mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish



Download 0,76 Mb.
bet92/96
Sana28.03.2022
Hajmi0,76 Mb.
#513718
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)

Ma’muriy risklar – loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, tenderlar o‘tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni yetkazib berishda, qurilishda, dastlabki ishlar va ob’ektning ishga tushirilishida talab qilinadi. Litsenziyalar, ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo‘yicha juda ko‘p bo‘lishi mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi, tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo‘lishi mumkin.
8
Huquqiy risk – bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv risklari bilan bog‘lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan bog‘liq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon bo‘ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo‘lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok yetuvchi malakali huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan yechish mumkin.
Fors-major riski – loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar, inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar. Shunday yo‘l bilan mamlakat riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:

  • tizimli risklar;

  • tizimsiz risklar.

Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) – bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli kog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar – xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Aniqlik kiritish uchun quyidagi risklar kategoriyalarini aks ettirish mumkin.
9
Likvidlikni yo‘qotish riski (liquidity risk) – u yoki bu qimmatli qog‘ozlarga bg‘lgan talab sezilarli darajada hzgarishga yuz tutishi mumkin, undan ham yomoni ushbu qimmatli qog‘ozlarga umuman talab yo‘qolib ktishi mumkin.
Tadbirkorlik riski (business risk) – qimmatli qog‘ozlarning narxi (xususan aksiyalar) istalgan kompaniyaning, qanchalik darajada kompaniya o‘z tanlagan yo‘nalishida muvofaqiyat bilan ishlashiga bog‘liq.
Moliyaviy risklar (financial risk) – kompaniya aksiyalar narxi, kompaniya rahbariyati tomonidan o‘tkazilayotgan moliyaviy siyosatga bog‘liq holda tebranadi. Masalan, agar Fond bozorini moliyalashda asosiy e’tiborini qarz majburiyatli korporativ qimmatli qog‘ozlar chiqarishga qaratilsa, moliyaviy risk darajasi yuqori bo‘ladi.
Majburiyatlarni bajara olmaslik riski (default risk) – agarda emitent o‘z majburiyatlarini har xil sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida yoki umuman bajara olmasa, paydo bo‘ladigan investitsiya risklariga aytiladi.
Tizimsiz risklarni ta’sirini minimallashtirish uchun diversifikatsiya deb ataladigan metod qo‘llaniladi va uning natijasida investitsion portfel tuzish zaruriyati paydo bo‘ladi. Investitsin portfel yaratish orqali investor bir qancha emitent chiqargan moliyaviy instrument to‘plpmini yaratadi va shunda u bir emas bir qancha tizimsiz risklariga duch keladi. Shu yo‘l investor risklarni diversifikatsiyalaydi va daromadlilikni birdaniga o‘zgarishini oldini oladi. Ushbu sharoitda investitsion portfelda qimmatli qog‘ozlar qanchalik kam bo‘lsa risk darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Diversifikatsiya metodi tizimsiz risklarini minimallashtiradigan eng samarali dastakdir, lekin u faqatgina investitsion portfelni yetarlicha miqdorda ko‘p instrumentlar jalb qilingandagina qulaydir.
Diversifikatsiya metodining chegaraviy darajasi, risk darajasiga bog‘liq, chunki ular faqatgina aniq moliyaviy bozorni ochib beradi. Bu risklarini turli tumanligini inobatga olgan holda quyidagi xillarini sanab o‘tishimiz mumkin.
Foiz risklarii (interest rate risk) – foiz stavkalari tebranishidan hosil bo‘ladigan investitsiya risklari. Ayniqsa qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar egalariga daxldordir.
10
Valyuta riski (exchange rate risk) – bu shunday investitsiya risklariki mohiyatan chet el emitentlarining qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalarning valyuta kursi tebranishilaridan paydo bo‘ladigan investitsiya risklari. Inflyatsion risklari (Inflation risk) – inflyatsiya darajasining kutilmaganda oshib ketishi, emitentlar faoliyatini o‘zgarishiga olib boradi va bu aksiya narxiga sezilarli ta’sir etishi mumkin.
Siyosiy risklari (Political risk) - kutilmaganda xususan, shiddatli siyosiy vaziyatdagi o‘zgarishlarning qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir etmasdan iloji yo‘q, aksincha ancha oqibati yomonroq bo‘ladi. Ayniqsa bu risk rivojlangan mamlakatlar moliyaviy instrumentlar bilan ishlagan dolzarb va yana turg‘un bozorlarda ham uni uchratish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan risklardan tashqari, qimmatli qog‘ozlar bozoriga samarali investitsiya qilishga oz yoki ko‘p miqdor(daraja)da ta’sir etuvchi omillar ham mavjud. Ushbu risklarning tasnifi shartli ravishda bo‘lib, har bir loyiha uchun ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yo‘naltirish sifatida qaraladi. Bunday risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi, masshtablari, tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va boshqa loyihaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Loyiha risklarining bir necha turlari mavjud. Ularning hech birini ta’siri jihatidan ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Investitsiya risklari kichik bir texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, xolqaro miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning o‘zgarishiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin.

11


    1. Download 0,76 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish