Mavzu. «Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Mavzu: Pedagogik fanlarni o`qitish mazmuni



Download 181,25 Kb.
bet11/47
Sana08.04.2022
Hajmi181,25 Kb.
#536508
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
ПУМ 2021 лекция

Mavzu: Pedagogik fanlarni o`qitish mazmuni


reja:

  1. Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish mezonlari.

  2. Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me`yoriy hujjatlar.

  3. Davlat ta`lim standarti.

  4. Darslikka qo’yiladigan talablar.

Ta`limning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Ta`limning mazmuni deganda, o`quvchilarning o`qish jarayonida egallab olishi lozim bo`lgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko`nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.


Ta`limning mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish bilan belgilanadi:
a) ijtimoiy ishlab chiqarishning eng zarur ehtiyojlari, ijtimoiy tuzumning xususiyatlari;
b) davlatning xalq ta`limi va muayyan turdagi o`quv yurti oldiga qo`yadigan maqsad hamda vazifalari;
v) o`qitish qoidalaridan kelib chiqadigan va o`quvchilarning imkoniyatlarini (yosh imkoniyatlari va boshqalar) e`tiborga oluvchi didaktik talablar.
Jamiyat tarixiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida maktablarda yoshlarga beriladigan ta`limning mazmuni, hajmi o`sha ijtimoiy tizimning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan va texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilab kelingan.
Ta`lim mazmuni ta`lim jarayonida o’zgacha jarayon elementlari bilan bilvosita bog’liq bo’lib o’quv-dasturiy hujjatlar: o’quv rejasi, o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanmalari shaklida mavjud bo’ladi. O’quv-dasturiy hujjatlarni tuzish, belgilash o’quv-tarbiya jarayonining pedagogik va uslubiy nazariya bilan bog’laydigan elementi hisoblanadi. Ta`lim mazmunini tanlash hozirgi bosqichma-bosqich o’qishni tashkil qilish sharoitida alohida ahamiyatga ega, chunki bu erda o’quv dasturiy hujjatlar har qaysi alohida olingan yo’nalishga (bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollej) alohida-alohida tuziladi.
Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari.
Yurtboshimiz I.Karimov Oliy Kengash sessiyasida, fan, madaniyat arboblari bilan uchrashuvlarida istiqlol mafkurasi masalalariga to’xtalib ta`lim-tarbiya masalalarida biz umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishimiz kerakligini uqtiradilar. Bu demak, g’oyaviy yo’nalish bizda umuminsoniy ijobiy xislatlarni shakllantirish yo’nalishida, ya`ni siyosiy partiyalar ta`siri, kurashish ta`sirida emas, balki asrlar osha sayqallanib kelayotgan xalq pedagogikasi durdonalari asosida, o’zbekona odat, udumlariga tayangan holatda yuz beradi.
1. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. («Vatanni sevmoq iymondandir») Vatanni sevmoq uchun vatanni bilmoq kerak.
Vatan bayrog’i, gerb nishonasini bilib, yoshlarda unga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash lozim. Bayroqdagi ranglar ma`nosini, yulduzlar soni, joylanishi ma`nosini bilish kerak.
Vatan gerb nishonasi, obrazi tushirilgan humo qushi tarixi, gerbning o’ziga xos hususiyatlarini bilmoq, anglamoq, yuqori darajada hurmat qilish ruhida tarbiyalashni tashkil qilish lozim.
O’zbekiston madhiyasi (gimni)ni har bir fuqaroning yoddan bilish, og’zaki ayta bilishi madhiya musiqasi chalinganida o’rindan turib chuqur tahzim bilan olqishlashi darkor.
Vatanparvarlik tarbiyasi masalalari alohida olingan fanlar yoki ijtimoiy fanlardagina o’z ifodasini topmasdan, balki barcha fanlar mazmunida hamma tarbiyachilar - kattayu kichik barchaning diqqat ehtiborida bo’lishi kerak.

  1. Fanlararo kompleks aloqalar mezoni. Bakalavr va magistrlar tayyorlash mazmuni strukturasida o’quv materiallari orasidagi bog’lanish asosan kompleks bo’ladi. Bunday bog’lanishlarning ma`nosi umumtexnika, umummuhandislik, maxsus fanlar, texnologik jarayonlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan tabiiy fanlarga asoslanadi.

Fanlarning o’zaro mantiqiy tuzilishida quyidagi bog’lanishlar ahamiyatli hisoblanadi:
a) turli predmetlarda ko’riladigan umumiy ob`ektlar bo’yicha bog’lanish;
b) turli o’quv predmetlaridagi turli ob`ektlarni tushuntiruvchi bir-biriga yaqin qonun va nazariyalar bo’yicha;
v) tadqiqot metodlari va talabalarning amaliy faoliyatlari bo’yicha;
g) turli umum falsafiy tushunchalar bo’yicha;
d) turli xarakterdagi o’lchov-hisoblash bog’lanishlari;
e) ishlab chiqarish jarayonini ifodalovchi ilmiy bilimlar bo’yicha;
j) ta`lim va tarbiya metodlari uslublarining pedagogik-psixologik va falsafiy bilimlar bilan bog’liqligi.

  1. Kasblarga yo’naltirilganlik mezoni:

Ma`lumki, o’quv rejasidagi barcha predmetlar bo’yicha barcha bilimlarning o’zi etarli emas. Chunki yosh mutaxassis o’qishni bitirib to ishga joylashganga qadar real texnologik jarayonda ko’pgina o’zgarishlar yuz berib bo’ladi. Shuning uchun mutaxassisda tezkor bilim va ko’nikmalarini taraqqiy ettirish, jumladan, kasb mahoratini shakllantirish ko’zda tutiladi.

  1. Ta`lim mazmunini qismlarga bo’lib tanlash mezoni.

Qismlarga bo’lib tayyorlash umumnazariy, umumtexnik, umumpedagogik va politexnik bilim va ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. Shu jumladan, ilm tarixi, ishlab chiqarish ilg’or - bunyodkorlari tajribasi haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Bulardan tashqari asosiy tayyorgarlikka politexnik ahamiyatga ega bo’lgan texnik, texnologik bilimlar kiradi va ma`lum yo’nalish bo’yicha tayyorlanayotgan barcha mutaxassisliklar uchun majburiy minimumni tashkil etadi.
Bo’lg’usi mutaxassislarning maxsus tayyorgarligi sanoat, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi masalalarini hamda maxsus yo’nalish bo’yicha ishlab chiqarish bilim va ko’nikmalarni shakllantirishi, mustahkamlashni o’z ichiga oladi. Asosiy va maxsus tayyorgarlik orasidagi munosabat mutaxassislikning xarakteriga, mutaxassis kvalifikatsion xarakteristikasiga, kasbning o’ziga xos xususiyatlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.

  1. Ta`lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish mezoni.

Ta`lim mazmunini unifikatsiyalash va talabaqalashtirish bir tomondan ma`lum bir yo’nalish bo’yicha mutaxassis tayyorlanayotganida uning bir necha xillarini tayyorlash imkoniyatini ko’zda tutuvchi unifikatsiyalashgan o’quv rejalarini tuzishni ko’zda tutsa, ikkinchidan umumtexnik, umumpedagogik va maxsus predmetlari mazmunini tabaqalashtirish ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishini an`analarini hisobga oladi. Shuning uchun ham nazariy, ham amaliy maxsus predmetlarning ma`nosi turli yo’nalishdagi mutaxassisliklar uchun turlicha tanlanadi.
Tayyorlanayotgan mutaxassisliklarning ta`lim mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan chiqarilgan «mutaxassisliklar klassifikatorini» asos qilib olib yanada yangi mutaxassisliklarni modernizatsiyalash zarurati tug’iladi.
Bo’lg’usi mutaxassisliklarni tayyorlashda ta`limning yagona umumpolitexnik tayyorligini ta`minlash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga mutaxassislikning turli yo’nalishlarini hisobga oladigan maxsus tayyorganlikning o’zgaruvchan qismini ajratish lozim.
Ta`limning davlat ta`lim standarti ta`lim oluvchilar umumta`lim va kasbiy tayyorgarligiga, saviyasiga qo`yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat ta`lim standarti quyidagi tamoyillarga tayangan holda ishlab chiqiladi:
-davlat ta`lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
-o`quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog’liqligi;
- o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limining boshqa ta`lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta`lim mazmunining uzviyligi;
- ta`lim mazmunining insonparvarligi;
- ta`lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yahlitligi;
- ta`limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalarga tayanish;
- pedagogik tafakkurda qaror topgan an`anaviy qarashlar bilan “Ta`lim to`g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
- ilg’or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta`lim sohasida me`yorlarni belgilash tajribalaridan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat ta`lim standarti ta`lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta`lim mazmunining o`zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko`rsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) ta`limning barqaror darajasini ta`minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta`lim standarti o`z mohiyatiga ko`ra o`quv dasturlari, darsliklar, qo`llanmalar, nizomlar va boshqa me`yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standarti o`zining tuzilishi va mazmuniga ko`ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o`quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqadi.
Davlat ta`lim standartini bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va doiraviy bo`ysunishidan qat`i nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir.
Ta`lim mazmunini quyidagi hujjatlar aks ettiradi.

Download 181,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish