m ashqlarning, sof havoning, quyosh nurlarining, toza suvning ijobiy
ta ’siridan unumli foydalanish zarur.
Jism oniy tarbiya yordam chi m aktablardagi barcha ta ’lim-tarbiya
ishlarining muhim qismi hisoblanadi. Yordamchi
maktablarda bolalardagi
mavjud nuqsonlarni tuzatish vazifalarining hal etilishi jismoniy tarbiyaning
asosiy, yetakchi maqsadi hisoblanadi. Aqli zaif bolalarning jismoniy, ruhiy
rivojlanishi o‘ziga xos, murakkabligini hisobga oladigan bolsak, yordamchi
maktablarda jismoniy tarbiyaning ahamiyati yanada ortadi. Chunki bu
bolalarning ko‘pchiligida bosh miya, y urak-qon, to m ir, nafas olish
a ’zolarining o ‘ziga xos kasalliklari b o ‘lib,
ularda m uskul tonuslari
bo‘shashgan boladi. Jismoniy o ‘sish asosan nuqsonli bolalarda orqada qoladi.
Bu hoi bolalar b o ‘yining yaxshi o ‘smaganligida, m uskullar kuchining
zaifligida, gavda tuzilishining nomutanosibligida, um urtqa pog‘onasining
nuqsonlarida kolzga tashlanadi. Aqli zaif bolalar o ‘zlaridagi nuqsonlarni
mustaqil holda bartaraf etish qobiliyatiga ega emaslar. Ular jismoniy
mashqlarning mohiyatiga tushunib yetmaydilar. Ularda harakat faoliyatini
takom illashtirish uchu n ch id am , iroda, m aqsadga intilish jihatlari
yetishmaydi. Bunday vaqtlarda yordamchi maktab o‘qituvchi va tarbiyachilari
bolalarga yaqindan yordam berishlari kerak.
Yordamchi maktablardagi jism oniy tarbiya asosan aqli zaif bolalardagi
nuqsonlarni to ‘g‘rilash va ularni m ehnat faoliyatiga tayyorlashdan iborat.
Shu sababli ham bu sohadagi ishlar maxsus m azm un kasb etishi kerak.
Chunki normal bolalar bilan olib boriladigan
jism oniy tarbiya usullari
to ‘g‘ridan -to‘g‘ri yordamchi m aktablarda o ‘tkazilmaydi.
M a sh h u r rus d e fe k to lo g la rid a n A .N .G ra b o ro v , D .I.A zb u k in ,
G .M .D u ln e v ishlarida y o rd am ch i m aktab o lq u v chilarini jism oniy
tarb iy ala sh m asalalariga a lo h id a e ’tib o r b erilg an . U la r tu za tish -
so g lo m lash tirish ishlarida, o ‘quvchilarni ijtim oiy foydali m ehnatga
tayyorlashda jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat bilan qaraganlar. Nuqsonli
shaxsni rivojlantirish uchun quyi sinflardagi jismoniy tarbiyaga alohida
m as’uliyat bilan yondashish kerak. Chunki boshlang‘ich sinf bolaning
ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanishida poydevor vazifasini o ‘taydi.
Kichik
maktab yoshi nuqsonlarni tuzatish uchun juda qulay davr hisoblanadi.
Chunki ish qanchalik erta boshlansa, shuncha yaxshi samara beradi.
B oshlang‘ich sinflarda yaxshi tashkil etilgan harakatli m ashgkulotlar
yozuvda, surat chizishda, qo‘l m ehnatida alohida o ‘ringa ega.
Jismoniy m ashqlar bola organizmiga um umiy ijobiy ta ’sir etib, butun
tananing hayot faoliyatini yuksaltirishga yordam beradi. Ayniqsa, toza
havoda o ‘tkaziladigan m ashqlar m odda almashuvining yaxshilanishiga,
nafas olish jarayonlarining takom illashishiga, natijada,
aqli zaif bola
organizmining umumiy holati yaxshilanishiga olib keladi. Aqliy ishchanlikni
oshirishda jismoniy tarbiya darslari, ayniqsa, ijobiy ta ’sir etadi. Jismoniy
174
mehnat va jism o niy tarbiya vositalarini ustalik bilan q o ‘shib olib
borgandagina ularni to ‘g‘ri jism oniy rivojlantirish mumkin. Yordamchi
maktablardagi jism oniy tarbiya m ashgvulotlari o ‘quvchilarning yosh va
individual xususiyatlarini albatta hisobga olishi lozim. Aks holda jismoniy
tarbiya biriga foyda keltirsa, ikkinchisiga zarar keltirishi mumkin. Yordamchi
maktab o ‘quvchilarini jism oniy tarbiyalashda asosan quyidagi usullar,
talablarga rioya etiladi:
1. Aqli zaif bolaning kun tartibini gigiyena talablariga mos tarzda tashkil
etish, uning bajarilishini nazorat qilish.
2. 0 ‘z vaqtida va yetarli ovqatlanish.
3. Bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalarini o ‘rgatish va ko‘nikmalar hosil
qilish.
4. Aqliy va jism oniy m ehnatni bir-biri bilan almashtirib turish,
izchil
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ta ’minlash.
5. Bolani oilada, m aktabda jam oat ishlariga jalb etish.
6. Yozgi ta ’tilni to kg‘ri tashkil etish va uyushtirish.
M a’lumki, yordam chi m aktabning har bir sinfida aqli zaiflikning
ifodalanishiga k o ‘ra, tu rli d arajad agi b o lala r u ch ray d i. U la rn in g
kayfiyatlari, jismoniy harakat imkoniyatlari ham turlicha b o lad i. Shularni
izchil o ‘rganish asosidagina muvaffaqiyatli jism oniy tarbiyani amalga
oshirish m umkin. Jism oniy tarbiya o ‘qituvchilari shifokorlar bilan uzviy
hamkorlikda ish lash lari zarur.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: