mana shu olijanob fazilat va ezgu harakatlar bugungi kun uchun haqiqiy
vatanparvarlik namunasidir.
Mustaqillik sharofati tufayli 0 ‘zbekiston Respublikasi butun hayoti,
turmush tarzi o ‘zgardi, kishilaming ruhiyati va hayotga munosabati yangicha
tus olmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lishi natijasida sho‘ro
davlatiga xom ashyo yetkazib berish bazasi bo‘lishlikdan, siyosiy va iqtisodiy
qaramlikdan ozod b o ‘ldi; o ‘zbek xalqi o ‘z milliy qadriyatlarini his qilayotir.
Bu olamda ona-V atan bittadir.
Vatan — ona yurt
kishilar yashab turgan, ularning ajdod va avlodlari
tug‘ilib o ‘sgan joyi, m askani,
chegarasi, hududi, ijtim oiy taraqqiyot
munosabati bilan jam oa tuzum i sharoitida muayyan qabila yashayotgan joy
Vatan hisoblanadi. Qabila tuzumning yemirilishi, elatlar va davlatlaming
paydo boMishi bilan Vatan tushunchasi elat, davlat tushunchasini o ‘z
ichiga oladi.
Vatanparvarlik tarbiyasi ham insoniy tarbiyaning eng muhim tarkibiy
qismlaridan biridir.
Vatan so‘zining m a’nosi nima? Biz nima uchun «Ona-Vatan», «Jonajon
Vatan» deymiz.
Vatan so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan m a’noni bildiradi.
Har bir xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan ham da chegaralangan
hududga ona-Vatan deyiladi.
Vatan tuyg‘usi — bu uning egasi bo‘lmish xalqni sevish,
hurmat qilish,
qadriga yetish va e ’tirof etishdir. Vatan - bu xalqning m a’naviyati, m a’rifati,
tili, dini, u if-odati, fe’l-atvori, ota-bobolaridan qolgan oltin merosi,
tomirida gupurib turgan ajdoddan avlodga o ‘tib kelayotgan pokiza qoni,
tarixidagi muhim bosqichlar, buyuk davlat qurish maqsadida olib borilgan
kurashidir.
Hozirgi vatanparvarlik xalqimiz taraqqiyotini olg‘a siljitgan ota-
bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir.
B axt-saodatli
kelajakka hozir, har daqiqada har bir kishi ulush
qo‘shmog‘i Vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko‘rinishidir. Vatanga
munosib farzand b o ‘lish, qadrdon tuproq bilan cham barchas b o g liq
ekanligimizni teran idrok etish, uning chin farzandlariga xos munosabatda
bo‘lish, undan bir hissa olinsa, yuz hissa qilib qaytarish — Vatanni anglash
va ardoqlashning yangi bir ko‘rinishidir. Bu vatanparvarlikdir.
1991 -yilning 31 -avgustidan 0 ‘zbekiston
mustaqillikka erishdi, qadri
ortdi, xalqning qaddi tiklandi. Vatan deganda muqaddas tushunchadagi
soxtaliklar barham topib, mohiyati aniqlandi va tiniqlashdi.
Buyuk Vatanimiz o ‘zbek fuqarolari ongida alohida tuyg‘u, yangi axloq,
yangi fazilatlarning eng chuqur va oliy ifodasidir. 0 ‘zbek vatanparvarligi
buyuk istiqlolning eng muhim g‘alabasidir. 0 ‘zbek fuqarolarining eng yuksak
fazilati ularning o ‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatidir. 0 ‘zbek vatanparvarligi
167
o‘z Vatanini cheksiz sevish hissini, butun dunyo orasida tengligi va erkin jamiyatni
barpo qilishi va Vatanimiz dushmanlariga chuqur nafrat hissini o‘z ichiga oladi.
0 ‘zbek vatanparvarligini yordamchi maktab o ‘quvchilarida tarbiyalash
uchun o ‘qituvchi-tarbiyachilar tarbiyalanuvchi o ‘quvchilarga ta’sir
etishning
barcha xilma-xil uslub va vositalaridan foydalanishi kerak. Bu vositalaiga,
ayniqsa, o‘qitish jarayoni — dars birinchi asosdir.
Ozbek xalqi tarixini o‘iganish o'zbek vatanparvarligini tarbiyalashda alohida
ahamiyatga molikdir. Chunki o ‘zbek xalqi o ‘z o ‘tmish tarixining ko‘pgina
tomonlari bilan faxrlana oladi.
Yordamchi maktabda o ‘qituvchi va tarbiyachi laming vazifasi tarixiy
materialni jonli va qiziqarli bayon qilib, tarbiyalanuvchi o ‘quvchilami o‘z
xalqining qahramonona kurashiga, uning olib borgan ijodiy ishiga, shonli
rahbarlariga va madaniyat sohasidagi iste’dodli
arboblariga qiziqtirish, ulug‘
tarixiy o ‘tmishga ularda muhabbat tug‘dirishdir. Buning uchun tarixiy
hujjatlardan, esdaliklardan va badiiy adabiyotlardan foydalanib, yorqin
hikoyalar aytib berish zamr.
Geografiya darslarida o ‘qituvchi o ‘quvchilami eng awalo ulami o ‘zlari
yashab turgan joyning tabiatiga qiziqtiradi. Bevosita kuzatish va sayohatlar
o ‘tkazib, tabiatni ular bilan birga o ‘iganadi.
0 ‘zbekistonning tabiat zonalarini vaqtida o‘qituvchi bolalarni davlatimizda
tabiat tuzilishlarining xilma-xilligini aytib, qiziqtiradi va turli ko‘rinishlaming qiziqarli
suratlarini ko‘rsatib, badiiy adabiyotda va sayohatchilaming esdaliklarida bayon
etilgan tabiat tasvirlarini o‘qib berib, bolalarning jonajon mamlakatimiz — buyuk
0 ‘zbekistonga nisbatan mehr-muhabbatlarini oshiradi.
Sinfdan tashqari ishlar vatanparvarlikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Sinfdan tashqari ishlar sinfda bajarilgan ishlarga q o ‘shim cha b o ‘lib,
tarbiyalanuvchi o‘quvchilaming ijtimoiy hayotini
yaxshi anglab olishlariga
yordam beradi.
Maktab va «mehribonlik uylari» kutubxonalarida «Vatan» mavzuidagi
kitoblaming rasmlar bilan bezatilgan tavsiya ro‘yxatlari bo‘lishi kerak.
Jonajon 0 ‘zbekistonimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil qilish kabi tadbirlardan
foydalanish yaxshi natijalarga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan boMsak, vatanparvarlik tuyg‘usi eng yuksak tuyg‘udir.
Bu yuksak tuyg‘u Vatanimizda tarbiyalanuvchi o ‘quvchilami iymon, e ’tiqod
bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo‘lish mhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan
asosiy vazifalarimizdan biridir.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: