46
Hozirgi qishloq xo‘jaligimizni ekstensiv rivojlantirish yo‘lidan borildi,
ya’ni tobora ko‘proq yerlarni qishloq xo‘jalik oborotiga jalb qilish
kuchaytirildi. Bu holat ekin maydonlarining haddan tashqari ko‘payib
ketishi, qishloq xo‘jaligida agrotexnikaning intensiv usullarini qo‘llash
imkoniyatlarining cheklanishga olib keladi. Yerlarni juda katta
me’yorlarda sug‘orish, lekin sho‘rni yuvish me’yorlariga e’tibor
bermaslik natijasida O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitida biri-biriga
qarama-qarshi ikki xil vaziyat yuzaga keldi. Bir tomondan suv resurslari
tugay boshladi, ikkinchi tomondan minerallashgan yer osti suvlarining
ikkilamchi sho‘rlanish jarayoni kuchayib ketdi, mavjud suv
havzalarining intensiv
darajada ifloslanishiga olib keldi. Sho‘rlanish respublika
viloyatlarining sug‘oriladigan hamma yerlarini qamrab olgan. Jumladan
hozirga kelib 1483,9 ming. ga yer kuchsiz, 622,0 ming.ga yer o‘rtacha,
165,6 ming.ga yer kuchli darajada sho‘rlangan. Ja’mi sho‘rlangan yerlar
2277,5 ming gektar bo‘lib bu ko‘rsatkich umumiy sug‘oriladigan
yerlarning (4220,2 ming.ga) 54,0 % ini tashkil qiladi. Sho‘rlanmagan
yerlar -1942,9 ming.ga (46 %).
Yer resurslarini birinchi navbatda sho‘rlanishdan muhofaza
qilishda tabiiy geografik omillarga qat’iyan rioya qilish lozim bo‘ladi.
Chunki yerning tabiiy-melorativ holati yer rel’ef
shakli va joylashgan
hududlarga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Darayolarning yuqori terrasalarida
grunt suvlarining yotiq oqimi to‘la ta’minlaganligi tufayli
ularning
chuqurligi 8-10 metr pastda joylashgan,
binobarin tuproqda tuz
to‘planishi
yuz
bermaydi.Daryolarning
quyi
qismlari-deltalari,
soylarning konus yoyilmalarining o‘rta va etaklaridagi hududlar
mexanik tarkibi asosan og‘ir bo‘lgan qumoq va qo‘mloq , goho qumli
yotqiziqlardan tuzilgan, delta tekisliklarining
nihoyatda tiqiqligidan
grunt suvlarining harakati juda sust, deyarli yo‘q hisobida. Bu holatdagi
bug‘lanish natijasida grunt suvlarining minerallashuvi ortib boradi.
Ikkinchidan grunt suvlarining yotishi 1-3 metr chug‘urlikda, sug‘orish
natijasidagi suvlar ham ko‘p hollarda grunt suvlariga qo‘shilib borishi
tufayli ham minreallashuv kuchayib boradi.
Sug‘oriladigan yerlarning hosildorligi defilyatsiya (shamol
eroziyasi) natijasida ham kamayadi. Shamol tuproqning ustki unumdor
qismini o‘chirib ketishi tufayli uning unumdorli qatlami kamayib boradi,
mexanik tarkibi yengillashadi. Yerlarni shamol eroziyasidan himoya
qilish uchun birinchi navbatda dala ihatozorlarini yaratishsh kerak.
Hozir Respublikamizda sug‘oriladigan yerlarning atiga 1,2 mln.ga qismi
47
shamol eroziyasidan himoya qilingan.
Barcha yerlarni eroziyadan
saqlash uchun mavjud bo‘lgan 40 ming.ga iqotazorlar maydonini 112
ming gektaga yetkazish lozim.
Sho‘rlanishning oldini olish uchun esa mavjud egat oralab
sug‘orish usulini zamonaviy sug‘orish texnologiyasi bilan bosqichma-
bosqich almashtirib borish kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, sug‘oriladigan
yerlarning zovur tarmoqlariga bo‘lgan
talabni ham yildan-yilga
ko‘paytirib borish talab qilinadi, hozirda bu ko‘rsatgich 65 % ni tashkil
qiladi. Lekin bu zovur tizimidagi tik zovurlarning (ularning soni 5
ming.ta) 50 % i umuman ishlamaydi (tozalanmaydi, eskirgan, ehtiyoj
qismlar yo‘q va hakozo). Tik zovurlar muntazam ishlab turgan
hududlarda tuproqda tuz to‘planishi qayd etilmaydi.
Sug‘oriladigan yerlarning qashshoqlanishini to‘xtatish va ularning
hosildorligini oshirish uchun beda va dukkakli ekinlarni ilmiy-amaliy
tizimda almashlab ekishga erishmoq lozim. To‘proqlarni bonititlash, yer
kajastrini ishlab chiqish va unga rioya qilish mo‘l hosil olishga asos
bo‘ladi.
Yer resurslarini muhofaza qilishning mohiyatini bilish va bu
sohadagi chora tadbirlarga o‘ta ma’suliyat bilan e’tibor berish, amal
qilish insoniyatning oliy darajadagi muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim.
Bu tadbirlarga quyidagi yo‘nalishlarni kiritish mumkin:
1.
Yer melioratsiyasi tadbirlarini to‘g‘ri
joriy etish;
2.
Yerlarning ma’lum qismini tabiiylikda qoldirish;
3.
Turar joy, shahar, sanoat va hakoza qurilishlarga tuprog‘i
qishloq xo‘jaligi uchun noqulay bo‘lgan yerlarni ajratish;
4.
Kon-qazlov va boshqa sanoat chiqindilarini yo‘qotib, ularni
ham foydali yerlarga aylantirish;
5.
Dala ihotazorlarini yaratish;
6.
Yerdan
foydalanish
ishlari
ustidan
davlat
nazoratini
kuchaytirish;
7.
Yerdan almashlab foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
8.
Yer resurslaridan oqilona foydalnish milliy dasturini yaratish va
joriy qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: