4-chizma
186
Sinfdan tashqari ishlarga asosan o ‘qituvchi va tarbiyachilar rahbarlik
qiladilar. Sinfdan tashqari ishlarda o ‘quv ishlaridan tashqari o ‘zlarini
boshqarish malakalari ham shakllantirib boriladi.
Yordamchi maktablardagi sinfdan tashqari ishlar o ‘tkazilish shakliga
ko‘ra ommaviy, guruhli, individual bo‘lishi mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarga siyosiy axborotlar, maktab kechalari, ertaliklar,
sayohatlar uyushtirish, ko‘rgazm alar nam oyish etish kiradi. G uruhli
sinfdan tashqari ishlarga esa suhbatlar, o ‘yin, maishiy m ehnat turlari kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarga sinfdan tashqari o ‘qishni ham kiritish mumkin.
Sinfdan ta s h q a ri o ‘qish n u q so n li b o la la m in g shaxsiy sifa tla rin i
shakllantirishda asosiy, yetakchi vositalardan sanaladi. Uning asosiy vazifasi
nuqsonli bolalarni aqliy, axloqiy, estetik jih atd an rivojlantirib, ularda
mustaqil o ‘qishga qiziqishni tarbiyalashdan iborat. Yordamchi maktab
o‘quvchilari sodda, kichik hajmli, bezakli badiiy adabiyotlarni o ‘qishlari
tavsiya etiladi. Sinfdan tashqari o ‘qish alohida soatlarda o ‘tkaziladi.
Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari tarbiyaviy guruhlarda shug‘ullansalar, yuqori
sinf o‘quvchilari turli to ‘garaklarda shug‘ullanishlari mumkin. Tarbiyaviy
guruhlarda bolalar individual yoki jam oa bo‘lib o ‘qiydilar. 0 ‘qituvchi o‘qilgan
mavzularni tushuntirib beradi. Individual o ‘qish uchun birm uncha sodda,
kichik m atnlar tanlanadi. T o ‘garaklarda esa asosan o ‘quvchilar individual
shug‘ullanadilar. Talab etilsa, o ‘qituvchiga murojaat etadilar. Barcha turdagi
sinfdan tashqari o ‘qishga o ‘qituvchilar boshchilik qiladilar, m aslahat
beradilar, sayohatlar tashkil etadilar, diafilm va kinofilmlar ko‘radilar,
fikr almashadilar. Sinfdan tashqari o ‘qishga rahbarlik ishlariga oila ham jalb
etilishi mumkin. O ta-onalar yigllishlarida o'qituvchi ota-onalarni bolalarga
tavsiya etilgan adabiyotlar bilan tanishtiradi. Kitob bilan ishlash usullarini
tushuntiradi.
Sinfdan tashqari o ‘qish hisobga olinadi, lekin baholanmaydi. Sinfdan
tashqari o ‘qish, nazorat qilish, hisobga olish shakli asosan o ‘qilgan
adabiyotlar yuzasidan suhbatlar uyushtirishdir. Yordamchi maktablardagi
maktabdan tashqari ishlar ham sinfdan tashqari ishlar kabi ta ’lim -
tarbiyaviy, om maviy-m adaniy ishlardan iborat bo‘ladi.
Maktabdan tashqari ishlar m azm unan, shaklan, vazifalari bo ‘yicha
sinfdan tashqari ishlarga o ‘xshab ketadi. M aktabdan tashqari ishlar asosan
maktab rahbarlari tom onidan amalga oshiriladi. Bu ishlarda bolalaming
imkoniyatlari albatta inobatga olinishi kerak. Turli toifadagi bolalarga yozgi
umumiy va maxsus lagerlar tashkil etiladi.
Sinfdan, m aktabdan tashqari ishlar nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Ularni to‘g‘ri tashkil etish maktabning aqli zaif bolalarga b o lg an ta ’lim-
tarbiyaviy ta ’sirini oshirishga imkon beradi. 0 ‘quv meteriallarini puxta
o‘zlashtirish bolalarni atroflicha rivojlantirish uchun zarur sharoit
yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarda dars materiallarini takrorlashga imkoniyat
187
yaratiladi. 0 ‘quvchilarning sensor tajribalari boyib boradi. Ularning harakat
sistem alari rivojlanadi. Sinfdan tashqari ishlar o ‘quv m ateriallarini
mustahkamlash va chuqurlashtirishda mustaqil ishlash uchun sharoit yaratadi.
Bolalarda madaniy xulq-atvor malakalarini tarbiyalaydi. 0 ‘quvchilarning
bo‘sh vaqtlarini uyushtirishga yordam beradi. Aqli zaif bolalarning ijtimoiy-
foydali faoliyatda faol qatnashishiga ko‘maklashadi.
Sinfdan tashqari ishlarning yana birturi to‘garak ishlaridir. To‘garak ishlariga
asosan 4—9-sinf o ‘quvchilari qabul qilinadi. Ba’zan esa yoshi katta 3 sinf
bolalari ham qabul qilinishi mumkin. To‘garak ishlari haftada bir maita ma’lum
soatlarda o‘tkaziladi. Ba’zan o ‘quvchilar ikkita to ‘garakka ham qatnashishlari
m um kin. T o ‘garak ishlarining og‘ir, yengilligiga qarab, m ashg‘ulotni
boshlashdan oldin tayyorgarlik vaqti, tanafifus belgilanadi. T o ‘garakka
o ‘quvchilar o ‘z xohishlari bilan qatnashadilar. Bolalarning qiziqishlari,
imkoniyatlari, qobiliyatlari hisobga olinishi kerak. T o‘garak ishlari bir yilga
rejalash t i ri lad i. T o‘garak rahbarlari qaysi materialni qachon, qanday o ‘rganish
kerakligini yaxshilab ko‘rib chiqib, rejalashtiradi. Mashg‘ulot uchun tanlangan
m avzu o ‘q u v c h ila rn in g ta fa k k u rin i riv o jla n tira d ig a n , ch am alash
xususiyatlarini o ‘stiradigan, nutqidagi kamchiliklarni tuzatadigan bo‘lishi
kerak. Mashg‘ulot jarayonida lugcat ustida ham ish olib boriladi. 0 ‘quvchilar
yangi so‘z va atamalarga duch kelsalar, o ‘qituvchi shu so‘z haqida tushuncha
berib, mashg‘ulot uchun tutilgan daftarga yangi so‘zlami yozdirib boradi.
T o‘garakda har bir o ‘quvchining muvaffaqiyatini yoritib boruvchi alohida
jurnal bo‘ladi. Sinfdan sinfga ko‘chirish, tavsifnoma berish vaqtlarida shu
jurnal materiallaridan ham foydalaniladi. 0 ‘quvchilarning to‘garak ishlariga
kirishib ketishlari uchun mashg‘ulot jarayonida ularning ruhini ko‘taruvchi,
qiziqishlarini orttiruvchi materiallardan ko‘proq foydalanish kerak. Har
bir bolaning aqliy rivojlanishi, mashg‘ulotga tayyorgarligi, charchashi kabi
xislatlariga alohida e’tibor beriladi. 0 ‘quvchilardagi tirishqoqlik, berilgan ishni
mustaqil bajarishga intilishi qollab-quvvatlanishi kerak. Darsda tortinchoq,
kamgap bolalarning ayrimlari to ‘garak ishlarida faol qatnashadilar. T o‘garak
ishlari o ‘tkazilishi mazmuni, shakliga ko‘ra darsdan farq qilganligi sababli,
bolalar to‘garaklarda birmuncha unumli ishlaydilar. To‘garak ishlari iloji boricha
bolalarning qiziqishlariga, imkoniyatlariga qarab olib borilsa yaxshi natijalaiga
olib keladi. Yordamchi maktablarda turli fanlardan sinfdan tashqari ishlar
olib borish mumkin, olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning nuqsonni
tuzatishda ahamiyati katta. Bu bolalar mantiqiy fikrlashga, xotiraning,
diqqatning turg‘unlashuviga erishadilar, olgan bilimlari sinfdan tashqari
ishlarda mustahkamlanadi, amaliy mazmun kasb etadi. Turli hayotiy hisoblash
ishlari aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishida, lug‘atining boyishida, mo‘ljal
olish, chamalash ishlarida, savdo ishlarida topshiriqlarni bajarishlari uchun,
ularga estetik did, mehnat qilish uchun zarur ko‘nikma va malakalarining
shakllanishiga yordam beradi.
188
Download Do'stlaringiz bilan baham: |