Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
1. Po`latning olinishi 2. Po`latning ishlatilish sohalari
Yangi darsning bayoni.
Po`latning olinishi. Po`lat olish jarayonining mohiyati cho`yan tarkibidagi uglerod, iltingugurt, fosfor, kremniy va boshqa qo`shimchalarni kuydirib chiqarib uborishdan iborat. Uglerod miqdori qaucha kamaytirilsa, po`latning qattiqligi unchalikchalik kamayib boradi. Kislorod manbayi havo va rada yoki metallom shaklida axsus qo`shiladigan temir oksidlaridan foydalaniladi. Dastlab, temir qisman :sidlanadi, so`ngra FeO kremniy, marganes, fosfor va uglerodni oksidlaydi:o`yingan cho`yandan po`lat olish kislorod konvertori, marten pechi yoki :ktr yoyi pechida amalga oshiriladi.
Bekobod metallurgiya zavodida marten usulidan foydalaniladi. Po`latning xossalari. Kimyoviy tarkibiga ko`ra po`latuglerodli va legirlangan 'latlarga bo`linadi. Legirlangan polatlar tayyorlashda po`latning xossalarini `uchli tarzda o`zgartirish xususiyatiga ega bo`lgan turli legirlovchi qo`shimchalar:, nikel, titan, molibden, vanadiy, volfram va boshqalar qo`shiladi. Hamma po`latlar umumiy bo`lgan mustahkamlik va plastiklik xususiyatlariga . Ularni bolg`alash, yoyish, shtamplash, sim qilib cho`zish mumkin.
Po`latning ishlatilish sohalari. Po`latlar texnikada ishlatilish sohalariga qarab, konstruksion, asbob-uskunabop va alohida ossali turlarga bo`linadi. Po`lat - tarkibida 2% gacha uglerod bo`lgan temirning qotishmasi.Uglerodli po`lat - tarkibida 2% gacha C, O,1-1% gacha Mn, O,4% gacha Si, S va P bo`lgan po`latdir. Legirlangan po`lat - po`latga alohida xossalar (mexanik puxtalik,korroziyaga bardoshlilik, elektr, magnit xossalari) berish uchun Cr, Ni, Mo, Al va boshqa qo`shimchalar qo`shib tayyorlanadi. Marten pechlarida, kislorodli konvertorlarda po`Iat olinadi. Marten pechlarining xomashyosi cho`yan va po`lat hamda cho`yan buyumlarining chiqindilaridir. Asbob-uskunabop po`latlar yuqori darajada mustahkamlikka va qattiqlikka ega, yemirilishga chidamli bo`Iadi. Ular kesuvchi va o`lchov asboblari, shtamplar tayyorlashda ishlatiladi. Ularning alohida guruhini tez kesuvchi po`latlar tashkil etib, ular katta tezlikda kesish jarayonida ham (600-700° C) kesish xususiyatlarini saqlab qoladi.Alohida xossali po`latlar (zanglamaydigan, yuqori haroratga chidamli,magnit xossali va b.) yuqori haroratlarda ham atmosferada, kislotalar eritmalarida va boshqa korrozion muhitlarda korroziyaga chidamli bo`Iib, ulardan gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar, raketa qurilmalari, magnit qurilmalari tayyorlanadi.Cho`yan va po`lat ishlab chiqarishda atrof-muhit muhofazasi. Cho`yan olish va uni qayta ishlovdan o`tkazib, po`lat olish murakkab jarayonlardan iborat va atrof-muhitning chang, qurum, zaharli gazlar, shlaklar, oqova suvlar bilan ifloslanishiga olib keladi. Shuning uchun rudalardan temir va po`latni to`g`ridan-to`g`ri olish usullarini ishlab chiqish ustida tadqiqolar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |