Mavzu: Psixologik trening haqida umumiy tushuncha



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi0,57 Mb.
#924276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
Bugungi kunda psixologiya yoʼnalishi quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: 

yakka tartibda psixologik konsultatsiyalarlar; 

2 soatlik psixologik treninglar; 

3 haftalik (12 soat) psixologik treninglar; 

1 oylik (24 soat) psixologik treninglar. 
Psixologik taʼlim turining maqsadi mijozlarni (tinglovchilar, ota-onalar, pedagogik 
jamoani) psixologik jihatdan qoʼllab-quvvatlash, mijozlarning faol ijtimoiy moslashuvi va 
ularning yosh davrlari boʼyicha rivojlanishida psixologik va psixosomatik salomatligida 
uchraydigan ogʼishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berish, oʼzligini anglashi, 
individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari 


uchun psixologik-pedagogik qoʼllab-quvvatlashdan (psixodiagnostik faoliyat, soʼrovnoma, 
maslahat berish orqali) iborat. 
Psixologik taʼlim turining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

psixologlarning tasdiqlangan dasturda belgilangan vazifalarni bajarish; 

jamoada sogʼlom psixologik muhitni yaratishga koʼmaklashishi; 

jamoa aʼzolarining hissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli 
xatti-harakatlarni korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish; 

muassasaga keladigan mijoz tinglovchilar taʼlim va tarbiyasi, ular xulqidagi moyilliklar, 
shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy va emotsional muammolari boʼyicha 
pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlariga aniq tavsiyalar berish, ular bilan 
psixologik trening, suhbat, maslahatlar tashkil etish; 

ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy taʼsirlarga moyilligi mavjud tinglovchilarni 
psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini oʼrganish, korrektsiyalash, 
tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish; 

axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy taʼsiri, yoshlar tarbiyasiga xavf 
solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan 
tadbirlarni oʼtkazish va psixologik tavsiyalar berish; 

tinglovchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish 
va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-
kasbiy muhitga samarali moslashuviga yordam berish; 

isteʼdodli va iqtidorli oʼquvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik 
xususiyatlari va qiziqishlarini oʼrganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va 
rivojlantirishlari uchun psixologik faoliyat yuritish; 

ilgʼor xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashhis tizimiga 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish; 

psixologiya fani yutuqlari, innovatsion psixologik metodika va texnologiyalarni taʼlim 
jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish. 
Psixologik yoʼnalishdagi taʼlim turining asosiy yoʼnalishlari quyidagilardan iborat: 

psixologik maʼrifat va tashviqot; 

psixologik-pedagogik tashhis; 

psixologik korreksiya; 

psixologik maslahat; 

fan va kasbga yoʼnaltirish. 


Psixologik trening shaxsiy rivojlanish va o'zini o'zi bilishga yordam beradi. O'zlarining 
darslarida tajribali psixologlar 
psixologik ta'sir
ni ta'minlaydilar, ishtirokchilarning ruhiy holatini 
normallashtirish, o'zini namoyon qilishiga yordam berish, boshqalar bilan do'stona munosabatlar 
o'rnatish uchun mijozga. Mutaxassislar tomonidan qo'llaniladigan usullar bolalar va o'spirinlarda 
xarakterning o'ziga xos xususiyatlarini, foydali ko'nikmalarini va hatti-harakatlarini 
rivojlantirishga yordam beradi. Turli vaziyatlarda to'g'ri harakat qilishni, xushmuomalalik bilan 
muloqot qilishni, qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yengishni o'rganadi. 
Barcha yoshdagi bolalar uchun psixologik trening qiziqarli psixologik mashqlar va 
hayajonli o'yinlarni o'z ichiga oladi. Har bir psixologik dars jarayonida ma'lum mahorat yoki 
xulq-atvor modeli o'rgatiladi. 
Trening mashg'ulotlari individual yoki guruhli bo'lishi mumkin. Kerakli natijaga qarab, 
kerakli mashg'ulot shakli tanlanadi. Muloqot qilish ko'nikmalarini, stressga chidamliligini, o'ziga 
ishonchni o'rgatish uchun guruh psixologik treninglaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Psixologik mashqlarning foydasi faqatgina bolaning o'zi o'zgarishga va shaxsiy o'sishga qiziqqan 
taqdirdagina mumkin. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish