Maxsus pedagogika


Takrorlash — umumlashtirish darslari


bet55/134
Sana04.03.2022
Hajmi
#481907
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Bog'liq
fayl 182 20210326

4. Takrorlash — umumlashtirish darslari. 
Uning didaktik maqsadi 
o ‘tilgan mavzuni qaytarish va sistemalashtirishdan iborat. U dasturning 
biror bo‘limi yoki alohida mavzuning o ‘qitilishi tugallangandan keyin amalga 
oshiriladi. Umumlashtirilgan darsda o ‘qituvclii o ‘quvchilarning o ‘tilgan 
mavzuni qanday o ‘zlashtirganlarini aniqlaydi. Bu darslar bolalarning o ‘quv 
materialini yuqori darajada tushunishiga va o ‘tilganlarni yangi shaklda 
qaytarishga imkon beradi.
Yordamchi maktablarda umumlashtirilgan holda takrorlash-qaytarish, 
ayniqsa, muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o ‘tiladi. Qaytarish paytida 
mavzu bo^yicha ham m a o ‘rganilgan material um umlashadi. Masalan, 
darslarda o'quvchilar turli xil mashqlarni o ‘rganishadi, um umlashtirib 
qaytarish darsida esa ularni taqqoslaydilar. 
Y
o w o y i
 
va uy hayvonlarini 
o ‘rgangandan keyin o'quvchilar bu guruh hayvonlami o ‘zaro solishtirib, 
har bir guruh uchun umumiy va o ‘ziga xos belgilarni aniqlaydilar.
5. Tekshirish va baholash darslari. 
Yordamchi maktab o ‘qituvchilari bunday 
darslami o‘iganilayotgan mavzu o‘quvchilar tomonidan o ‘zlashtirilganiga ishonch 
hosil qilgandan so‘ng o‘tkazadilar. Bunday darslar og‘zaki, so‘roq shaklida yoki 
yozma ish shaklida o‘tkazilishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan har 
bir dars turida, uning tuzilishida umumiy elementlar mavjud bo‘ladi. Biroq 
dars turidan qat’i nazar, yordamchi maktabdagi darslar bir qancha qism: 
tayyoigarlik, asosiy va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
94


Tayyoigarlik qismining maqsadi o ‘quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga 
keltirish, ularni o ‘quv jarayoniga kirishishiga imkon yaratishdan iborat. 
D arsning bu qism i bir q an cha elem entlardan: a) o ‘quvchilar ishini 
uyushtirish va darsga tayyorlash; b) darsdagi mashg4ilotlarga o‘quvchiJami 
psixologik tayyorlash; d) o‘quvchilaming darsga didaktik tayyorgarligidan tashkil 
topadi.
0 ‘quvchilami o ‘quv ishiga tayyorlash uchun o‘qituvchi ular diqqatini 
faol lash t i radi, yordamchi maktab o ‘quvchilarining asab sistemasini optimal 
holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan 
paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar 
darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bogliq bolishi kerak. Mazmunga ko‘ra 
ular har xil boladi: rasmlarni, buyumlami ko‘rish, ular to‘g‘risida suhbat 
o‘tkazish. Nutq bilan bog‘langan o ‘yinlar, ertak va hikoyalar eshitish, buyumni 
tanish, tasniflash, ajratish bo‘yicha amaliy topshiriqlar, diafilmlar namoyish 
qilish.
Sinfda o kqituvchining uy vazifasini tekshirishi, o ‘tilganlarni takrorlash 
asosida yangi materialni o ‘zlashtirishga o ‘quvchilarni tayyorlashi katta 
ahamiyatga ega. Bu darsning tayyorgarlik bosqichiga jonli kirishib, 
o‘quvchilarga savollar berib, mustaqil bajarilgan ishlarni kokz yugurtirib 
tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil 
qilinadi. Tekshirish qaysi shaklda olib borilmasin, u yangi m aterialni 
o‘rganishga kirishishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilaming didaktik, 
psixologik tayyorgarligi ularni faqat yozuv asboblari bilan, ko‘rgazmali 
qurollar bilan ta ’minlash bilangina belgilanmay, balki dars m azm unini 
aniq ta ’riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o ‘qituvchi bolalarga 
ular darsda nim ani o ‘rganganlarini va buning am aliy ah am iyatini 
tushuntiradi.
0 ‘qu vchilarni yangi m aterial bilan tan ish tirish , uni o ‘rganish, 
sistemalashtirish va o ‘tilganlarni chuqurlashtirish. bilim, ko‘nikm a va 
malakani mustahkamlash va o kquv materiallarini takrorlash—bularning 
hammasi darsning asosiy qismiga kiradi.
Darsning yakunlovchi qismida esa o ‘quvchilarning ishlari baholanadi va 
ular mustaqil ishlargajalb etiladi, ya’ni ularga uy vazifalarini bajarish bo‘yicha 
aniq yo‘llanmalar beriladi. Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim, 
chunki uy vazifasi dars davomida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakani 
mustahkamlash va kengaytirishga, o ‘quvchilar faolligi va mustaqilligini 
rivojlantirishga, ularda o ‘z-o kzini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Biroq rivojlantiruvchi ahamiyatga ega boigan uy vazifasi, sinfda bajarilgan 
ishning davomi sifatida qaralganda va o ‘quvchilar uni mustaqil bajarishlari 
mumkin bo‘lgandagina shunday hisoblanadi. Uy vazifalari o'quvchilarni 
qiyinchiliklarni yengishga, topshiriqlarni o ‘z vaqtida bajarishga va mashqlarni 
bajarishda eng unumli yo‘lni topishga o ‘rgatishi lozim.
95


0 ‘qituvchi o ‘quvchilarga uy vazifasini tushuntirib, uni bajarish yo‘llarini 
ko‘rsatib berishi kerak. Ba’zida butun sinfgagina emas, balki ayrim o‘quvchilarga 
alohida tushuntirib, individual vazifalar ham topshiriladi. Bundan tashqari, 
l.G.Yeremenko darsning yakunlovchi qismida ish joyini tartibga keltirish, 
nafas olish u ch u n jism o n iy m ash q lar bajarish , d id ak tik o ‘yin lar, 
topishmoqlar topishni uyushtirishni tavsiya qiladi. Yordamchi maktabda 
qaytarish darsning zaruriy elementi bo‘lib hisoblanadi. Qaytarish bola 
materialni esidan chiqarmasdan oldin bajarilishi kerak. A .N .Graborov 
iborasiga ko‘ra, qaytarish - unutishning oldini olishdir. Shuning uchun 
yordamchi maktablardagi darsning har bir bosqichi, avval o ‘rganilgan 
bilimni yangi shakllarda qaytarish bilan, bilimni amaliy qollash jarayonida 
qaytarish bilan bogliq bolishi kerak. Shunga ko‘ra A.N.Graborov o ‘ziga 
xos, amm o majburiy bo‘lmagan, qaytarish alohida o ‘rin tutgan dars tuzilishini 
taklif qiladi:
1. Dars o ‘quvchilar tajribasini safarbar qilish bilan boshlanadi.
2. Bu tajriba sistemalashtiriladi.
3. Mavzu bo‘yicha yangi material bayon qilinadi.
4. Yangi va o ‘tilgan material orasida aloqa o ‘matiladi.
5. Material takrorlanadi.
6. Yangi qoidalarga misollar o ‘ylab topiladi.
7. Material umumlashtirilib, yakunlovchi qaytarish o ‘tkaziladi.
8. 0 ‘quvchilar ongida materialni mustahkamlovchi uy vazifasi beriladi.
Yordamchi maktablardagi qaytarish o ‘zgaruvchan xarakterda b o lib ,
u bolaning rivojlanishiga imkon yaratishi kerak. U ayni o ‘tiladigan mavzu 
bo‘yicha o ‘quvchilarda qanday ko‘nikma va malakani ishlab chiqishi 
kerakligini, mustaqil ish turlarini belgilashi kerak. Darsga tayyorgarlik 
jarayonida o ‘qituvchi alohida e ’tibor talab qiladigan o ‘quvchilarni belgilab, 
avvaldan ular uchun alohida savol, uy vazifalari va topshiriqlar tayyorlab, 
uni o ‘quvchilarga tushuntirib, bajarish usulini ishlab chiqadi, ayrim 
o ‘quvchilar uchun individual topshiriqlar tanlaydi. Tayyorlanish davrida 
o ‘quvchilaming bilim, ko‘nikma va malakasini hisobga olish va tekshirish 
usullari va turlari ham ishlab chiqiladi.
0 ‘qituvchi dars rejasini tuzad i, agar o ‘quv m ateriali m azm uni 
talab qilsa uning qisqacha konspektini ham oladi. Bizningcha, dars rejasida 
quyidagi elem entlar o ‘z aksini topishi kerak:
1. Dars m avzuining nomi.
2. D arsning asosiy didaktik m aqsadlari, t a ’limiy, tarbiyaviy va 
nuqsonni tuzatish vazifalari.
3. D arsda foydalaniladigan jihozlar.
4. Darsning tuzilishi, ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini, 
ularning ketma-ketligi va o ‘tkazish uchun ketadigan vaqtni taxm inan 
aniqlash.
96


5. Yangi m aterialni o ‘rganish, m ustahkam lash, takrorlashga oid va 
navbatdagi mavzularni o ‘rganishga oid ishlarning m azm uni.
6. D arsning har bir qism ida bajariladigan o ‘quv ishining m etod va 
usullari.
7. D arsning b o rish ida o ‘quvchilar olib boradigan individual ish 
so‘ralishi kerak b o ig a n o ‘quvchilam ing familiyalari.
8. 0 ‘quvchilar bilimini baholash.
9. Uy vazifasi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish