Risk koyeffitsentini aniqlash tartibi
Ko‘rsatkichlar
|
Variantlar
|
Birinchi variant
|
Ikkinchi variant
|
1. O‘z mablag‘lari, mln.so‘m
|
10000
|
60000
|
2. Mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning
maksimal summasi, mln.so‘m
|
6000
|
24000
|
3. Risk koeffitsiyenti
|
0,6
|
0,4
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ikkinchi variant bo‘yicha kapital qo‘yish riski birinchi variantga nisbatan 1,5 marta kam (0,6: 0,4 = 1,5). Risk tufayli yo‘qotishlar hajmiga qarab risk zonasini aniqlash mumkin. Risksiz zonada yo‘qotishlar yo‘q, ya’ni uning o‘lchami "0"ga teng. Bu holda foyda darajasi yuqori bo‘ladi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan risk bu oldindan aniq bo‘lgan, yuqori darajada xavf tug‘dirmaydigan risk bo‘lib, uning hajmi sezilarsiz, doimo olinadigan foydadan past bo‘ladi. Kritik risk zonasi yo‘qotishlar bo‘lish xavfi borligini ifodalaydi, olinadigan foydadan bir qismining biron jarayon uchun yo‘naltirilganligini va shu mablag‘larning qaytib kelishida xavf borligini ifodalaydi. Shunday ekan, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning qaysi sohaga yo‘naltirilishi, ular bo‘yicha to‘lanmagan qarzlarning mavjudligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish, ya’ni aniq axborotlarga ega bo‘lish, doimiy hisob-kitoblar olib borish risk darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Investorlar risklarga ta’sir qilish doirasini kengaytirish va riskni kamaytirish uchun xedjirlashdan foydalanadilar. Xedjirlashni yaxshi amalga oshirishda narx tebranishi riskini kamaytirish uchun investor turli strategik usullardan foydalanadi. Uning eng ko‘p tarqalgan usuli – boshqa bir investitsiya kiritishdir. Ammo xedjirlash biroz kompleksroq va murakkabroq jarayon. Mukammal xedjirlash risk darajasini butunlay yo‘q qiladigan portfel tuzish yoki shunday pozitsiya egallashdir. Boshqacha aytganda, bunday xedj bir aktivning narxi tushishiga 100% teskari korrelyatsiyaga ega bo‘ladi. Amaliyotda esa bunday xedjlarni amalga oshirish qiyin, chunki eng mukammal xedj ham ma’lum harajat talab qiladi. Ba’zida xedj bilan himoyalangan aktiv bilan xedjning teskari aloqasi biz kutganchalik bo‘lmasligi, hattoki bir-biriga qarama-qarshi harakatlanmasligi ham mumkin. Investitsiyalar sohasida xedjirlash, asosan, derivativlar orqali amalga oshiriladi. Derivativlar – bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotish yoki sotib olish huquqi yoki majburiyatini oladi.
Ularga opsionlar, SVOPlar, fyucherslar va forvard shartnomalari kiradi. Ularning zamiridagi aktiv: aksiya, obligatsiya, tovar, valyuta bo‘lishi mumkin.
Derivativ orqali xedjirlash derivativning shartlari aniq-tiniq bayon qilinganda samarali bo‘ladi1.
Xedjirlashning yana bir instrumenti - bu forvard shartnomalaridir. Forvard shartnomasi shunday shartnomaki, unda tomonlar valyuta bozoridagi kurslarni joriy foiz stavkalariga bog‘lagan holda kelgusi valyuta kursini prognoz qilib, ana shu kurs bo‘yicha savdoga kirishadilar. Valyuta forvardining boshqa derivativlardan, ya’ni boshqa xedjirlash instrumenlaridan farqi shuki, bunda biror bir tomon oldindan to‘lov qilishi shart emas. Foyda yoki zarar valyuta kursi prognozining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab ma’lum bo‘ladi. Importyor va eksportyorlar o‘zlarini valyuta kursi tebranishlaridan xedjirlash, ya’ni sug‘urtalash maqsadida forvard shartnomalaridan foydalanadilar.
Riskni o‘tkazish yoki risk transferi shunday amaliyotki, unda mavjud risk bir tomondan ikkinchi tomonga ko‘chiriladi. Risk shaxslararo, shaxslardan sug‘urta kompaniyalariga, sug‘urta kompaniyalaridan qayta sug‘urtalash kompaniyalariga transfer bo‘lishi mumkin. Masalan, bir shaxs uyini sug‘urta qildirsa, uy-joy bilan bog‘liq risklar sug‘urta kompaniyasiga o‘tadi. Uy egasi esa ana shu riskni sug‘urta kompaniyasi bo‘yniga olgani uchun unga haq to‘laydi. Ba’zi hollarda sug‘urta kompaniyasi riskni qayta sug‘urtalash kompaniyasiga o‘tkazishi mumkin.
Riskni o‘tkazish quyidagi hollarda ham yuz berishi mumkin:
qo‘shma korxonadagi sheriklar ko‘rilgan zararni birgalikda qoplashga kelishsa;
mahsulot kafolat bilan sotilsa yoki sotib olinsa, bunda tovar bilan bog‘liq kutilmagan risklar sotuvchiga (ishlab chiqaruvchiga) o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |