11.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar kiymatining puldagi ifodasi, kiymatining bozordagi ko‘rinishidir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘likkan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga quyiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan kat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
hisob-kitob, ulchov funksiyasi
iqtisodiy regulyator funksiyasi
raqobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy ximoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufuzli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jaxon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
chakana narx
o‘zgaruvchan narx
limit narx
muvozanat narx
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar xech kachon sababsiz o‘zgarmaydi. YUqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga urnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi urni bog‘liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saklab kolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo‘yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir kiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potentsial mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko‘rib utamiz: avvalo narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o‘zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag‘batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot mikdorini ko‘paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Narxlarning turtinchi vazifasi aloxida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |