Менежмент. Маркетинг


Sotishni rag‘batlantirishning mohiyati



Download 8,34 Mb.
bet246/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

12.4. Sotishni rag‘batlantirishning mohiyati

Sotishni rag‘batlantirish – bu ma’lum bir muddatda sotish xajmini oshirish maqsadida turli rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu rag‘batlantirish vositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketma-ket tovarni sotib olgani uchun sovgalar, lotereya va uyinlar utkazish, tovar bilan kushimcha narsalar kushib berish, bepul yetkazib berish va urnatish, ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko‘rsatish va boshqalar kiradi.

Sotishni rag‘batlantirishda tovar to‘g‘risida ma’lum darajada axborotga ega bo‘lmagan iste’molchilarga murojaat qilinadi. SHuning uchun rag‘batlantirish siyosatining vazifasi - ularda firma tovarlarini keyingi vaqtda sotib olishga ishtiyok tugdirish hamda doimo aloqada bo‘lishga chiqarishdan iborat. Odatda talabni shakllantirish tadbirlari iste’molchilarga va sotuvchilarga karatilgan bo‘ladi. Iste’molchilarni rag‘batlantirish ularga sezilarli tijorat imtiyozlari berishni ko‘zda tutadi:


  • tovarni sotib olish xajmiga va doimiy aloqada bo‘lib turishga beriladigan imtiyoz;

  • har xil shakldagi karzlarga tovar sotish;

  • tovarning ko‘p xajmda harid qilinishini ko‘zlab namunalarni bepul tarkatish;

  • tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;

  • ishlatilgan tovarni ma’lum shartlar bilan qabul qilish;

  • yangi tovarlarni bo‘lajak haridorlarga ko‘rsatish;

  • tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarda sayoxat uyushtirish;

  • yangi tovarlarning bozorga kiritilishiga bagishlangan matbuot konferentsiyalari utkazish;

  • tovar narxini keskin tushirish to‘g‘risidagi radio, televideniye va matbuot orqali e’lonlar.

Tovarlarga bagishlangan rag‘batlantirish siyosati ularning sotib oluvchi haridorlari turiga bog‘liq. Vositachilarni rag‘batlantirish, ularning faolligini va tashabbuskorligini oshirishga hamda iste’molchilar doirasini kengaytirishga mo‘ljallanadi. Talabning shakllanishi va sotishni rag‘batlantirish siyosati tovarning bozordagi hayotiy bosqichlariga muvofik kelishi bilan har biriga mos mazmun bagishlashi shart.

Bozorga kirish davrida agar firma birinchi marotaba bozorga kirib borayotgan bo‘lsa, unda aloxida strategiya ishlab chiqiladi. Odatda, quyidagi 4 xil marketing strategiyasidan foydalaniladi:



1. Jadal (shiddatli) marketing.

Buni ko‘pchilik haridorlar - tovar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan yoki bo‘lgani ham uning yuqori narxidan ta’sirlanmagan holda ishlatadi. Haridorlarni jalb qilish, ularning talabini shakllantirish tadbirlari utkazishga katta mablag ajratish orqali uyushtiriladi. Tovarning ham narxi yuqori urnatilib ko‘p foyda olish nazarda tutiladi.



2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi.

Uning xajmi katta bo‘lmagan holatda ishlatiladi. Tovar ko‘pchilikka noaniq, unga yuqori narx quyilsa ham haridorlar sotib olish mumkin. Raqobatchilar bozorda juda oz va shuning uchun talabni rag‘batlantirishga kam harajat qilib ko‘prok foydaga erishish mumkin.



3. Bozorga keng kulamli kirib borish uslubi.

Bozorning xajmi katta, tovar haqida haridorlar kam taassurotga ega va uning narxi balandligiga rozi bo‘lmagan davrda ishlatiladigan uslub. Undan tashqari raqobat kuchli, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish natijasida uning tannarxi pasayadi va “narxlar jagi”ga imkon yaratadi. Rag‘batlantirishga ko‘prok mablag ajratishga imkoniyat yaratiladi.



4. Sust marketing uslubibilan bozorning xajmi katta bo‘lganda, haridorlar tovarni yaxshi bilsada, kamrok harajatlar qilib, pastrok narx orqali, raqobat kam sharoitda muvaffakiyatga erishiladi.

Tovar bozorining usish bosqichida bozorga kirgan tovar bilan iste’molchilar ko‘prok tanishgani tufayli raqobatchilarni sika boshlaydi. Agar bozor katta bo‘lsa, raqobatchilar ham bizning tovarga o‘xshash tovar ishlab chiqara boshlaydi. Raqobatchilarga karshi bozorga o‘sha tovarning yangi-yangi turlari va yangi haridorlari uchun ishlab chiqiladi. SHu davrda, ayrim tovarlarning modelini yangilash va talabni shakllantirishning har xil tadbirlari utkaziladi.

Reklamada tovarning amaliyotdagi iste’molchilar tajribasida sinalgan xususiyatlari ko‘prok yoritiladi, imtiyozlar va narxni pasaytirishgacha kullaniladi.

Tovar bozorining yetilish (pishgan) davrida tovarning tula assortimenti bozorga kiritilgan va 50 foizdan ortik haridorlarga kerakli tovar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Endi tovarni asosan konservativ dunyokarashli haridorlar sotib olishadi. Talabni rag‘batlantirish tadbirlari asosan tovarning foydaliligini yoritishga karatiladi.

Tovar bozorining tuyinishi davrida tovar asosan sotilishi, bozorda iste’molchilarning qaytadan harid qilishlari hisobiga amalga oshiriladi. Talabni rag‘batlantirish siyosati samara bermay koladi. SHuning uchun bozorda yaxshi talabga ega tovarlar qoldiriladi. Ammo reklama susaytirilmay, aksincha kuchaytiriladi. Narx pasaytirilib, tovar ko‘pchilik haridorlarga yaqinlashtiriladi.

Tovar bozorining tushkunlik davrida talabni va sotishni rag‘batlantirish tadbirlari shu tovar uchun tuxtatiladi. Sotuvchilarga karatilgan rag‘batlantirish tadbirlari, asosan tovar sotilishi xajmini ko‘paytirish maqsadida olib boriladi:



  • pul mukofoti berish;

  • kushimcha dam olish kunlari, firma hisobidan sayoxatlarga borish;

  • kimmatbaho sovgalar;

  • ma’naviy rag‘batlantirish;

  • korxona faoliyati reklamasi;

  • xayriya ishlarida faol katnashish va boshqalar.

Sotishni rag‘batlantirishda “pablik rileyshnz” tadbirlari katta yordam beradi. Bu atama “jamoatchilik bilan murosa” ma’nosini beradi, “pablik rileyshnz” ning turli ta’riflari bor, ulardan eng muvaffakiyatli chiqkani - bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi taassurotlar yaratish maqsadlarida utkaziladigan tadbirlar majmui deb ta’kidlaydilar. “Pablik rileyshnz” va marketing bir birini tuldiradi. “Pablik rileyshnz” yashirin shakldagi reklamaning bir turi bo‘lib, maqsadga muvofikligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi. Agar pasayib borayotgan talab sharoitida reklama faroliyati tuxtatiladigan bo‘lsa, “Pablik rileyshnz” ni firmaning bozorga urnashgan kunidan boshlab to uning bozorda bo‘ladigan oxirgi kuniga kadar utkazish zarur.

SHuningdek, kurgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali vositalari sanaladi.

Kurgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - haridorlarga tovarni uning xakikiy kiyofasida takdim etish imkoniyati borligidadir. Kurgazma ham, yarmarka ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning o‘rtasidagi fark shundan iboratki, kurgazma istalgan shaharda har xil sabablar bilan, xatto tovarsiz tashkil etish mumkin. YArmarka esa kat’iy sur’atda va muntazam ravishda bir joyda utkaziladi. Bundan tashqari, kurgazma garchi unda bitishuvlar utkazilgan bo‘lsa ham o‘z ruxiga ko‘ra asosan ma’rifiy-targibot yo‘nalishiga ega, ko‘p hollarda unda “kelajak tovarlari” ham namoyish qilinadi. YArmarka esa birinchi navbatda tijorat yo‘nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan kolmagan “eski” tovarlar ham bo‘lishi mumkin.

SHunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat kiluvchi, bozor ya’ni belgilangan muddatlarda bir joyda muntazam tuplanadigan bozordir. YArmarkaning maqsadi - uning ishtirokchilariga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar namunalarini ko‘rsatishga imkoniyat yaratib berish, savdo bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuklar va texnik kamolatni namoyish qilishdan iborat. Savdo-sanoat kurgazmalari bir yoki bir qancha mamlakat ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalarida, fan va texnika sohasida erishgan ilmiy-texnika yutuklarini ko‘rsatish maqsadlarida tashkil etiladi. O‘z ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy ahamiyatga ko‘ra, kurgazma hamda yarmarkalar milliy va Halqaro turlarga bo‘linadi. O‘z mamlakatida utkaziladigan milliy kurgazma va yarmarkalarda chet el haridorlari ham quyiladi, lekin tovar sotish huquqi milliy firmaga kat’iy berilgan bo‘ladi.

Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning xukumati yoki sanoat birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy kurgazmalarda o‘z mamlakatining yutuklari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish kiladi. Utkazish muddati va usullariga ko‘ra, ular quyidagi turlarga bo‘linadi: qisqa muddatli kurgazmalar, kuchma kurgazmalar, namunalar doimiy kurgazmasi, savdo markazlari, savdo xaftaliklari.

Qisqa muddatli kurgazmalar uch xaftadan ortik bo‘lmagan muddatda utkaziladi. Bunday kurgazma yo umumiy mazmunda, ya’ni o‘z mamlakatining barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuklarini namoyish etadi yoki ixtisoslashgan bo‘lib, biron bir tarmoq yutuklarini ko‘rsatadi.

Kuchma kurgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib, tomoshabinlar doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi. Keyingi yillarda yirik kemalarda kurgazmalar tashkil etish tobora keng rasm bo‘layotir. YAponiya, Angliya, SHvetsiyada bunday kurgazmalar yirik kema bortlarida tashkil etiladi, ketma bir qancha davlatlarning savdo shaharlarida bo‘lib, qo‘yilgan tovarlarni namoyish etadi, shuningdek savdo-sotik ham kiladi.

Namunalar doimiy kurgazmasining aksariyati o‘z mamlakatining chet ellardagi diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil etiladi, chet ellardagi extimol tutilgan haridorlarga namunalar bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun eksport mahsulot namunalari namoyish etiladi. Milliy tashkilotlar tomonidan chet ellar tashkil qilinadigan doimiy savdo markazlari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday markazlar o‘zlari joylashgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan kurgazmalar tashkil etish bo‘yicha keng faoliyat olib boradi: ekspotsent firmalarga bepul kurgazma maydonlari beradi, o‘z hisobidan kurgazmani loyihalash va rasmiylashtirish, ochishni amalga oshiradi, kurgazma ishtirokchilariga bozordagi holatlar haqida axborot yetkazib beradi.

Kurgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo xaftaliklari nomini oldi. Bunday tadbirlar odatda yirik shaharlardagi universal magazinlarda iste’mol tovarlarini namoyish etish va sotish uchun tashkil etiladi.

Halqaro kurgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat ko‘rsatadi. Ularda har qanday mamlakat firmalari xech qanday cheklashlarsiz ishtirok etishi mumkin. Halqaro kurgazma va yarmarkaning eng afzal tomoni - ularda turli mamlaktlarda ishlab chiqariladigan juda ko‘p tovarlarning namunalari tuplanadi. Bu esa haridorga qisqa vaqt davomida bozorda mavjud takliflar bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan kerakli maslaxatlarni kiyoslash, muzoqaralar utkazish, tijorat shartlarini kelishib olish va eng muhimi, kontrakt imzolash imkonini beradi.

Namoyish etiladigan eksponatlar harakteriga ko‘ra Halqaro kurgazma va yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi. Universal kurgazma va yaramarkalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruxlari bilan chegaralanmaydi. Ularda barcha yeki ko‘pgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari namoyish qilinishi mumkin. Ixtisoslashgan kurgazma va yarmarkada esa faqat bir yeki bir necha turdosh sanoat tarmoqlari tovarlari, ba’zan biron bir amaliy fan yutuklari namoyish qilinadi.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish