Microsoft Word экология мар матн лотин rtf


Jahon haritasida cho‘llanishga uchragan yerlar



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/61
Sana11.02.2022
Hajmi0,49 Mb.
#443536
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
e k o l o g i y a

 
 Jahon haritasida cho‘llanishga uchragan yerlar. 
T/R Qit’alar 
cho‘llanishga uchragan 
maydonlar, mln. ga 

Shimoliy Amerika 
4,5 

Janubiy Amerika 
3,6 

Yevropa 
0,9 

Afrika 
17,3 

Osiyo 
14,6 

Avstraliya 
1,3 

Jahon bo‘yicha 
42,2 
( jadval, BMT ma’lumotlari asosida). 
Yer resurslarini muhofaza qilishda eng avval tuproqning 
sho‘rlanish sabablarini bilish juda zarur. Chunki tuproq sho‘rlanishi 
insoniyat oldidagi yechishi lozim bo‘lgan eng birinchi darajadagisi 
hisoblanadi. Sho‘rlanish quyidagi sabablar oqibatida yuz beradi: 
1.
Quruq iqlim sharoitida tuproqdagi tuzlarning yuvilmasligi; 
2.
Yer osti suvlarining yuza joylashuvi tufayli kopilyardan 
tuzlarning ko‘tarilishi; 
3.
Atmosfera orqali tuzlarning kelib tushishi;
4.
Sug‘orish tufayli tuzlarning oqib kelishi; 
5.
Minerallashgan suvli havzalarning qurishi; 
6.
O‘simliklar tarkibidagi tuzlarning biologik to‘planishi. 
Sho‘rlangan 
yerlarda 
dehqaonchilik 
qilish 
koni 
zarardir, 
dehqonning mehnatini zoya bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan kam daromad 
keltiradi. Masalan, qayta sho‘rlangan yerlarda paxta hosili 40-60 %, 
makkajuxori hosili 40-60 %, bug‘doy hosili-50-60 % kamayadi. 
O‘zbekistonda har yili sho‘rlangan yerlardan kutilganidan 100 ming 
tonna kam paxta hosili olinadi. 


46 
Hozirgi qishloq xo‘jaligimizni ekstensiv rivojlantirish yo‘lidan borildi, 
ya’ni tobora ko‘proq yerlarni qishloq xo‘jalik oborotiga jalb qilish 
kuchaytirildi. Bu holat ekin maydonlarining haddan tashqari ko‘payib 
ketishi, qishloq xo‘jaligida agrotexnikaning intensiv usullarini qo‘llash 
imkoniyatlarining cheklanishga olib keladi. Yerlarni juda katta 
me’yorlarda sug‘orish, lekin sho‘rni yuvish me’yorlariga e’tibor 
bermaslik natijasida O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitida biri-biriga 
qarama-qarshi ikki xil vaziyat yuzaga keldi. Bir tomondan suv resurslari 
tugay boshladi, ikkinchi tomondan minerallashgan yer osti suvlarining 
ikkilamchi sho‘rlanish jarayoni kuchayib ketdi, mavjud suv 
havzalarining intensiv 
darajada ifloslanishiga olib keldi. Sho‘rlanish respublika 
viloyatlarining sug‘oriladigan hamma yerlarini qamrab olgan. Jumladan 
hozirga kelib 1483,9 ming. ga yer kuchsiz, 622,0 ming.ga yer o‘rtacha, 
165,6 ming.ga yer kuchli darajada sho‘rlangan. Ja’mi sho‘rlangan yerlar 
2277,5 ming gektar bo‘lib bu ko‘rsatkich umumiy sug‘oriladigan 
yerlarning (4220,2 ming.ga) 54,0 % ini tashkil qiladi. Sho‘rlanmagan 
yerlar -1942,9 ming.ga (46 %). 
Yer resurslarini birinchi navbatda sho‘rlanishdan muhofaza 
qilishda tabiiy geografik omillarga qat’iyan rioya qilish lozim bo‘ladi. 
Chunki yerning tabiiy-melorativ holati yer rel’ef shakli va joylashgan 
hududlarga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Darayolarning yuqori terrasalarida 
grunt suvlarining yotiq oqimi to‘la ta’minlaganligi tufayli ularning 
chuqurligi 8-10 metr pastda joylashgan, binobarin tuproqda tuz 
to‘planishi 
yuz 
bermaydi.Daryolarning 
quyi 
qismlari-deltalari, 
soylarning konus yoyilmalarining o‘rta va etaklaridagi hududlar 
mexanik tarkibi asosan og‘ir bo‘lgan qumoq va qo‘mloq , goho qumli 
yotqiziqlardan tuzilgan, delta tekisliklarining nihoyatda tiqiqligidan 
grunt suvlarining harakati juda sust, deyarli yo‘q hisobida. Bu holatdagi 
bug‘lanish natijasida grunt suvlarining minerallashuvi ortib boradi. 
Ikkinchidan grunt suvlarining yotishi 1-3 metr chug‘urlikda, sug‘orish 
natijasidagi suvlar ham ko‘p hollarda grunt suvlariga qo‘shilib borishi 
tufayli ham minreallashuv kuchayib boradi. 
Sug‘oriladigan yerlarning hosildorligi defilyatsiya (shamol 
eroziyasi) natijasida ham kamayadi. Shamol tuproqning ustki unumdor 
qismini o‘chirib ketishi tufayli uning unumdorli qatlami kamayib boradi, 
mexanik tarkibi yengillashadi. Yerlarni shamol eroziyasidan himoya 
qilish uchun birinchi navbatda dala ihatozorlarini yaratishsh kerak. 
Hozir Respublikamizda sug‘oriladigan yerlarning atiga 1,2 mln.ga qismi 


47 
shamol eroziyasidan himoya qilingan. Barcha yerlarni eroziyadan 
saqlash uchun mavjud bo‘lgan 40 ming.ga iqotazorlar maydonini 112 
ming gektaga yetkazish lozim. 
Sho‘rlanishning oldini olish uchun esa mavjud egat oralab 
sug‘orish usulini zamonaviy sug‘orish texnologiyasi bilan bosqichma-
bosqich almashtirib borish kerak bo‘ladi. Ikkinchidan, sug‘oriladigan 
yerlarning zovur tarmoqlariga bo‘lgan talabni ham yildan-yilga 
ko‘paytirib borish talab qilinadi, hozirda bu ko‘rsatgich 65 % ni tashkil 
qiladi. Lekin bu zovur tizimidagi tik zovurlarning (ularning soni 5 
ming.ta) 50 % i umuman ishlamaydi (tozalanmaydi, eskirgan, ehtiyoj 
qismlar yo‘q va hakozo). Tik zovurlar muntazam ishlab turgan 
hududlarda tuproqda tuz to‘planishi qayd etilmaydi. 
Sug‘oriladigan yerlarning qashshoqlanishini to‘xtatish va ularning 
hosildorligini oshirish uchun beda va dukkakli ekinlarni ilmiy-amaliy 
tizimda almashlab ekishga erishmoq lozim. To‘proqlarni bonititlash, yer 
kajastrini ishlab chiqish va unga rioya qilish mo‘l hosil olishga asos 
bo‘ladi. 
Yer resurslarini muhofaza qilishning mohiyatini bilish va bu 
sohadagi chora tadbirlarga o‘ta ma’suliyat bilan e’tibor berish, amal 
qilish insoniyatning oliy darajadagi muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim. 
Bu tadbirlarga quyidagi yo‘nalishlarni kiritish mumkin: 
1.
Yer melioratsiyasi tadbirlarini to‘g‘ri joriy etish; 
2.
Yerlarning ma’lum qismini tabiiylikda qoldirish; 
3.
Turar joy, shahar, sanoat va hakoza qurilishlarga tuprog‘i 
qishloq xo‘jaligi uchun noqulay bo‘lgan yerlarni ajratish; 
4.
Kon-qazlov va boshqa sanoat chiqindilarini yo‘qotib, ularni 
ham foydali yerlarga aylantirish; 
5.
Dala ihotazorlarini yaratish; 
6.
Yerdan 
foydalanish 
ishlari 
ustidan 
davlat 
nazoratini 
kuchaytirish; 
7.
Yerdan almashlab foydalanishni yo‘lga qo‘yish; 
8.
Yer resurslaridan oqilona foydalnish milliy dasturini yaratish va 
joriy qilish.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish