Konstruksion va texnologik risk. Konstruksion risk – bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yetarli yoki aniq yemasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Texnologik risk – bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya harajatlarining oshishi, ekologik me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi.
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish harajatlarida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi uzilishlar, resurs zahiralarining yetishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish harajatlarining yuqori darajasi harajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo‘ladi.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar tushuniladi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot baxosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o‘zgarishi, marketing yoki baho riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin qilish ancha qiyin bo‘lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarda yuqori bo‘ladi.
Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: kredit riski; valyuta riski; foiz stavkasini o‘zgarish riskidir. Kredit riski – bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani
7
moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski – bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi. Bu risk loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo‘lmagan hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o‘zgarish riski – bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo‘llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish xavflari mavjud bo‘ladi.
Mamlakat riski – bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik harakatlari va boshqalar bo‘lib bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida bo‘ladi. Davlatning siyosati bilan bog‘liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga bo‘lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy. Siyosiy mamlakat riski – hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o‘tishdagi ta’qiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan mahrum qilish, konsepsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |