Менежмент. Маркетинг


Tovar innovatsiyasi, diversifikatsiyasi, variatsiyasi



Download 8,34 Mb.
bet237/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

10.3.2. Tovar innovatsiyasi, diversifikatsiyasi, variatsiyasi

Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differentsiatsiyasi va tovar diversifikatsiyasiga bo‘linadi.

Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi kiladigan bir kator asoslangan tovar modifikatsiyasini ishlab chiqish jarayonini mujassamlashtiradi.

Bozorni modifikatsiyalashda sotish xajmini oshirish, iste’molchilar ishonchini kozonish, yangi bozor segmentlariga tovarni chiqarish, mijozlar e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga karatish, haridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag‘batlantirish orqali amalga oshiriladi.

Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.

Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa marketing elementlaridan to‘liq ishlatishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi.

Diversifikatsiya tovarlarni turli tumanligi hisobiga jalb etuvchanligini yaxshilashga asoslanadi.

Tovar diversifikatsiyasining maqsadi bo‘lib iste’molchilarni tovarni afzal ko‘rish, aloxida bozor yoki bozor segmenti xususiyatlarini hisobga olish orqali tovarni jalb etuvchanligini oshirish, uni raqobatbardoshligini usishi hisoblanadi.

Tovar diversifikatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshiriladi:


  • Tovarni kushimcha imkoniyatlari

  • Tovardan foydalanish samaradorligi

  • Komfortlilik

  • Ishonchlilik

  • Tovar dizayni va stili.

Tovar diversifikatsiyasi firmaning tovar siyosatida muhim o‘rin egallaydi. Bu strategiya yangi sotuv bozoriga taklifni rejalashtirishda kushimcha tovarlarni ishlab chiqarishni boshlaganda kullaniladi. Diversifikatsiya firma faoliyatida barqaror usishini ta’minlash uchun samarali vosita sifatida chiqadi.

Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini kidirishda muqobil strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966 yilda taklif etilgan “tovar-bozor” matritsasi ishlatiladi. Bu quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.


6-Jadval

«Tovar-bozor» matritsasi



Tovarlar

Bozorlar

Joriy

Yangi

Joriy

Bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi

  • Sotishni jadallashtirish

  • Yangi haridorlarni kidirish

  • Raqobatchilarni sindirish

  • Tovarni iste’mol sohasini kengayishi

Bozorni rivojlantirish strategiyasi

  • Yangi bozorlar

  • Yangi sotish xududlari

  • Halqaro bozorlar

  • Tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tuzish

Yangi

Tovarni rivojlantirish

  • O‘z kuchi bilan yangi tovar ishlab chiqarish

  • Bitimlarni rivojlantirish

  • Litsenziya

  • Maxorat bilan ayirboshlash

Diversifikatsiya

  • Gorizontal

  • Vertikal

  • Kontsentrik

Manba: Bagiyev G.L. i dr. Marketing, M.:Piter, 2005

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, firmaning afzalligini usish manbalarini o‘zashtirishni 4 ta asosiy strategiyalari bo‘lishi mumkin:

1.bozorga chukurrok kirib borish strategiyasi;

2.tovarni takomillashtirish strategiyasi.

3.bozorni rivojlantirish strategiyasi;

4.diversifikatsiya.

Diversifikatsiyani 3 ta turi mavjud: gorizontal, vertikal va kontsentrik.

Gorizontal diversifikatsiya deganda ilgarigi tovralarga o‘xshash ishlab chiqarish, texnik, ta’minot va sotish sharoitlariga yaqin bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish tushuniladi.

Vertikal diversifikatsiya esa ilgarigi tovar ishlab chiqarishni sotuv yo‘nalishi sifatida ham tovar dasturini chukurligini ustirishni anglatadi. Masalan, gusht mahsulotlarini sotuvchi maxsus dukon mol yetishtirishni va selektsiya bo‘yicha ishlab chiqarishni kullab-kuvvatlaydi.

Kontsentrik diversifikatsiya korxona uchun yangi tovarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

Yangi tovarlarni ishlab chiqish va qo‘llash innovatsiya siyosatining tamoyil va uslublariga, xususan, tovar innovatsiyasi jarayoniga mos holda amalga oshiriladi.

Tovar innovatsiyasi jarayoni 6 bosqichni o‘z ichiga oladi:



  • yangi tovar haqida g‘oyani kidirish

  • g‘oyani tanlash

  • yangi tovar g‘oyasini tijoratlashuvini iqtisodiy tahlili

  • tovarni ishlab chiqish

  • bozor sharoitida uni tajribadan utkazish

  • tovarni bozorga qo‘llash

Tovar innovatsiyasi jarayoni yangi tovar haqida g‘oyani kidirish bilan boshlanadi. YAngi tovar g‘oyani kidirishni asosi bo‘lib tovar haqidagi ichki va tashqi g‘oyalar manbai hisoblanadi.

Tashqi tovar haqidagi g‘oyalar manbaiga: savdo korxonalari, haridor va iste’molchilar, raqobatchilar, yarmarka va kurgazmalar, tadqiqot institutlari, ta’minotchilar, vazirliklar va boshqa davlat institutlari kiradi.

Tovar haqidagi ichki g‘oyalar manbaiga: marketing tadqiqotlari bo‘limi, ishlab chiqarish bo‘limi, marketing bo‘limini barcha qismlari, Halqaro iqtisoiy hamkorlik bo‘limi, tovarni tayyorlash bo‘limi kiradi.

Tovar innovatsiyasi jarayoni bosqichlari o‘z mazmuniga ko‘ra yangi tovarni rejalashtirish jarayonini ifodalaydi.

YAngi tovarni rejalashtirishning vazifasi muqobil variantlarni kidirish va ishlab chiqishdan iboratdir.

YAngi tovarni rejalashtirish uchun turli uslublar kullaniladi. YAngi tovar haqida g‘oyani baholashda bozorni tadqiq qilish va ijodiy uslublardan foydalaniladi.

Iqtisodiy tahlil bosqichida foydani solishtirish, zararsizlikni baholash uslubi, xavf-xatar tahlili uslublaridan foydalaniladi.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish