Kreditlardan samarali va maqsadli foydalanish ustidan nazorat quyidagi shakllar va yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
to‘lov hujjatlarining ssuda hisob varag‘idan ob’ektning smetasiga va maqsadli belgilanishiga, ularning muvofiqligini kredit o‘tkazilishi chog‘ida nazorat qilish;
kredit shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda qurilish joyiga chiqish bilan kreditdan maqsadli foydalanishni tekshirish;
v) bajarilgan ishlarning nazorat o‘lchashlarini o‘tkazish va kredit shartnomasida keltirilgan tartib va muddatlarda harid qilingan uskunani inventarlash.
Nazorat o‘lchashlari bank krediti hisobidan moliyalanadigan ob’ektlarda ishlab chiqarish joyining o‘zida amalga oshiriladi. Banklar shartnomaviy va to‘lov asosida buyurtmachilarning buyurtmanomalari bo‘yicha boshqa manbalar hisobidan moliyalanadigan qurilishlar bo‘yicha nazorat o‘lchovlarini amalga oshirishlari mumkin. Hajmlar va bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatining tekshirilishi ularning naturada o‘lchanishi va buyurtmachidagi hamda pudrat tashkilotining bajarilgan ishlar hajmlarini hisobga olish ma’lumotlari bilan tegishlicha loyihalash smeta hujjatlari bilan taqqoslash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Nazorat o‘lchashlari boshlangunga kadar quyidagilar bilan bog‘liq oshib ketishlarni aniqlash maqsadida navbatdagi hujjatlashtirilgan tekshirish amalga oshirilishi zarur:
alohida narxlar, boshqa xil va limitlashtirilgan harajatlar hajmlari, qo‘shimcha harajatlar me’yorlari noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki belgilanishi bilan;
bajariladigan ishlar qiymatiga qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiritilmaydigan harajatlar, uskunaning sotib olinishi, ko‘p yil ishlaganlik uchun, xizmat safarlari, ishlarning harakatlanuvchi tusdaligi uchun qo‘shimcha haqlar, materiallar va konstruksiyalar chiqarish va cheklangan narxlar o‘rtasidagi farqlar bo‘yicha kiritilishi bilan va boshqalar;
loyihalash – smeta hujjatlari mavjud bo‘lmagan ob’ektlarda ishlarning bajarilishi va harajatlar bilan;
uskuna nuqsonlarining bartaraf etilishi bilan.
Ko‘zdan yashirin ishlar hajmlarini (quyilgan poydevorlar, pollar konstruksiyasi, avtomobil yo‘llari, ularda truba-quvurlar yotqizilgan transheyalar va boshqalar) tekshirish yashirin ishlarga oid dalolatnomalar asosida amalga oshiriladi. Alohida baholar tarkibiga kiruvchi ayrim operatsiyalar haqining bo‘lib-bo‘lib to‘lanishiga yo‘l
quyilmaydigan konstruktiv unsurlar va ishlar turlarining tugallanmagan qismlari, shuningdek, qurilish obektiga olib kelingan va ishga jalb etilmagan materiallar va konstruksiyalar qiymati bajarilgan ishlar qiymatining ortib ketishiga kiradi.
Nazorat o‘lchashlari natijalari bo‘yicha dalolatnomalar va ishlar qiymatini qayta hisob-kitob qilish qaydnomalari tuziladi. Nazorat o‘lchashlari dalolatnomalari, ishlar qiymatining qayta hisob-kitob qilish qaydnomalari va dalolatnomalarga oid yig‘ma qaydnomalar bank, buyurtmachi va pudratchining vakillari tomonidan imzolanadi. Haqi to‘langan (taqdim etilgan) ishlarning yig‘ma qaydnomalari nazorat o‘lchashlarining amalga oshirilishi boshlanguniga qadar imzolanadi. Nazorat o‘lchashlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bank muassasasi rahbari nazorat o‘lchashlar dalolatnomalari, pudratchi va buyurtmachi e’tirozlarini (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rib chiqadi va dalolatnomalarni ular imzolanganidan keyin 10 bank ish kunidan kechiktirmasdan tasdiqlaydilar. Moliyalovchi bank nazorat o‘lchashining tasdiqlangan dalolatnomasi asosida belgilangan tartibda kredit shartnomasida keltirilgan miqdorlarda sanksiyalarni qo‘llaydi.