10.2.2. Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlash mezoni
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot sotish xajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali amalga oshirilsa, ya’ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‘yicha bozor talabi va haridor ehtiyojini firma vaqt bo‘yicha tezrok hisobga olsa, ushbu bosqichda harajatlar shuncha kam bo‘ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezrok chiqadi va zarur foydani oladi.
Kirib kelish bosqichida sotish xajmining g‘oyat keskin usishi bilan ajralib turadi. Bozor mahsulotni hali qabul kilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‘ladi. Savdo yuqori daromadli guruxlarga mo‘ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz.
SHunday qilib bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik foyda keltirishi mumkin, yeki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan bo‘lsa, ular to‘liq harajatlar hisobiga utkaziladi, ya’ni hisobdan uchiriladi.
Usish davrida tovar sotish xajmi usib boradi- iste’molchilar mahsulotni qabul qilgan va unga bo‘lgan talab ta’minlangan bo‘ladi. Har qanday mahsulot bu bosqichga yetib kelmaydi: ko‘plari bozorga kirib kelish davridaek kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan tulib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi.
Etuklik bosqichi tovar oborotini maksimallashtirish, bozorni kengayishini davom etishi va absolyut usishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zaxiralari oshib boradi. Bozorda intensiv raqobat xukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment guruxini kengaytirish hamda haridorlarga yangi xizmat ko‘rsatish uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni yetuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni modifikatsiyalash bo‘lib hisoblanadi.
Tuyinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan sikib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. Tuyinish davrida firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga karatiladi.
Inkiroz davrida mahsulotning utishi kiyinlashadi, foyda kamayadi, rakiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi “mahsulot tayerlashni davom ettirishdan iborat” bo‘ladi, mahsulotni bozorga yetkazib berishni tuxtatish haqida kat’iy qarorga kelgunga kadar undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi.
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |