4. Odamlarni boshqarish (People management) ko‘nikmasi.
Fizik Petr Kapitsaning ajoyib fikri bor:
«Boshqarish — bu yaxshi xodimlarga ishlashlariga xalaqit qilmaslikdir».
Siz bilgan yaxshi rahbarlar ko‘pmi? Menimcha, ular sanoqli. Shu tufayli ham, bu ko‘nikma bahosi oltinga teng.
Odamlarni boshqarish — ularga bor salohiyatlarini namoyon etishlariga xizmat qiladigan shart-sharoit yaratib berishni anglatadi.
5. Odamlar bilan o‘zaro munosabat (Coordinating with others).
20-asrning milliarderi Endryu Karnegi shunday degan edi: «Odamlar bilan ishlayotganingda o‘zingni qum orasidan tilla izlayotgan odamga qiyosla — topayotgan tilla zarralari uchun quvonginda, burning va bo‘g‘zingni achishtirayotgan qum va changni unut».
Ish jarayonida har xil vaziyat bo‘ladi. Kim bilandir urishib qolasiz, tortishasiz. Shunda ham unga bo‘lgan insoniy munosabatingizni o‘zgartirmang. Odamlarning yaxshi jihatlariga e’tibor qaratish ham muhim ko‘nikma.
Do'stlaringiz bilan baham: |