Maxsus pedagogika


bet106/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

uchinchi bosqich 
o ‘zining sermahsulligi, 
asosiy bosqich ekanligi bilan ajralib turadi. 0 ‘zaro faoliyatda qatnasha 
turib, bolalar jam oa ko‘nikmalari va malakalarini o ‘zlashtirib boradilar. 
Jam oa faoliyati umumiy maqsad asosida bajarilayotgani uchun bolalaming 
o ‘zlari tashkilotchilar sifatida harakat qiladilar. Faoliyat natijasida umumiy 
javobgarlik, um umiy munosabat yuzaga keladi.
18 2


Bu bosqichda jam oa o ‘z talablarini har bir alohida shaxsga qaratadi. 
Bundan alohida shaxsni qiynash, unga tazyiq o ‘tkazish fikri kelib chiqmasligi 
darkor. Lekin bu hoi ba’zan uchrab turadi. H a r b ir o ‘quvchiningjam oadagi 
o‘rni, uning xulqi, qiliqlari jam oa talablari bilan belgilanadi. Voqealarga 
baho berishda umumiy tajriba, yagona fikming yuzaga kelishi uchinchi 
bosqichning xarakterli belgisidir. Um um iy ishlarga qiziqish, birgalikdagi 
harakatlarga tayyor turish shu bosqichga xosdir. Bu bosqichdagi pedagogik 
ishlar asosan ikkita bir-biriga b o g liq vazifani hal etadi. Bularga ijtimoiy, 
umumiy fikr va a n ’analar kiradi. Jam oada a n ’analarning borligi shu 
bosqichning shakllanganligidan darak beradi. Uning umumiy, korreksion 
tarbiya jaray o n id ag i ah am iy ati nih o y atd a k atta, haqiqiy a n ’a n alar 
qiyinchiliksiz, oson amalga oshiriladi. Agar a n ’analar buzilsa, unga nisbatan 
qoniqmaslik holatlari kuzatiladi.
Qator a n ’analar faqatgina mohiyati bilangina aqli zaif o ‘quvchilar 
diqqatini jalb etib qolmasdan, balki jonliligi, rangdorligi bilan ham bolalarni 
o‘ziga tortadi. Jamoadagi an ’analar jam oa hayotiy tajribalarining chuqurligi 
darajasini bildiradi. Shu sababli an ’analarni sun’iy ravishda kiritish mumkin 
emas.
Jamoa taraqqiyotidagi 
to ‘rtinchi bosqich 
bevosita uchinchi bosqich davomi 
hisoblanadi. Har bir o ‘quvchi jamoaga tajribasi asosida o‘zicha talablar qo‘yadi. 
Jamoaning axloqiy norm alarini bajarish har bir o ‘quvchining shaxsiy 
ehtiyojiga aylanadi. Tarbiya jarayoni o ‘z-o ‘zini tarbiyalash jarayonidir. Jamoa 
hayotini sh u n d a y tash k il etish kerakki, u n in g h a r b ir a ’zosi o ‘z 
qobi 1 iyatlarining maksimal ro‘yobga chiqishiga harakat qilsin.
Yuqoridagilardan m a’lum b o ‘ladiki, bolalar, o ‘quvchilar jam oasini 
tarbiyalash uzoq vaqt talab etadigan pedagogik jarayon ekan. Maxsus 
maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishda ham jam oa juda 
katta ahamiyatga ega. Aqli zaif bolalar shaxsini tarbiyalashda jam oa katta 
imkoniyatlarga ega. Norm al bolalar bilan olib boriladigan jam oaga oid 
barcha ishlar, yordamchi maktablarda qator obyektiv sabablaiga ko‘ra maxsus 
korreksion ishlar orqaligina amalga oshirib boriladi. 0 ‘qituvchi, tarbiyachilar 
har bir bolaning psixofizik imkoniyatlarini bilgan holda uni jam oaga kiritib 
boradi. Bolalar o ‘rtasida o ‘rtoqlikni vujudga keltirish uchun o ‘qituvchi, 
tarbiyachilar ular bilan maxsus ish olib boradilar. Ularni o ‘zaro yordamga 
chaqiradilar, o ‘rtog‘i to ‘g‘risidag‘am xo‘rlik qilishga o ‘rgatadilar. Ular bilan 
umumiy o ‘yin, suhbatlar tashkil qiladilar, d o ‘stlik mavzuiga oid ishlar 
olib boradilar. Shular natijasida bolalardagi odamovilik, uyatchanlik yo‘qolib 
boradi. Bolalarda bir-birlariga do ‘stona munosabat yuzaga kela boshlaydi. 
Bolalar jam oat ishlariga jalb etiladilar. Dastlab bolalarga alohida topshiriqlar 
berilsa, keyinchalik ijtimoiy topshiriqlar berib boriladi. Shu taxlitda har 
bir bola jam oada o ‘z o ‘rniga ega b o la boradi. Faol bolalar asta-sekin boshqa 
o‘quvchilarga ta ’sir etishib, ulardan ijtimoiy joylarda intizom, xulq-atvor
183


qoidalariga amal qilishni talab qilib, o ‘qituvchi, tarbiyachilarga yordam 
bera boshlaydilar.
Jam oada qatnashish tufayli ilgari yordam chi m aktab o ‘quvchisiga 
tushunarsiz b o ‘lgan ko ‘pgina axloqiy tu sh u n ch alar ular tom onidan 
o ‘zlashtirilib boriladi. Jamoaning aqli zaif bolalarga ijobiy ta ’siri haqida 
qator ilmiy ishlar mavjud. Aqli zaif bolalarda jamoaga qo‘shilish uchun 
ehtiyojni tarbiyalash zarur. 0 ‘quvchi sinf va maktab jamoasi hayotida ishtirok 
eta borib, o ‘zidagi bir qator nuqsonlarni yengib boradi. Nuqsonlarga jamoa 
orqali ta’sir qilish ulardagi aqliy, jismoniy, shaxsiy yetishmovchiliklarni 
bartaraf etishga yordam beradi.
Jamoani tashkil etish darsda va darsdan tashqarida olib boriladigan 
tarbiyaviy jarayonning bir qismi hisoblanadi. Bolalar jamoasiga qanchalik 
ko‘proq tayanilsa, shunchalik ko‘p muvaflfaqiyatlarga erishish mumkin. 
M ashg‘ulotlarni, kun tartibini, bolalar o ‘yinini tashkil etish puxta o ‘ylab 
olib borilsagina bolalaming jam oagajipsroq birlashishiga yordam beradi. 
Yordamchi maktabda o ‘qituvchilar va sinf rahbarlarining vazifasi sinfda, 
maktabda tashkilotchilik vazifalari ko‘pchilik bolalar q o lid a bo‘lgan o ‘zini- 
o ‘zi boshqarish tizimini vujudga keltirishdan iborat.
Jamoaning mavjudligi aqli zaif bolalarda jam oa sharafi, o ‘rtoqlarcha 
birdamlik, boshqalarga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish, yuksak axloqiy 
tuyg‘ularni shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Tarbiyalovchi jamoa 
insonparvarlik munosabatlari, o ‘rtoqlarcha m anfaatdorlik, bir-birlariga 
e ’tibor bilan munosabatda bo‘lish, sinfdagi o lrtoqlarigagina emas, balki 
boshqa jam o a a ’zolariga ham yordam berishga tayyor turish bilan 
xarakterlanadi. Sinfda vujudga keltirilgan sog‘lom jam oatchilik fikri 
o ‘quvchilar jamoasida ayrim bolalarga yoki o ‘quvchilarning ayrim guruhlariga 
ta’sir ko‘rsatishda yordam beradi.
Tarbiyalovchi jamoani vujudga keltirish birmuncha uzoq davom etadigan 
jarayondir. Jamoada bolalar tashkilotchilik malaka va ko‘nikmalarini egallab 
boradilar, o ‘rtoqlarining xatti-harakatiga axloqiy jihatdan baho berishga 
o ‘rganadilar. Yordamchi maktabda boshlang‘ich jam oalar umummaktab 
jamoasi bilan yaqin aloqada b olg an taqdirdagina tarbiyaviy vazifalarni 
samarali amalga oshiradilar. Bolalarni shunday faoliyatga jalb etish kerakki, 
bu faoliyat ularda jam oa kamchiliklarini birgalashib yo‘qotishga doimiy 
intilishni keltirib chiqarsin. Yordamchi maktabda jam oa faoliyatini tashkil 
etishda bolalaming yosh xususiyatlarini va rivojlanish darajasini hisobga 
olish lozim. Har qanday faoliyat turlari jam oaning vujudga kelishiga yordam 
bermaydi. Avvalo, faoliyat aqli zaif o ‘quvchilarga qiziqarli bolishi kerak. 
Faoliyat turlariga m um kin qadar ko‘proq o ‘yin elem entlarini kiritish 
maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quv faoliyati o ‘z mazmuni, ta ’lim usullari bilan 
sinfda uyushgan bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beradigan tarzda 
tashkil etilishi lozim.
184


Yordamchi m aktabda o ‘yin bolalar jam oasini jipslashtiradigan va 
rivojlantiradigan asosiy faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o ‘yiniga e ’tibor 
bilan razm solinsa, ularning o ‘yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini, 
ular o‘yin orqali atrofdagi voqelikni qanday bilib olayotganliklarini ko‘rish 
mumkin. Yordamchi maktablardagi o ‘yin faoliyatining qimmati shundaki, 
o‘yin jarayonida aqli zaif o ‘quvchilar ko‘pincha turli qiyinchiliklarni 
yengadilar, o ‘z harakatlarini boshqarishni o ‘rganadilar, dovyurak, irodali 
bo‘lib boradilar. Ijodiy va mazmunlilarda yordamchi maktab o‘quvchilarining 
barcha jarayonlari bilan birgalikda individuallari ham shakllanib boradi. 
Yordamchi maktabdagi tarbiyachi hech qachon bolalarning o lyinlariga 
befarq boimasligi kerak. « 0 ‘yin, shuning uchun ham o ‘yinki, u o ‘quvchilar 
uchun sof mustaqil faoliyatdir», - degan K.D. Ushinskiy. Shu sababli, 
bolalarning o ‘ynashiga bo‘lar-bo‘lmasga aralashavermaslik darkor.
Demak, foydali bir maqsad asosida birlashgan, o kz manfaatini jam oa 
manfaatiga bo‘ysundira oladigan shaxslar uyushmasi jamoani tashkil etar ekan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish