан ниҳол эксайдим.
Дийдоримга сингиб кетсайдинг.
Do'stlaringiz bilan baham: |