2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan
jamiyat o ‘rtasidagi murakkab o ‘zaro m unosabatlar, shuningdek, inson
faoliyatining tabiatga ta ’sir oqibatlari haqida m a’lum ot berish.
3. 0 ‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish,
undan to ‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishni o ‘rgatish. Ekologik
madaniyatning asosi b o ‘lgan, yordamga muhtoj bolalar tabiat oldidagi
mas’uliyatini anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik
ta b ia tn i s e v is h d a n b o s h la n a d i. B in o b a rin , y o r d a m c h i m a k ta b
o‘quvchilarining tabiatga nisbatan haqiqiy m uhabbat tuyg‘usini hosil
qilmay turib ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash m um kin emas.
Yordamga m uhtoj o ‘quvchilarni tabiat quchog‘ida b o ‘lishi uni ruhan
tetiklashtirib, m ehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik
tarbiya maxsus korreksion tizim da quyidagi masalalarni o ‘z ichiga oladi:
a) yordamga muhtoj bolalarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib,
ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilishni tarbiyalash;
b) ekologik o ‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilishni tarbiyalash;
d) ekologik m adaniyatni singdirish va tarbiyalash.
Yordamchi maktabda yordamga muhtoj bolalarga ekologik tarbiya berish
axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi b o ‘lib hisoblanadi. Yordam chi maktab
o‘quvchilarida ekologik ong va tafakkurni, ekologik dunyoqarashni hosil
qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi.
Ekologik tarbiyani amalga oshirishda badiiy adabiyotlar, qiziqarli
hikoyalar, predm et darslarida ekologiyaga oid tabiat hodisalari, sabab va
o q ib at q o n u n iy a tla r in i o c h ib b e ra d ig a n q iz iq a rli m a te r ia lla r ,
kinofilmlardan foydalanish kutilgan natijalar beradi. Sinfdan tashqari
o‘qish darslarida va sinfdan tashqari o ‘tkaziladigan tadbirlarda ekologiyaga
oid bilimlar berib borish ham o ‘quvchilarda ekologik ongni shakllantirishda
muhim aham iyat kasb etadi. M aktabda «Jonli burchak», «Daraxtning
ham joni bor», «Tabiatni asrash — Vatanni asrash» ruknlari ostida sinfdan
tashqari tadbirlar o ‘tkazish, «Tabiatni m uhofaza qilish» to ‘garagi, «Jonli
burchak» tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Rivojlanishida nuqsoni bo ig an bolalarga ekologik ta ’lim-tarbiya berish
dasturini amalga oshirish « 0 ‘zbekiston Respublikasi T a ’lim to ‘g‘risida»gi
Qonunning 23-m oddasini hayotga tatbiq qilishda kerakli om illardan biri
bo‘lib xizmat qiladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: