Менежмент. Маркетинг


Savdo qilishning yangi turlari va usullari



Download 8,34 Mb.
bet245/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

12. 3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‘g‘ri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.

Internet orqali savdo qilish Hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish to‘g‘ri hisoblanadi. Juda ko‘p firmalar internetda mahsulotlarini taklif kiladilar. Iste’molchilar o‘zlariga kerakli mahsulotni o‘zlarining kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri iglab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

To‘g‘ri marketing – bu haridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulokot bo‘lib, haridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir.

Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, nomalanishi, va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotii va taklif etilishida bevosita katnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usulari kullaniladi:


  • tovarni peshtaxta orqali sotish

  • tovarni haridor o‘ziga-o‘zi xizmat kiladigan usulda sotish

  • tovarni ochiq yoyib quyib sotish

  • tovar na’munalarini ko‘rsatib sotish

  • tovarni aholining buyurtmasiga muvofik sotish.

Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda haridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va xaki tulangan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida to‘rgan sotuvchi bajaradi.

Haridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga haridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning xaki dukondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida tulanadi.

Tovarni ochiq yoyib quyib sotishda haridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslaxati va yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.

Haridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat kiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni ochiq yoyib quyib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun tula tayyor holda chiqariladi.

Tovarlarning na’munalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida haridor savdo maydoniga qo‘yilgan na’munalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning xakini tulagandan keyin tegishli tovarni bevosita dukondan oladi yoki kushimcha xak evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta xajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.

Tovarni aholining buyurtmasiga muvofik sotish usulida haridor o‘ziga kerakli tovarga dukonning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, ko‘rilish, muassasa, dala shiyponi, istikomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar dukondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha ozik-ovkat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi kishlok aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo kiladigan dukonlar orqali sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin.

Savdoning ilgor usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol harajatlarini kamaytirish, iste’molchi xukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dzaynga ega bo‘lgan savdo atomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.

Xorijiy mamlakatlarda tovarlarni sotishda kullanilayotgan quyidagi ilgor usullardan mamlakatimiz savdo korxonalari va tashkilotlarida foydalanish mumkin:



  • chakana savdo korxonalarining namoyish zalida tushirilgan narxlarda kataloglart bo‘yicha noozik-ovkat tovarlarini sotish;

  • shahar markazida joylashgan va kichiq savdo maydoniga kat’iy interer, uncha ko‘p bo‘lmagan xodimlarga ega bo‘lgan chakana savdo korxonalarida narxi tushirilgan cheklangan assortimentdagi tovarlar bilan savdo qilish;

  • “kulay dukonlar”, cheklangan assortimentdagi tovarlar asosan yangi ozik-ovkat mahsulotlari bilan savdo kiluvchi hamda haridorlarga butun kun mobaynida xizmat ko‘rsatadigan savdo korxonalarida sotish.

Xorijiy mamlakatlar savdo korxonalarida tovarlarni sotishda kullanilayotgan ilgor usullarning muvaffakiyatini ta’minlovchi yo‘llar haridorga yanada ko‘prok turli xil xizmatlarni ko‘rsatish va tovarlarga bo‘lgan narxni tushirish bo‘lib hisoblanadi. Bulardan savdo korxonalarida foydalanish maqsadga muvofikdir.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish